Alisher navoiy nomidagi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 457,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix27.12.2023
ölçüsü457,58 Kb.
#163362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
z.murodova (1)

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. 
Milliy uyg‘onish davri 
adabiyotining ko‘p ijodkorlari to‘g‘risida qator tadqiqotlar yaratilgan. Shoir 
Xislat hayoti va ijodi haqida shu davr adabiyotining yirik tadqiqotchilari 
professorlar Abdulhamid Jalolov, Begali Qosimov, akademik Naim Karimov,
professorlar Ulug‘bek Dolimov, Nurboy Jabborov kabi olimlar tadqiqotlarida 
alohida o‘rin ajratildi. Asarlari qisman chop etildi. Haybatullaxo‘ja Xislat ijodi 
bugungi kun adabiyotshunosligining ham diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. 
Biz ham mazkur ishimizda adib ijodini imkon darajasida batafsil tadqiq qilish 
niyatidamiz.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan 
bog’liqligi. 
Tadqiqot mavzusi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek 
tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar rejasiga muvofiq bo’lib, O‘zbek 
adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar 
rejasiga kiritilgan.

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. 
Milliy uyg‘onish 
davri o‘zbek adabiyotining taraqqiyot muammolarini tadqiq etish, unda 
Haybatullaxo‘ja Xislat ijodining tutgan o’rnini belgilashdan iborat. Q’oyilgan 
maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar bajariladi: 
-
Haybatullaxo‘ja Xislatning hayoti va ijodi o’rganiladi; 
-
Haybatullaxo‘ja Xislatning asarlari mundarijasi o’rganilib, ularda 
tasvirlangan muammolar tahlil qilinadi
-
Shoirning milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti tarixiy 
taraqqiyotidagi o‘rni, xizmatlari ko’rsatib beriladi. 



Ishning ilmiy yangiligi 
Haybatullaxo‘ja Xislatning Milliy uyg‘onish 
davri o‘zbek adabiyoti tarixiy taraqqiyotida, xususan, Toshkent adabiy muhitida 
tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish, asarlarining
 
janr tabiatini, mavzu ko‘lamini, 
ularning yetakchi taraqqiyot tamoyillarini ilk bor tahlil va tadqiq etish bilan 
belgilanadi. Ular yaxlitlikda ishning ilmiy yangiligini ko’rsatadi. Bundan 
tashqari, ishning ilmiy yangiligi yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
- milliy uyg‘onish davri adabiyotida Xislat ijodining o‘rni o‘rganildi; 
- shoir nazmiy asarlarining mavzu ko‘lami aniqlanib, ilmiy tahlil etildi;
- Xislat lirik she’rlarining janrlar tasnifi amalga oshirilib, poetik janrlar 
kesimida tadqiq qilindi;
- Xislat she’rlarining badiiy xususiyatlari tahlil qilindi. 

Yüklə 457,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə