Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 457,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix27.12.2023
ölçüsü457,58 Kb.
#163362
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
z.murodova (1)

Hajv mavzusi. 
Xislat hayoti va ijodiy merosi haqida qimmatli 
ma’lumotlarni yozib qoldirgan Mо‘minjon – Toshqin о‘zining tazkirasida 
shoirning biroz hajviy she’rlari borligini xususida alohida tо‘xtalib о‘tadi. Davr 
ijodkorlarining aksariyatida hajv, mutoyiba mazmunidagi kо‘plab she’rlar 
uchraydi. Pashshalar, ot, amaldorlarning kirdikorlarini fosh qilish mavzuidagi 
turkum she’rlar shular jumlasidandir. Bizningcha, о‘z davrining adabiy 
an’analarini munosib davom ettirgan Xislat bu mavzuga ham befarq bо‘lmagan 
va hajviy mavzuda she’rlar yozishi tabiiy edi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, milliy uyg‘onish davri adabiyotida bir 
turkum hajviy she’rlar amaldorlarning kirdikorlarini fosh etish, ularning 
qilmishlari ustidan kulish mavzusida bо‘lib, bu mavzudagi she’rlar Xislat 
ijodida ham uchraydi. Ulardan shoirning “Mahalla bezor” she’ri ayniqsa 
diqqatga sazovordir. Xislat tahsil olgan “Kо‘kaldosh” madrasasi mudarrisiga 


33 
qayinota bо‘lgan mahalla ellikboshisi Najmiddinxо‘ja tabiati va faoliyatidagi 
yaramas odatlarni ustalik bilan fosh etadi: 
Najmiddin oti – Xо‘ja, 
Istaydi noni parcha. 
Yegani muftu о‘lja, 
El ichra bо‘ldi beor. 
 
Masjidni aylabon jo, 
Yotqusi sindirib po. 
Qilg‘usi fitna, g‘avg‘o, 
Nopoku chirku murdor.
Uning tamagirligi shunchalikki, biror joydan ovqat hidi chiqsa, u yerga, 
albatta, bir marta bosh suqadi. Uning bu qilig‘idan bezor bо‘lgan mahalla ahli 
unga noiloj bir og‘iz “keling” degan sо‘zni aytadi. 
Bо‘lsa piyoz dog‘i osh, 
Bо‘lg‘oy anga borib bosh. 
Hayron qolib qari-yosh, 
Aytur “Keling”ni nochor. 
 
Umrin tilar xazonin, 
Olmaydi tangri jonin. 
Qaynatmoqqa qozonin, 
Bо‘ldi mahalla bezor.
Bu turkumda yaratilgan yana bir she’r “Kafshim” radifli g‘azal bо‘lib, 
davr adabiyotida ayni shu mavzu va radifdagi bir necha she’rni uchratamiz.
Erdi ayog‘larimg‘a kо‘b tangu tor kafshim, 
Siqtiyu qildi oxir yurmoqqa zor kafshim... 
 
Yо‘l uzra yurganimda ilkimda rо‘ymolim, 
Artar edim damodam bо‘lsa g‘ubor kafshim... 


34 
 
Dastaklari bosildi, bir yong‘a bо‘ldi qiyshiq, 
Katta-kichik bu holda kо‘rsa kulor kafshim. 
G‘azal tо‘qqiz baytdan iborat bо‘lib, mazkur g‘azalga bir qator shoirlar, 
jumladan, shoirning dо‘sti Shavkat Iskandariy tо‘qqiz bandli muxammas 
bog‘lagan. Aytish mumkinki, muxammas g‘azalda ilgari surilgan mavzu va 
g‘oyani munosib davom ettirgan. Hatto bir shoir qalamiga mansub yaxlitlik 
kasb etgan: 
Har damda ming balog‘a bо‘lg‘on duchor kafshim, 
Yuz joyidin yamalg‘on choruqvor kafshim, 
Kiymoqg‘a tavba qildim emdi dubor kafshim, 
Erdi ayog‘larimg‘a kо‘b tangu tor kafshim,
Siqtiyu qildi oxir yurmoqqa zor kafshim... 
 
Yog‘qonda tо‘lg‘oy erdi yomg‘ur suyiga jiq-jiq, 
Tashlar edi о‘zini kо‘runsa qayda balchiq, 
Har dam ushbu sababdin kо‘nglum bо‘lur edi ziq,
Dastaklari bosildi, bir yong‘a bо‘ldi qiyshiq, 
Katta-kichik bu holda kо‘rsa kulor kafshim. 
 
Kafshimni kо‘rsa har kim, hargiz sо‘rashmas erdi,
Ham dо‘stlar tag‘oful aylab, qarashmas erdi. 
Har о‘zga kafshlardek izzat talashmas erdi, 
Kо‘b kafsh ichida qolsa, aslo adashmas erdi, 
Kiymay agarchi qо‘ysam, ming yil turor kafshim... 

Yüklə 457,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə