40
Yuqorida ko’rsatilgan hollarda noadekvat bo’lgan yoki soxta qabul qilishning
ikkala tarafga xosligi kam kuzatiladi.Odatda faqat bir subyekt vaziyatni xato yoki
buzib, boshqasi esa to’la adekvat holda tushunadi. Birinchi subyekt vaziyatni
konfliktli deb tushunib, shunga mos harakat qila boshlaydi,
boshqasi esa, konfliktli
harakatlarni o’ziga yo’naltirilganligini bilgandan so’ng bu vaziyatni «konfliktli» deb
baholash uchun ko’proq asosga ega bo’ladi. Mabodo ikkinchi subyekt vujudga kelgan
muammoning tasodifiyligini anglab yetmasa, vaziyatni u tomondan baholanishi
obyektiv bo’la olmaydi.Soxta qabul qilish kimningdir oldindan ko’zlanmagan
harakatlarini qasddan,
ataylab qilingan, ya’ni shaxsning muayan manfaatlariga mos
keluvchi harakat deb tushunish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday muammoni hal qilish
uchun odatda konfliktni boshlagan harakatlar ehtiyotsizlik tufayli, qasddan
bo’lmaganligini aniqlash va tushunish yetarli hisoblanadi. Biroq, ko’pincha bu
imkoniyatlar e’tibordan chetda qoldiriladi va taraflar bir-birlarining
harakatlarida
yovuz qasdni ko’radilar, bu esa konfliktning kuchayishi va chuqurlashishiga olib
keladi.
Konfliktli vaziyatni noadekvat yoki soxta qabul qilishning sababi sifatida
qaraganda shuni ta’kidlash muhimki, agar bunday qabul qilish kognitiv konflikt
genezisida bayon qilinayotgan nuqtai nazar mazmunini buzib sharhlash bilan bog’liq
bo’lsa, mafaatlar konflikti genezisida esa bu,
eng avvalo, opponent motivlarini
baholashdagi xatolar bilan belgilanadi.
Soxta qabul qilish odatda boshqalarning so’zi va harakatlarini noto’g’ri tushunish
bilan bog’lik. U turli sabablardan kelib chiqadi: xabarning ikki xil mazmunga ega
bulishi, xabarning dastlabki mazmuniga muloqot matni orqali kiritiladigan xatoliklar
bilan va b. Muayyan holatlarda savol berish yoki hatto xushomad qilishni haqorat
sifatida qabul qilinishi kuzatilgan. O’zgalarning hatti-harakatlaridagi ma’noni bunday
qabul qilishdagi tafovutlar ko’pincha madaniyatdagi farqlar,
muloqotning turli
qoidalari bilan belgilanadi.
Afsuski, xatolik orqasida yuzaga kelgan konflikt keyinchalik guyoki o’zining real
predmetiga ega bulgan konflikt kabi avj olishi mumkin. Konflikt jarayonining
o’zidayoq haqiqiy konfliktli vaziyat vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: