Kurs ishi mavzu: Umurtqali hayvonlarning ko’payishi biologiyasi va rivojlanishi



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə1/18
tarix27.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#124091
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Umurtqali hayvonlarning ko\'payishi kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM


Zoologiya fanidan tayyorlagan



KURS ISHI
Mavzu: Umurtqali hayvonlarning ko’payishi biologiyasi va rivojlanishi.



Bajardi: Biologiya yo’nalishi


3-20-guruh talabasi Tovboyeva Nodira
Rahbar: ___________H.Xakberdiyeva.
Sana “___”____________2023-yil.


Guliston – 2023


Mundarija:
Kirish…………………………………………………… 3
I Bob. Adabiyotlar tahlili………………………………………5
II Bob Asosiy qism……………………………………………………

    1. Hayvonot olamining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati………………………………………………..6

    2. Hayvonot olamini muhofaza qilish……………………......8

    3. Umurtqali hayvonlarning ko'payishi…………………...17

    4. Umurtqali hayvonlarning ko’payish jarayonlari……….23

    5. Umurtqali hayvonlarning xususiyatlari………………...28

Xulosa……………………………………………………...39
Adabiyotlar ro’yxati………………………………………40

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston faunasida umurtqali hayvonlarning 706 turi (sut emizuvchilar – 107, qushlar – 460, sudralib yuruvchilar – 64, amfibiyalar – 3 va baliqlar – 76) mavjud, umurtqasiz hayvon turlari esa 15 mingdan ortiq. So‘nggi o‘n yil davomida tabiatdan foydalanishning kuchayishi oqibatida, O‘zbekistondagi ko‘plab hayvon turlari kuchli antropogen ta’sir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqardi, ba’zilari esa butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.
Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, ayiq, qoplon, quroquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, alqor, qushoyoq, koʻk sugʻur, olakoʻzan, ustyurt qoʻyi, buxoro qoʻyi, shomshapalak, tunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan (2003).
Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə