Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


O’z maslahatlari va fikrlarini majburiy singdirish va qabul qilinishiga harakat



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə15/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

O’z maslahatlari va fikrlarini majburiy singdirish va qabul qilinishiga harakat 
qilish. Odatda, maslahat faqat mana shu maslahat so’ralgan taqdirdagina berilishi
lozim. Ammo ko’pchilik hollarda biror muammo muhokama qilinayotgan bo’lsa,
o’zini katta tutgan odam, yoki yoshi ulug’roq odam, albatta maslahat qila boshlaydi.
Maslahatni esa yo qabul qilish, yoki uni inkor qilish mumkin. Maslahat qabul qilinsa,
uni bergan odam xursand bo’ladi, maslahat ochiqchasiga inkor etilsa, uni bergan
odam, eng ijobiy munosabatda, ―Meni mensimadi, gapimga kirmadi‖ deyishi
mumkin. Masalan, o’zbek oilalari uchun erning o’z xotiniga qanday kiyinish, qayerga
borish, kim bilan gaplashish, sochini qanday turmaklash, telefonda qanday, kim bilan,
qaysi kunda va qancha vaqt gaplashish, kimga nima deyishini belgilab berishi odatiy
hol. Ammo, aslida, bu holat ayol erkini va individualligini cheklash deb baholanadi.
Yoki, qaynonaning qanday uy tutish lozimligi bo’yicha o’z kelinini niqtab turishi
―tarbiyalash‖ xususiyatiga kiritiladi.
Hamsuhbati so’zlarini bo’lish. Suhbat faqat bir tomonning emas, balki ishtirok
etayotgan har ikki tomonning muloqoti hisoblanadi. Ammo ko’pchilik hollarda ba’zi
odamlar faqat o’z tuyg’ularini gapirishga e’tibor qilib, o’zga odamni eshitishga sabr-
qanoat qilishmaydi. Boshqa tomon ham o’z fikrlarini bildira boshlasa, uning so’zlari
keskin bo’linadi, ―A, nima deding...‖ deb eshitilmaydi, o’z hamsuhbatiga e’tiborsizlik
ko’rsatiladi. Masalan, faqat qaynona gapiradi-yu, kelini o’z fikrini bildira olmaydi.
Kelinning o’z fikri borligi inobatga ham olinmaydi. Yoki er gapiradi-yu, xotin o’z
fikrini bildirishga urinsa, ―Nima, sen menga aql o’rgatmoqchimisan?!‖ qabilida
agressiya bilan munosabat ko’rsatiladi. Bu bilan o’z so’zlarining boshqalar
fikrlaridan muhimroq ekanligini ko’rsatish, faqat o’zi gapirishga harakat qilish,
boshqalarga so’z bermaslik orqali o’z ustunligi ko’rsatmoqchi bo’linadi. O’z
ustunligini doimo ko’rsatishga intilish ko’pincha boshqalar huquqlarining kamsitilishi
evaziga bo’lishi inobatga olinmaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə