Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 457,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix27.12.2023
ölçüsü457,58 Kb.
#163362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
z.murodova (1)

UMUMIY XULOSALAR
...........................................................................59-61 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
...............................62-64 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lgan milliy 
istiqlolga erishilganimizdan so‘ng ijtimoiy hayotning ko‘pgina sohalari qatori 
ma’naviyatga, madaniy merosga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham 
kuchaydi. Buning natijasi o‘laroq, sho‘rolar davri adabiyotshunosligida hayoti 
va ijodiy merosi bir tomonlama tadqiq etilgan yoki butunlay chetga surib 
qo‘yilgan ko‘plab shoiru adiblar ijodiy merosini ilmiy o‘rganish, xolis baholash 
masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 
Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti ko‘p asrlik madaniy va ma’naviy 
merosimizning ajralmas tarkibiy qismidir. U o‘ziga xos taraqqiyot 
tamoyillariga, boy an’analariga ega. XX asr avvalida bu an’analar ko‘p jihatdan 
yangilandi, boyitildi. Xalqimizni bu merosdan bahramand qilish maqsadida 
katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ajdodlarimizning o‘tmish qa’rida 
unutilayozgan, tarix soyasida qolib ketgan asarlarini izlab topish, o‘rganish va 
o‘z o‘quvchisiga yetkazish shular jumlasidandir.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX boshlarida shakllangan milliy uyg‘onish 
davri adabiyoti ko‘p asrlik milliy adabiyotimiz tarixida alohida adabiy-estetik 
hodisa hisoblanadi. Negaki, bu davr ijodkorlari an’anaviy she’riyatni ham 
mazmun, ham shakl jihatdan yangiladilar. Millatni birdamlikka chorlovchi 
ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlar bilan nafaqat adabiyot, balki jamiyat va millat 
hayotida yuksalish bosqichini boshlab berdilar. Toshkent adabiy muhitining 
zabardast vakillaridan biri Sayyid Haybatullaxo‘ja Sayyid Orifxo‘ja o‘g‘li – 
Xislat ana shunday ijodkorlar sirasiga kiradi.
O‘zidan salmoqli adabiy meros qoldirgan Xislat asarlarini ilk manbalar 
asosida o‘rganish, o‘zbek adabiyotshunosligida erishilgan so‘nggi ilmiy-nazariy 
yutuqlarga tayanib tadqiq qilish, asarlari matnini o‘zaro qiyosiy o‘rganishni 
amalga oshirish, shoir hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar tahlil qilish hamda 
xolisona baholash ishning dolzarbligini belgilaydi. Xislatdan bizgacha lirik 
turning g‘azal, masnaviy, murabba’, muxammas, musaddas, qit’a, fard, qasida 
kabi janrlarida uch ming misraga yaqin she’rni o‘z ichiga olgan adabiy meros 



yetib kelgan. She’rlari XX asr boshlarida vaqtli matbuotda, tazkira va bayozlar, 
shoirning shaxsiy arxivida nashr etilgan. O‘z davri adabiy muhitida faol 
ishtirok etgani, ayniqsa, Muqimiy, Kamiy, Mavlaviy Yo‘ldosh, Miskin, Sidqiy-
Xondayliqiy, Haziniy, Vasliylar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi, ular ijodiga 
munosabati, g‘azallariga nazira, muxammaslar bog‘lashi ham uning yetuk 
ijodkor bo‘lganidan darak beradi. Shu nuqtai nazardan ham ushbu mavzuni 
o‘rganish adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridandir.

Yüklə 457,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə