Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 75,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü75,35 Kb.
#167807
  1   2   3   4
10-00-11-til nazariyasi- amaliy va komputer lingvistikasi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI 
TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI NIVERSITETI 
“Tasdiqlayman” 
Alisher Navoiy nomidagi 
Toshkent davlat o‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti rektori 
Sh.Sirojiddinov 
__________________________ 
_________________2020- y. 
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
ixtisosligi 
bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihon
D A S T U R I 
Toshkent – 2020 


Tuzuvchi:
Z.Xolmanova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori 
Taqrizchilar:
B.Abdushukurov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili 
va adabiyoti universiteti “O‘zbek filologiyasi” fakulteti 
dekani, filologiya fanlari doktori 
M.Abdurahmonova 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy 
universiteti “O‘zbek filologiyasi” kafedrasi dotsenti, 
filologiya fanlari nomzodi 
Dastur Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti Kengashining 2020- yil 20-sentabrdagi 3-sonli majlisida 
ma’qullangan. 


KIRISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi 
“O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850 -son, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda 
o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmonlari mazmunidan kelib chiqqan 
holda til masalalari tadqiqini tubdan yangilash, ona tilini milliy qadriyat 
sifatida targ‘ib etish tizimini takomillashtirish, o‘zbek tilining nazariy va amaliy 
muammolarini hal qiladigan yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash, filologiya 
sohasidayuqori darajadagi ilmiy salohiyatni shakllantirish millat taraqqiyoti 
uchun dolzarbdir. Ushbu dastur oliy ta’lim muassasalarida 5120100 – Filologiya 
va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi asosidagi 5A120102 – 
Lingvistika (o‘zbek tili) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitiladigan 
tilshunoslik fanlari o‘quv mazmuniga asoslangan holda tuzildi. 
Fan va ta’lim integratsiyasi natijasida Respublika Prezidenti tomonidan 
belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda mutaxassislar 
tayyorlashning sifatini oshirish, oliy ta’limdan keyingi faoliyatni davom ettirish
tilshunoslikning dolzarb muammolarini hal qilish masalasi dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. 
10.00.11 – Tilshunoslik nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi 
ixtisosligi uchun tuzilgan dasturda “Tilshunoslik nazariyasi”, “O‘zbek tili 
tarixi”, “Psixolingvistika”, “Lingvokulturologiya”, “Nazariy tilshunoslik 
masalalari” kabi fanlar doirasidagi masalalar o‘z ifodasini topgan. 

Yüklə 75,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə