Alisher navoiy nomidagi


Bitiruv malakaviy ishining obekti va predmeti



Yüklə 457,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix27.12.2023
ölçüsü457,58 Kb.
#163362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
z.murodova (1)

 Bitiruv malakaviy ishining obekti va predmeti 
sifatida Begali 
Qosimovning “Milliy uyg‘onish” (2002), Naim Karimovning “XX asr o‘zbek 
adabiyoti manzaralari” (2008), Abdulhamid Jalolovninng “Ozodlikni ulug‘lab” 
(1987), “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti” (1991), “O‘zbek 
ma’rifatparvar-demokratik adabiyoti” (1978) monografiyalari va Xislatning 
“G‘azallar” va “Tarannum” singari she’riy to‘plamlari olindi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. 
Ish kirish, 6 faslni o‘z 
ichiga olgan ikki asosiy bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
ro’yxatidan tarkib topgan. 
 
 



I BOB. TOSHKENT ADABIY MUHITI VA XISLAT IJODI 
1.1.
 
XX asr boshlari adabiyotida Xislatning o‘rni 
 
XIX asr oxiri – XX asr boshlari Turkiston adabiyoti va madaniyati 
tarixida Toshkent adabiy muhitining о‘ziga xos о‘rni bor. Bu davrda Toshkent 
shahri ma’rifatchilik harakatining eng rivojlangan markazlaridan biri edi. Bu 
harakatning boshida Toshkent shoirlarining sardori deya e’tirof etilgan 
Karimbek Kamiy, Gulshan, Ahqar, Almaiy, Abdulla Avloniy, Tavallo, Miskin, 
Xislat, Sidqiy Xondayliqiy, Abdulla Qodiriy kabi ijodkorlar turdilar. Ushbu 
adabiy harakatning kо‘zga kо‘ringan vakillaridan biri Sayyid Haybatullohxо‘ja 
Sayyid Orifxо‘ja о‘g‘li Xislatning ijodiy faoliyati e’tiborga molikdir.
Sayyid Haybatullohxо‘ja Sayyid Orifxо‘ja о‘g‘li о‘zbek jadid 
adabiyotining kо‘zga kо‘ringan vakillaridan biridir. U o‘sha davrning kо‘plab 
ijodkorlari singari asosan an’anaviy ishqiy she’riyat bilan shug‘ullangan bо‘lsa-
da, davr hodisalari ta’siri tufayli hayotdagi о‘zgarishlarga, xususan, 
yangilanayotgan adabiyotga rag‘bat bildirgan shoirlardan. 
 
Sayyid Haybatullohxо‘ja 1880-yil 10-mayda Toshkentning Chorsu 
mavzesida tug‘ilgan. Otasi qalandartabiat kishi bо‘lganligi bois u uch yoshidan 
boshlab farzandsiz ammasi Risolat ayaning qо‘lida tarbiyalangan hamda ona 
tomondan bobosi Mahmudxon va buvisi Shamsioyimning moddiy ta’minotidan 
bahramand bо‘lgan. Olti-yetti yoshida maktabga borib, xat-savod chiqargan. 
Dastlab Shamsioyimning tashabbusi bilan Kо‘kchadagi bir eshon oyimdan
sо‘ngra Toshkentning Ishqobod mahallalik Nuriddin qorining xotini Roziya 
oyimdan dars oladi. Haybatullohning xat-savodi mana shu bilimdon ayol 
Roziya otindan chiqdi. Shu tariqa Haybatullaxо‘ja mahalla maktabxonasiga 
deyarli savodxon holda kirib boradi. Yosh Haybatullaxо‘ja maktabda о‘qib 
yurgan kezlarida Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Mirzo Bedil asarlarini 
berilib mutolaa qiladi. Bu asarlarni о‘qigani sari unda adabiyot va she’riyatga 
havas kundan kunga ortib boradi.



Ayrim manbalarda aytilishicha, she’riyatga bо‘lgan mayl Xislatda juda 
barvaqt uyg‘ongan. U 9 yoshidan mumtoz shoirlar ta’sirida g‘azal yozishni 
mashq qila boshlagan. Lekin bu “g‘azal”lar “yosh bola”ning mashqlari 
bо‘lganligi sababli u tarjimai hollarinig birida she’riy ijodining debochasini 
madrasadagi tahsil yillari bilan bog‘lab, bunday yozadi: “Ammo madarasaga 
chiqish bilan barobar she’r о‘qish, she’r yozishga berildim, ertayu kech fikrim 
she’rni qanday о‘qish, qanday yozish bо‘ldi. Hatto ba’zi domlalar: “Ilmsiz 
bо‘lib qolasan, she’rga kо‘p urinma”, - deb qaytarur edilar. Sо‘zlariga quloq 
solmasdan, tobora she’r yozishga shavqlanardim”
1

Adabiyotshunos olim professor B.Qosimov Haybatullaxо‘janing 14-15 
yoshlaridan she’rlar mashq qila boshlaganini ta’kidlaydi. Bizningcha ham, bu 
haqiqatga yaqinroq. 
Balog‘atga yetib qolgan Haybatullohxо‘ja 16 yoshidan “Kо‘kaldosh” 
madrasasiga chiqib, mashhur mudarris Eshonxо‘ja qori qо‘lida tahsil ola 
boshlaydi. Mavjud ma’lumotlarga kо‘ra, Haybatullohxо‘ja faqat Eshonxо‘ja 
qori qо‘lida tahsil olibgina qolmay, “Xoja Ahror” madrasasida Muxtorxon 
mudarris, “Kesakqо‘rg‘on” madrasasida Shomuhiddin mudarrislardan ham 
tahsil olgan. Shu tariqa u zо‘r ishtiyoq bilan madrasaga qatnab, imkon boricha 
mukammal tahsil olishga harakat qiladi. Ammo о‘sha davrning aksariyat ilm va 
ijod ahli biror kasb yoki hunar orqasidan halol mehnat orqasidan topilgan 
daromad evaziga rо‘zg‘or tebratishgan. Haybatullohxо‘ja ham shu an’anani 
munosib davom ettirib, hunar о‘rganishga kirishadi. U dastlab sebzorlik 
Qoraxо‘ja degan fonuschi ustaga shogird tushib, bir yil davomida fonuschilik 
kasbi bilan mashg‘ul bо‘ladi. Sо‘ngra Qо‘rg‘ontegi mahallalik usta Soliga 
shogird tushib, duradgorlik kasbini о‘rganadi.
Ana shu paytlarda ham ilm va badiiy ijoddan qо‘l uzmagan Xislat xalq 
orasida shoir sifatida ancha tanilib qoladi.
Xislatda she’riyatga bо‘lgan muhabbatning uyg‘onishida о‘sha yillarda 
Toshkent shoirlarinig peshqadami bо‘lgan Karimbek Kamiyning xizmatlari, 
1
Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. – T.: О‘zbekiston, 2008. –B. 64-65. 



ayniqsa, salmoqli. Kamiy yosh shoirni Muqimiy, Oraziy, Toshxо‘ja Asiriy kabi 
adiblar bilan tanishtiradi. Bu tо‘g‘rida Xislat о‘z tarjimai holida shunday yozadi: 
“Qazoro, bir о‘rtog‘imning uyiga mehmon bо‘lib bordim. Tokchada bir kitob 
turibdi, olib ochib kо‘rsam, chiroylik xat bilan “G‘azali Mavlono Kamiy 
Toshkandiy” deb ustiga yozilgan. Kamiy domlani axtara boshladim. 
Xullasi kalom, qidira-qidira “Beklarbegi” madrasasidan topdim. Ixcham, 
shinam soqol, kamgap, serzavq, noziktabiat odam ekan. О‘zimni she’rga 
havasim borini arz qildim. Kamiy domla “juda yaxshi” deb xursand bо‘ldi. 
О‘shal kundin e’tiboran meni tarbiyat qila boshladi”
2
. Shu tariqa Karimbek 
Kamiy shoir Xislatning bir umrlik ustozi bо‘lib qoldi.
Mо‘minjon Muhammadjonov “Toshkent shoirlarining tarjimai hollari” 
tazkirasining Xislatga bag‘ishlangan bobida 1890-1892 yillarni nazarda tutib, 
bunday yozgan edi: “Shu choqlarda Karimbek Sharifbek о‘g‘li – mavlono 
Kamiy bilan tanishdi. Bu odam – shoir Kamiy Muqimiy va Furqat barobaridagi 
bir shoir edi. Shoir Xislat mavlono Kamiyning fazlu balog‘atini bilgandan keyin 
uni birinchi ustod sifatida ushlab oldi. Qayerga borsa, birga bо‘ldi... G‘oyatda 
nozuk tabiatlik bu ustod Xislatning ixlosiga yarasha tarbiya qilar, she’r va 
g‘azallar aytish yо‘llaridan ba’zi bilmagan nuqtalarini о‘rgatar va о‘sha 
zamonning adib va shoirlari bilan tanishtirar edi. Shu shoir Kamiy vositasi bilan 
Yusuf Saryomiy, Hoji Muhyi Hо‘qandiy, Mavlono Sayidahmad Vasliy 
Samarqandiy, Asiriy Hо‘qandiy va boshqa mashhur shoirlar bilan tanishdi va 
ham bir qanchalaridan “Bedil” о‘qib foydalandi, Bedilning ma’nosini 
о‘rganishdagi ustodi Kamiy edi”. 
Xullas, Xislat, Miskin, Sidqiy Xondaqliqiy singari yosh qalam ahllari 
Kо‘kaldosh madrasasida tahsil kо‘rganlariga qaramay, Kamiyning “Beklarbegi” 
madrasasidagi hujrasida oqshomdan tongga qadar davom etgan she’rxonliklarda 
о‘zbek mumtoz she’riyatining bilimdonlari va aruznavis shoirlar sifatida 
shakllandilar. 
2
Jalolov A. Ozodlikni ulug‘lab. – T.: Fan, 1987. –B. 10. 


10 
Xislat 
Kamiyning 
“Beklarbegi” madrasasidagiana shu “adabiy 
maktab”ida qalamini obdon charxladi. Uning Xislat taxallusi bilan dunyoga 
kelgan g‘azallari ustoz tomonidan yuqori baholanib, Tо‘ychi hofiz, Akbar hoji 
Haydarov, G‘ulom G‘aniyev kabi singari о‘z davrining mashhur xonandalari 
ijrosida Toshkent aholisi о‘rtasida katta shuhrat qozonadi.
Xislatning 1917 yil voqealariga qadar ijodidagi e’tiborga sazovor 
voqealardan biri uning “Sadoi Turkiston” gazetasi bilan hamkorlik qilishidir. U 
1914 yil mazkur gazeta nashr etila boshlashi bilan shu tarixiy voqeani 
olqishlovchi, о‘zining Munavvarqori Abdurashidxonov va Ubaydulla Xо‘jayev 
singari taraqqiyparvar kishilar maslakdosh ekanligini kо‘rsatuvchi va shu 
yaqinlik bilan faxrlanuvchi kishi ekanligini kо‘rsatadi. U gazetaning 6-sonida 
e’lon qilingan she’rida qalbidagi bunday samimiy tuyg‘ularni ifodalab yozadi: 

Yüklə 457,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə