Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Elektron ta’lim resurslari



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə6/147
tarix01.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#103973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
3.08 Она тили укит.мет2-курс

Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped



Ona tili o’qitish metodikasi ” kursining


O’QUV DASTURI
(Ushbu o’quv dasturi O’zR OO’MTVning 263-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida ishlab chiqilgan)
2012-2013- oquv yili uchun
II- kurslar uchun
1. KIRISH

Mustaqil ryespublikamizda yuz byerayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-tyexnikaviy va madaniy o`zgarishlar Xalq ta'limi tizimida ham o`z aksini topmoqda. O`zbyekistonda uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, shu asosda ta'lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish ta'lim sistyemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa, barcha mutaxassisliklar qatori boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishni ham taqozo etadi.


Mazkur dastur boshlang`ich ta'lim bakalavr mutaxassisligi uchun qabul qilingan davlat ta’lim standarti asosida boshlang`ich matyematika kursining nazariy asoslariga oliy matyematika qisqa kursi qo`shilgan holda tuzildi.


O`quv fanining maqsadi va vazifalari
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy o’quv pryedmyeti hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tildan muhim tushunchalar sistyemasini o’zlashtiradilar, nutqqa, o’qishga, yozishga oid ko’nikma va malakalarni egallaydilar. Bu ko’nikma va malakalar maktabda muvofiqiyatli o’qishga zamin hozirlaydi. Ona tilining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo’lib, u o’quvchilar uchun tabiat dunyosini, odamiylik munosabatlarini, fan va madaniyatni o’rganishga yo’l ochadi.
Ona tili o’qitish Metodikasi mustaqil pyedagogik fandir. Hozirgi zamon o’qituvchisi har tomonlama keng bilimli bo’lishi ya`ni adabiy til normalarini egallashi, boshlang’ich sinflarda ona tilidan olib boriladigan ishlar mazmuni va sistyemasini dasturini yaxshi bilishi, ona tili o’rgatishning nazariy asoslarini va ta`lim prinsiplarini o’zlashtirishi o’quv ishlarining asosiy usullarini olishi va uni o’z ish tajribasida tatbiq qila olishi, Metodikaning fan sifatida rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini, keyingi yillarda boshlang’ich ta`lim ona tili o’qitish Metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarni va hal qilinishi lozim bo’lgan muammolarni tushunib borishi lozim. O’qituvchi tarbiya ishiga, o’quvchilarga ona tilining boyligini ko’rsata olishga mohir bo’lishi, bolalarning adabiy tilga so’zlashga adabiy nutqni egallashga, kitobni syevishga va ifodali o’qishga o’rgatish lozim. Fanning asosiy bo’limlari va ularda o’rganiladigan muammolar.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish kursi qo’yidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish Metodikasi pyedagogik fan”. “Savod o’rganish Metodikasi”, «Sinfda o’qitish va sinfdan tashqari o’qitish Metodikasi», “Fonyetika, grammatika, so’z yasalishi va orfagrafiyani o’rgatish Metodikasi”, “O’quvchilar nutqini o’stirish Metodikasi”. Metodika kursni o’rganish talablarni kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlashi, shuningdyek, ta`lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotini mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan myetodik adabiyotlarni o’qish uchun o’z ish tajribasini tanqidiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantirish zarur.
Fanning asosiy maqsadi – talabalarni boshlang`ish sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo‘yisha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - ona tili ta’limi sohasi bo‘yisha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdyek, maktab darsliklari mazmuni va myetodik qurilish bilan tanishtirish. Ona tilidan o‘quv matyeriali , bolalar kitoblarini, o‘qish va yozishga o‘rgatish ushun kyerakli bo‘lgan qo‘shimsha matyeriallarni, imloviy mashqlarni, diktantlarni, grammatik tahlil, qayta hikoyalash va bayon ushun matnlarni, insho ushun mavzu va matyerialni tanlash va ulardan foydalanishga o‘rgatish. O‘quvshilarni turli mavzuda suhbat o‘tkazishishga, qaytahikoyalash va hikoya qilishga, bayon va ishno, ifodali o‘qish, ijodiy ishlar, diktantlar, til matyerialini tahlil qilish kabi mashg`ulotlarga tayyorlash va uni o‘tkazishish, ko‘rgazma va tyexnik vositalardan foydalanib, o‘quvshilarning bilish faoliyatini va mustaqilligini ta’minlashga o‘rgatish.



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə