Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə11/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Noto’g’ri. Bunday qarashning ikki o’ziga xos xususiyati mavjud. Bir tomondan
irodasi mustahkam odamlargina o’z emosiyalarini jilovlay oladidar. Ikkinchi
tomondan, o’zbeklarning milliy mentalitetida o’z xis-tuyg’ularini (ular ijobiy
bo’ladimi, yoki salbiy bo’ladimi, baribir) ko’z-ko’z qilish, boshqalarga ko’rsatish,
ularni ro’kach qilish uyat hisoblanadi. Aslida konfliktda o’z xissiyotlarini yashirish
noto’g’ri hisoblanadi. Xis-tuyg’ular turlicha bo’lishi mumkin. Ular ham ijobiy, ham
salbiy bo’lishi mumkin. Ular mazmunining qandayligidan qat’iy nazar o’z
xissiyotlarini, ayniqsa ular salbiy bo’lsa, yashirish, ularni ochiq namoyon etmaslik,
ichga solish, ezilib yurish, yomon xissiyotlarning domiga tushib qolish aslida to’g’ri
emas. Salbiy xissiyotlar inson sog’lig’ini ichdan yemiradi, ular sog’liqqa zarar
hisoblanadi. Bunday xis-tuyg’ularning chuqurlashib ketib, kuchayishi oqibatida
depressiv holatlar vujudga kelishi mumkin. Ular esa o’z holida insonni kasalliklarga
duchor qilishi, yoki uni ―suisid‖ – o’z joniga qasd qilish vaziyatlarga olib kelishi
mumkin. His-tuyg’ularni ifoda etish inson sog’lig’i uchun foydalidir. Bu yerda gap –
xis to’ylarni jilovlash haqida emas, balki ularni qanday ifoda etish ustida ketyapti.
Salbiy xis-tuyg’ularni ham ifoda etish darkor. Shuningdek, ijobiy xis-tuyg’ularni ham
ifoda qilish usullarini bilish darkor. Xis-tuyg’ularni ichda saqlashning me’yorlari
mavjud. Ular, ya’ni xissiyotlar insonga zarar keltirmasligi darkor. Biroq, xis-
tuyg’ularni ifoda qilish, agar ular salbiy bo’lsa, birovlarga baqirish, ularni haqorat
qilish, g’azab otiga minib olib, barchaga o’zni qarama-qarshi qo’yish, birovlar
ustidan hukm o’tkazish, do’pposlash, urish, so’kinish, mazah qilish, birovlarni pastga
urish, ular nafsoniyatiga tegish degani emas. Xis-tuyg’ularni ifodalashda ham
muomala madaniyati zarur. Ammo shunga qaramasdan, o’z xis-tuyg’ularimizga erk
berganimizda birovning nafsoniyatiga tegmaslik, uning xis-tuyg’ulariga hurmat bilan
munosabatda bo’lish zaruriy talabdir. Bizni qiynab turgan salbiy emosiyalarga erk


14
berganimiz, biz uchun yaxshi holat. Ammo mana shu salbiy emosiyalarimiz birovga


tahdid ekanligi oldini olish va emosiyalarni jilovlay bilish konfliktlar yechimidagi
zaruriy malakadir. Ijobiy emosiyalarni mustahkamlash, salbiy emosiyalardan ozod
bo’lish zamonaviy insonni turli ziddiyatlardan asrab qoluvchi xususiyat hisoblanadi.
Demak,
his-tuyg’ularni
jilovlay bilish har qanday konflikt vaziyatni
kuchaytirmaslikning eng oson yo’li bo’lmay, balki muomala madaniyati
qonuniyatlarini, o’z emosiyalarini ifoda etish uslublarini bilish konflikt vaziyatni
kuchaytirmaslikning maqbul yo’li hisoblanadi. Emosiyalarni ichga solish emas,
ularni ifoda qilish, shuningdek ularni ifoda qilish usullarini bilish zarur.
Shunday qilib, konfliktlar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo’lar 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə