Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularni inobatga olmaslikning ilojisi yo’q



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə12/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularni inobatga olmaslikning ilojisi yo’q. 
Faqat konfliktlarni boshqarish, ularning yechimini topishga o’rganish darkor.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Konflikt deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday hollarda konflikt yuz berishi mumkin?
3. Konfliktning yaratuvchanlik imnoniyatlari qanday hollarda amalga oshdi
deyish mumkin?
4. Konfliktning vayronkorlik imkoniyatlari qanday ?
5. Insonlarning konfliktlar to’g’risidagi streriotiplariga misollar keltirig.
6. Konflikt yuzaga kelishi mumkin bir vaziyatni keltiring va uni tahlil qiling.

Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Asarlar to’plami.1-17 jildlar. - Toshkent, ―O’zbekiston‖, 1996-2009


2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, ―Ma’naviyat‖,
2008.
3. Уткин A.Я. Koнфликт: теория и практика. M. ―Изд-во‖ 1998 г.
4. Зайцев A. K. Социальний конфликт на предприятии. — Калуга: KИСИ. 1993.
5. Yoshlar va konfliktlar:Konfliktlar yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva Gulxumor-
Toshkent.2008 y
6. Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma – T.:
TDYuI, 2007. – 97 b.
7. Konfliktologiya asoslari: O’quv qo’llanma/ R.Z.Jumayev, U.A.Ubaydullayev,
B.A.Xujanov. - Toshkent: Akademiya, 2000. - 208 b.


15
2-MAVZU. KONFLIKTOGENLAR 


REJA 
1. Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: konfliktogenlar 
2. Konfliktogen turlari 

1. Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: konfliktogenlar 
Inson ilk bolalik davridanoq turli nizolar va ziddiyatlar bilan o’zi xohlamagan
tarzda to’qnash keladi. Agar o’zimizning bolaligimizni esga olsak, oddiy narsalar
ustida juda qattiq qayg’urganimiz, o’z xis-tuyg’ularimizga berilib ketib,
manfaatlarmiz himoyasi uchun kurashga kirganimizni anglaymiz. Masalan, urishib
qolgan bolani o’zimizning ko’chadan o’tishga qo’ymaganimiz, bizga velosipedini
bermagan bolani masxara qilishga uringanimiz, keyinroq esa sizning yangi kiygan
chiroyli ko’ylagingiz boshqa qizlarning xavasini keltirgani, ular sizni qutlash o’rniga
―namun-cha o’zingga zeb beribsan?!‖ deb piching qilgani, akangiz dars qilayotganida
ataylab kassetani baland ovozda qo’yib qo’yganingiz, yoki o’zingiz yaxshi ko’rgan
o’yinchoqlaringizni mehmon boladan yashirganingiz mana shunday oddiy konflikt
vaziyatlardir. Bularning barchasi kundalik turmushda uchrab turadigan odatdagi nizo
va kelishmovchiliklar hisoblanadi. Aytmoqchimizki, ilk bolalikdanoq, biz o’z
maqsadlarimizga yetishish uchun boshqalar manfaatlari bilan to’qnashamiz.
Hayotda shunday konflikt vaziyatlar bo’ladiki, oddiy narsa bahona bo’lib, oilalar
buzilib ketadi, odamlar biri birini o’ldirib qo’yadi, birovning joniga qasd qilinadi.
Keyinchalik umr bo’yi nima uchun mana shunday amallarni qilganini ular tushuntirib
bera olmaydi.
Konfliktlar kattalar hayotida ancha keng uchrab turadigan hodisa hisoblanadi.
Chunki kattalar juda keng ravishda turli muloqotlarga kirishadi. Masalan, rahbar
organlarda ishlagan odamlar hayotida ular faoliyatining 70-80 % turli ochiq-oydin,
yoki yashirin ziddiyatlar sharoitida o’tadi, ularning inobatga olinmasligi, ularga
bee’tiborlilik esa konfliktlarning chuqurlashib ketishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Shuning uchun, konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlari qanday va vujudga
kelgan konfliktning ildizlari va sabablarini tahlil qilish yo’llari nimalardan 
iborat degan masalalar dolzarblik kasb etadi. Konfliktlarning kelib chiqish
qonuniyatlarini o’rganish ularni ilk vujudga kelish jarayonidayoq bilib olish va oldini
olish choralarini ko’rish imkoniyatini yaratadi. Konfliktning kelib chiqish sabablarini
tahlil qila olish esa, vujudga kelgan konfliktning to’g’ri yechimini topishga qo’l
keladi.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, 80% konfliktlar ularning ishtirokchilari hoxish va
irodasiga qarama-qarshi o’laroq, ular istagiga qarshi ravishda vujudga keladi. Ya’ni,
kamdan kam hollarda konflikt ataylab tayyorlanib, amalga oshiriladi. Ammo nima
uchun, biz konfliktni ataylab tayyorlamagan bo’lsak ham, ular yuzaga keladi?
Chunki bizning psixikamiz va psixologiyamiz o’zimizga qaratilgan agressiyaga
qarshi agressiya bilan javob qaytarishga, ziddiyatda eng avvalo o’zini himoya
qilishga, kezi kelganda, o’zini muhofazalash uchun, xujum qilishga tabiatan
kodirovka qilingan bo’ladi, mana shunday o’zini tutishga biz tabiatan ma’lum
darajada o’rgatilgan, tayinlanganmiz.


16
Agar inson konfliktning ilk qadamlaridanoq, ―mana, konfliktning birinchi


xususiyatlari boshlandi, ular nima oqibatlarga olib kelishi mumkin, kel, ulardan aql
bilan o’zimni omon saqlab qola qolay‖, desa, demak, u konflikt vaziyatlarga to’g’ri
munosabat bildirgan bo’ladi. Chunki, ziddiyatni boshlayotgan odamning bir, ikki
minutdan so’ng emosional-psixologik kayfiyati umuman o’zgarishi mumkin, boshqa
emosional-psixologik kayfiyatda u o’zini batamom boshqacha tutishi mumkin. Shu
bois, ko’pchilik oilalarda, erining qo’li yengilligini bilgan xotinlar erining jahli
chiqsa, hyech bo’lmaganda qo’shnining uyiga chiqib, jon saqlaydi. Chunki, bir-ikki
soatdan keyin, eri o’ziga kelganida, balki u o’z xotini urganligiga ichida achinar...
Konflikt vaziyatlarning kelib chiqishida biz bilishimiz zarur bo’lgan narsa shuki,
konfliktlarning kelib chiqishida ―konfliktogen”lar juda muhim rol o’ynaydi.
Konfliktogen – konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida
tarjima qilinadi. Konfliktga olib kelishi mumkin bo’lgan so’zlar, amallar, yoki 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə