Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 457,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix27.12.2023
ölçüsü457,58 Kb.
#163362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
z.murodova (1)

1.2.
 
O‘zbek adabiyotshunosligida Xislat ijodining
o‘rganilishi 
Oktabr tо‘ntarishidan keyin sobiq Shо‘ro arboblari Toshkent adabiy 
muhitini tan olmadilar va uning namoyandalarini tо‘g‘ridan tо‘g‘ri nafis san’at 
maydonidan surib chiqardilar. Oqibatda, bir qator Toshkent adiblari, shu 
jumladan, Xislat ijodi ham e’tibordan chetda qolib keldi.
Ammo oradan о‘ttiz yil о‘tgach, qirqinchi yillarning oxirida ulug‘ adib 
Oybek tavsiyasi bilan yozuvchi va olim Mо‘minjon Muhammadjon о‘g‘li 
Toshqin yuzga yaqin Toshkent adabiy muhiti namoyandalari hayoti va ijodini 
qalamga olib, “Toshkent shoirlarining tarjimai hollari” nomi ostida noyob 
tazkira yaratdi. Ana shu tazkirada Xislat hayoti va ijodi aniq ma’lumotlar 
asosida yoritildi. Unda muallif 1890-1892 yillarni nazarda tutib, bunday yozgan 
edi: 

Shu choqlarda Karimbek Sharifbek о‘g‘li – mavlono Kamiy bilan 
tanishdi. Bu odam – shoir Kamiy Muqimiy va Furqat barobaridagi bir shoir 
edi. Shoir Xislat mavlono Kamiyning fazlu balog‘atini bilgandan keyin uni 
birinchi ustod sifatida ushlab oldi... 
G‘oyatda nozuk tabiatlik bu ustod Xislatning ixlosiga yarasha tarbiya 
qilar, she’r va g‘azallar aytish yо‘llaridan ba’zi bilmagan nuqtalarini о‘rgatar 
va о‘sha zamon adib va shoirlari bilan tanishtirar edi. Shu shoir Kamiy vositasi 
bilan Yusuf Saryomiy, Hoji Muhyi Hо‘qandiy, Mavlono Sayid Ahmad Vasliy 
Samarqandiy, Asiriy Hо‘qandiy va boshqa mashhur shoirlar bilan tanishdi va 
ham bir qanchalaridan “Bedil” о‘qib foydalandi, Bedilning ma’nosini 
о‘rganish tо‘g‘risidagi katta ustodi mavlono Kamiy edi
”. 
Adabiyotshunoslikda Xislat ijodining о‘rganilishini bevosita о‘sha davr 
adabiyotining tadqiqotchilaridan biri olim Abdulhamid Jalolov nomi bilan 
bog‘lash mumkin.
Aniqrog‘i, olim Xislat ijodini adabiyotshunoslikka olib kirdi. Shoir 
vafotidan keyin dastlabki ilmiy maqola ham uning qalamiga mansub edi
4

4
Jalolov A. Xislat. “О‘zbek tili va adabiyoti” j. 1968, №1 


15 
Shundan sо‘ng olim Xislatning tarjimai holini nashrga tayyorlaydi
5
. 1971 yilda 
esa, “G‘azallar” nomi ostida shoirning bir turkum she’rlarini ilk bor chop ettirdi 
(Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, -1971). 
“О‘zbek adabiyotining kenja vakili” sarlavhasi ostida bu kitobga yozilgan 
sо‘zboshida Abdulhamid Jalolov shoir Xislat hayoti va ijodi haqida kengroq fikr 
yuritdi. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida ham keng о‘rin ajratadi
6

1978-yilda Abdulhamid Jalolov 1905-1917-yillar oralig‘idagi о‘zbek 
adabiy jarayoni tо‘g‘risidagi tadqiqotini “О‘zbek ma’rifatparvar-demokratik 
adabiyoti” nomi bilan monografiya tarzida nashr ettirdi. Bu kitobda Xislat 
ijodiga alohida tо‘xtalib о‘tilgan.
Olimning Xislat ijodini о‘rganish borasida eng katta ishlaridan biri 1987 
yilda “Ozodlikni ulug‘lab” nomi bilan “Xislat ijodi haqida adabiy portret” 
risolasining chop ettirilganidir.
Shu о‘rinda ta’kidlab о‘tish kerakki, Abdulhamid Jalolov о‘z 
tadqiqotlarida hukmron mafkura va davr nuqtai nazaridan yondashib, uning 
asarlarini imkon boricha shо‘roviy mafkuraga moslashtirib talqin qilgan.
Vaholanki, Xislat aynan mafkuraviy jihatdan Shо‘roga nomunosib shaxs 
sifatida inqilobning dastlabki kunlaridayoq adabiyot maydonidan chetlatiladi va 
hatto hibsga olinadi. 
Ma’naviy jihatdan esa, Oktabr tо‘ntarishi yuz bergan vaqtda Xislatning 
ustozi Mavlono Kamiy hayot bо‘lib, bu inqilobni u “shikoyatnomai Kamiy az 
inqilobi zamona va ahli zamona” she’rini yozish bilan kutib oldi. Mana о‘sha 
she’rdan bir parcha: 
 
Inqilobi zamona ermaslar,
Qildi oliyni pastlar pomol. 
 
 
Zoti neku asllar g‘ayr erur, 
 
Jonishin badasilu ham arzol. 
5
Qarang: “О‘zbek tili va adabiyoti” j. 1969, №4 
6
B.Qosimov. Milliy uyg‘onish. T., Ma’naviyat, -Б.302 


16 
 
Sherlar о‘rnig‘a о‘tirmishdur, 
Gо‘ru rubohu itu qushu shog‘ol. 
Agar shoir Xislat inqilobning birinchi kunidanoq faxr bilan kuylashga 
kirishganida edi ustozi Kamiy ijodiga nisbatan bepisandlik qilgan bо‘lardi.
Shuning uchun Xislat о‘zining Shо‘rolarga bag‘ishlangan bir necha 
xitobnamo she’rlarini inqilobdan ancha keyin, qatag‘ondan qutilib qolish uchun 
yozdi.
Milliy uyg‘onish davri о‘zbek adabiyotining yirik tadqiqotchisi professor 
Begali Qosimov о‘zining “Milliy uyg‘onish” nomli monografiyasida Xislat 
ijodiga alohida о‘rin ajratdi. Unda shoirning yoshlik yillari, ustozlari, tahsili, 
kasb-kori, uning hayotida yuz bergan turli voqealar munosabati bilan asosli 
faktlar keltiradi. Xislatning bayozlari, tarjimalari, noshirlik faoliyati xususida 
tо‘xtalib о‘tdi
7
.
Xislat hayoti va ijodi haqida ma’lum kuzatishlar olib borgan zahmatkash 
olim professor Naim Karimov ham shoir tarjimai holiga oid ilmiy qimmatga ega 
bо‘lgan ma’lumotlar xususida tо‘xtaladi
8

60-yillarning ikkinchi yarmida о‘zbek fani va madaniyatida boshlangan 
yangilanish jarayonida Xislat nomi ham yuzaga chiqdi. Taqdir fojeali kechgan 
“Tirik satrlar” tо‘plamiga Xislatning ham she’riy asarlari kiritildi.
Xislat ijodiga bо‘lgan qiziqish bugungi kunda ham yuqori bо‘lib, 
adabiyotshunos Muhammadali Qо‘shmoqovning “О‘zbekiston adabiyoti va 
san’ati” gazetasi 2007-yil 12-may sonida Xislat eshon haqidagi kattagina 
maqolasi e’lon qilindi.
2009-yilda Xislatning bizga ma’lum lirik merosining san’atshunos 
Muzaffar Asadullayev va adabiyotshunos olim Tо‘xtamurod Zufarovlar 
tomonidan bir tо‘plam holida chop etilgan “Tarannum” nomli kitobi shoir ijodiy 
merosi haqidagi tasavvurlarimizni boyitishi bilan diqqatga sazovordir.
7
Qosimov B. Milliy uyg‘onish. –T Ma’naviyat. 2002. –B. 302-307 
8
Karimov N. XX asradabiyoti manzaralari. –T О‘zbekiston. 2009. –B. 62-76 


17 
Negaki, kitobda nafaqat Xislatning she’riy asarlari, tarjimalaridan 
namunalar keltirilgan, balki shoirni yaqindan bilgan kishilarning bir qator 
esdaliklari ham keltirilganki, ular shoir hayoti va ijodini chuqurroq tadqiq 
qilishda qimmatli manba vazifasini о‘taydi.


18 

Yüklə 457,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə