Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


«МАТЕМАТИКА ВА ИНФОРМАТИКА ЎҚИТИШ



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

«МАТЕМАТИКА ВА ИНФОРМАТИКА ЎҚИТИШ 
УСЛУБИЯТИ» 
 
МАЪРУЗА
МАШҒУЛОТЛАРИДА ЎҚИТИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ 
ЗИГЗАГ ТЕХНОЛОГИЯСИ
БУМЕРАНГ ТЕХНОЛОГИЯСИ
ИНСЕРТ ТЕХНОЛОГИЯСИ 
КЛАСТЕР ТЕХНОЛОГИЯСИ 
КУТИШ ЙЎЛДОШИ ТЕХНОЛОГИЯСИ
ГУРУХЛАРДА ИШЛАШ УСУЛИ 
БЛИЦ-СЎРОВ УСУЛИ
БББ
 
ТЕХНОЛОГИЯСИ
 
ЧАРХПАЛАК УСУЛИ


128
«MATEMATIKA VA INFORMATIKA O’QITISh 
USLUBIYATI» FANI BO’YICHA TA’LIM 
TEXNOLOGIYASINING 
KONSEPTUAL ASOSLARI


129
1.
 
«Matematika va informatika o’qitish uslubiyati» kursining 
dolzarbligi va o’qitish strukturasi 
Matematika va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli fan bo’lib, u 
pedagogika, psixologiya va didaktika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda muhim 
g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika 
sohalarida mavjud bo’lgan va ta’lim jarayonida o’quvchtilarni intellektual 
qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,ko’niukma va malakalarni 
shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va 
o’qitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini 
o’rganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» talablaridan 
kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni har tomonlama 
takomillashtirishni talab etmoqda. 
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimini 
ikki bosqichli tizimga,ya’ni to’qqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va 
akademik liseylarida o’qish tizimiga o’tkazish amalga oshirilmoqda. 
Hunar-kasb kollejlari yoshlarning ko’prok qismini kasb mehnatiga, ishlab 
chiqarish, ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga 
oshirishi zarur. akademik liseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni 
chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda intellektual faoliyatga qiziqishga 
qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o’quv yurtlariga kirish va ilmiy faoliyat bilan 
shug’ullanishni maqsad kilib qo’yganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim. Bunday 
sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo’yicha o’quv-tarbiya 
jarayonini tashkil eta oladigan matematika o’qituvchilariga katta ehtiyoj 
tug’ilmoqda, ular turli o’quv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda o’qita oladigan o’qituvchilar ham bo’lishi zarur. Bunda asosiy o’ringa 
o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», «Matematik iqtidorlik» kabi 
dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik 
fakultetlarida yuqori malakali matematik o’qituvchilari tayyorlashga imkon 
beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish 
zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi. 
Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika 
o’qitish qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan o’quv jarayonida qo’llanish 
usullarini o’rgatish, ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan 
pedagogik faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalarni shakllantirish 
qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. 
Matematika va informatika o’qitish uslubiyatini o’rganish jarayonida 
pedagogika, psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik 
texnologiyalar kabi matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va
natijalaridan keng foydalaniladi.
Fanni o’rganishda mashg’ulotlarning ma’ruza, mustaqil ta’lim shakllaridan 
foydalaniladi va interfaol usullarning aqliy hujum, klaster, taqdimot, bumerang 
texnologiyalari qo’llaniladi. 


130

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə