Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


harakatsizlik konfliktogen deb ataladi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə13/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

harakatsizlik konfliktogen deb ataladi.
Bu ta’rifda muhim bo’lgan so’zlardan biri ―mumkin bo’lgan‖dir. Chunki u -
konfliktogenlarning havfini, ularning ichki tahdidini to’g’ri belgilab beradi.
Konfliktga olib kelishi aniq bo’lmagan, ya’ni konfliktga olib kelishi ―mumkin
bo’lgan‖ narsalar ziddiyatga nisbatan uyg’oqligizgiz va sezgirligingiz, ogohligingizni
tinchlantirib, sizni aldab qo’yishi mumkin. Tanishingizga nisbatan har doim salom-
alikni quyuq qilsangiz-u, bir marta o’z ishlaringiz bilan o’ylanib, unga har
doimdagidek e’tibor qaratmasdan, oddiy ―Salom?‖ deb o’tib ketsangiz, u sizdan
qattiq hafa bo’lib qolishi mumkin. ―O’zini katta tutyapti, behurmatlik qildi, nima men
uning arpasini xom o’rdim-mi?! Salom bermasa o’ziga?! Ja, katta ishga o’tdim deb,
dimog’i ko’tarilib ketibdi-mi?....‖ Orada noqulay ahvol kuzatiladi. Keyingi gal u siz
bilan sovuq, rasmiy muomala qiladi. Endi siz o’ylanasiz. ―Nima bo’ldi bunga?!
Nimaga o’zini bunday tutyapti?! Xuddi men bilan urishib qolganday.. Uni hafa
qilmovdim, shekilli...‖
Konfliktogenlarning ayyorligi shundaki, biz o’zimizning so’zlarimiz va
amallarimizga emas, balki bizga aytilgan boshqa odamlarning so’zlari va amallariga
ko’proq e’tiborliroqmiz. Boshqa odamlarning so’zlaridagi intonasiya, mimika va
ma’no bizga uning bizga nisbatan munosabati haqidagi axborot, ya’ni ma’lum
informasiyani bildiradi va beradi. Ammo o’zimiz birovlarga so’z aytganimizda, har
doim ham, so’zlar ma’nosi nimani anglatmoqda, bizning mimikamiz, ovozimiz, qo’l
harakatlarimiz, intonasiyamiz yana qanday qo’shimcha axborotni birovlarga
uzatayotganligiga e’tibor bilan qaramaymiz. Ko’pchilik hollarda bu narsa intuitiv
tarzda kechadi.
Demak, biz boshqalardan kelayotgan informasiyani diqqat bilan filtrlaymiz,
o’zimiz jo’natayotgan informasiyani esa – filtrlamasdan, to’g’ri jo’natamiz. Shu
nuqtai nazardan, hammamiz o’zgalardan kelayotgan axborotga emosional
yondoshamiz, o’zimizdan ketayotgan informasiyani esa ko’proq shundayligicha,
ya’ni boricha jo’natamiz. Ba’zan xotin-qizlar haqida ―Ayollar o’zi aytgan gaplarga
diqqat qilmaydi, ammo o’zi haqida boshqalar aytgan so’zlarni diqqat bilan eshitadi‖,
deyiladi. Ammo aslida biz hammamiz shunday qilamiz. Bu holat, o’z manfaatlarini
muhofaza qilishga qaratilgan intuitiv himoyaning natijasi hisoblanadi. Ammo
birovlarning manfaatlarini ham muhofaza qilish, yoki hurmatlash lozimligi


17
hayolimizga ham kelmaydi. Demak, konflikt vaziyat - biz jo’natayotgan va qabul


qilayotgan axborotlar orasidagi xissiy-emosional hamda psixologik muvozanat
buzilganda yuzaga keladi. Ana shunday hayotda uchrab turadigan konfliktogen
vaziyatlar chuqur ziddiyatlarning kelib chiqishini ta’minlashi mumkin.
Konfliktogenlar ko’payib, ular majmuaga aylanganda, konflikt tug’iladi.
Konfliktogenlar eskalasiyasi qonuniy ravishda konfliktga olib keladi. Bizga
kelayotgan axborotlar konfliktogenlar bilan to’lgan bo’lsa, biz unga tabiiy ravishda
o’zimizdagi konfliktogenlar bilan javob beramiz.
Konfliktogenlar tahdidiga uchragan odam, odatda, o’zining psixologik va
emosional holatini himoya qilishga o’tadi. Shu bois, u konfliktogenga nisbatan
o’zidagi emosional tahdid bilan munosabat bildiradi. Mazkur emosional tahdid
ko’pchilik hollarda ovoz, mimika, intonasiyadagi agressiya bilan ifoda qilinadi.
Agressiyaga doim o’ziga yarasha agressiya bilan javob qaytariladi. Ammo o’ziga
qaratilgan agressiyani bosib ketish uchun javobiy agressiya yanada kuchliroq bo’ladi.
Chunki odam ―buni adabini berib qo’ymasam, shunday bo’laveradi‖, deb o’ylaydi.
Natijada har ikki tomonda konfliktogenlar miqdori keskin orta boradi. Inson
emosional va psixologik holati unga qarata yo’naltirilgan haqorat, piching, kesatiq,
so’kish, nafsoniyatga tegish, zo’ravonlik, o’z fikrini o’tkazishga intilish, taziyq
kabilarga, doimiy ro’y beradigan adolatsizlikka bundan o’zgacha munosabat bildira
olmaydi.
Insonlar orasidagi turli munosabatlarni tartibga solish uchun har bir millatda etik
va estetik qadriyatlar shakllantiriladi. Shu bois, odamlar milliy axloqiy qadriyatlar va
normalar asosida tarbiya qilinadi.
Bizga eng kichik paytimizdanoq birovni bekordan bekorga hafa qilmaslik, uning
nafsoniyatiga tegmaslik, so’kmaslikni o’rgatishadi. Ammo hamma ham ana shu
normalarga rioya qilmaydi. Eng qiyin bo’lgan narsalardan biri, o’zingni juda qattiq
hafa qilgan odamni kechirish hisoblanadi. Ayb qilgan odamni kechirish lozimligi
hamma dinlarda uqtiriladi. Xristian dinida ―sening bir yuzingga urgan odamga,
ikkinchi yuzingi tut‖, deb aytiladi. Islom dinida muqaddas bayramlarda dushmanlar
bir-birlarining gunohlaridan o’tishi lozimligi tayinlanadi. Ammo real hayotda
birovning aybidan kechgan odamlar juda kam topiladi. Shu bois, o’zbek xalqi
―kechirimli bo’lish mardning ishi‖ deydi. O’zini muhofaza qilish insondagi tabiiy va
eng kuchli instinktlardan hisoblanadi. Shu sababli odamlar zarracha bo’lsa ham
o’ziga zarar bo’lmaslikka urinadi.
Konfliktogenlar eskalasiyasi yuzaga kelmasligi uchun: 
- konfliktogenlarning o’zingiz va atrofdagilar yuragida yig’ilishiga yo’l
qo’ymaslik;
- konfliktogenlar vujudga kela boshlaganda esa, ulardan o’z fikri va ongini ozod
qilish yo’llarini qidirish;
- o’zimizda vujudga kelishi mumkin bo’lgan konfliktogenlar boshqalar
ko’nglida ham yuzaga kelishi mumkinligini nazarga olishimiz darkor.
Mana shu natijalarga erishishda konfliktogenlarsiz muomala yuritish qoidalari
qo’l keladi:


18
1. Konfliktogenlardan foydalanmang, ularni o’z vaqtida, ildiz otib ketmasidan


yo’qotishga harakat qiling
2. Konfliktogen bilan to’qnashganda unga o’zingizdagi konfliktogen bilan javob
qaytarmang
3. Konfliktogen bilan munosabat bildirayotgan odamga, shuningdek umuman
har qanday suhbatdoshingizga empatik (birovning xis-tuyg’ularini anglash asosida)
munosabat bildiring. Empatik munosabat o’rnatish uchun suhbatdoshingizga xush
keladigan mavzularni tanlang, unga komplimentlar ko’rsating, kulib gaplashing,
uning so’zlarini diqqat bilan eshiting v.h.
4. Imkon qadar ko’proq ijobiy xis-tuyg’ular ulashing. Konfliktogenlar maxsus
garmonlar natijasi hisoblanadi. Agar o’zingizning kayfiyatingizni yaxshilik sari
yo’naltirsangiz, konfliktogenlarni yengishga imkon tug’iladi. Konfliktogenlar insonni
kurash, ziddiyat va nizoga yo’naltiradi. Bu esa organizmda adrenalinning
ko’payishiga olib keladi. Adrenalin konfliktgen bilan qo’shilib, g’azab, jahl,
agressiyaning kuchayishiga sabab bo’ladi. Odamning qattiq g’azablanishi
noradrenalinni keltirib chiqaradi. Uning inson salomatligiga bo’lgan juda katta salbiy
ta’siri mavjud. Ammo chiroyli suhbat inson organizmida endorfin, ya’ni ―baxt
garmonlarini‖ yuzaga keltiradi. Shundan foydalanishga harakat qiling.
2. Konfliktogen turlari 
Konfliktogenlarning ko’pchiligini kuyidagi turlarga ajratish mumkin: 
- o’zini ustun qo’yish;
- agressiyaga moyillik;
- egoizm.
O’zini ustun qo’yish kuyidagi amallarda namoyon bo’ladi 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə