Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 75,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü75,35 Kb.
#167807
1   2   3   4
10-00-11-til nazariyasi- amaliy va komputer lingvistikasi

ASOSIY QISM 
Tilning ijtimoiy vazifalari. Tilning jamiyatdagi o‘rni. Til va jamiyat 
munosabati. Tilning jamiyatdagi ko‘rinishlari.
Til va tafakkur munosabati. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarning 
o‘zaro munosabati. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks 
etishi. Tildagi so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalarning tafakkur mahsuli 
ekanligi. Til qurilishi qonunlari va tafakkur qonunlari (birliklari). 
Til – tafakkur – nutq munosabati. Til va nutqiy faoliyat. Nutq faoliyati, 
og‘zaki va yozma nutq. Lisoniy va nutqiy birliklar. Til birliklarining alohida 
tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi.
Lisoniy paradigma va lisoniy munosabatlarning asosiy turlari. Lisoniy 
tasnif asoslari. Til birliklari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar. Til birliklari 
o‘rtasidagi ierarxik munosabatlar. Til birliklari aranjirovkasi. 
Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi. Tillarning o‘zaro ta'siri va 
rivojlanishi. Sinxronik va diaxronik o‘zgarishlar. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik – 
tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha sifatida. Qardosh tillar 


(slavyan, german, roman tillari; turkiy tillar)dagi tarixiy fonetik o‘zgarishlar. 
Qiyosiy fonetikaning vazifalari.
Dunyo tillari tavsifi va tillar tasnifi. Dunyo tillari. Qadimiy tillar. O‘lik 
tillar. Tillarning geneologik va tipologik tasniflari. Til oilalari. Til guruhlari. 
Turkiy tillar oilasi. Qo‘shimchali va qo‘shimchasiz tillar. Agglyutinativ, flektiv 
tillar. 
Yozuv – madaniy taraqqiyot mahsuli. Yozuvning shakllanishi va 
rivojlanishi. Yozuv turlari. Piktografik, ideografik, logografik va fonografik 
yozuvlar. O‘rta Osiyo xalqlarinig yozuv tarixi. Yozuvning hozirgi ko‘rinishlari. 
Tilshunoslik maktablari. Tilga oid ta'limotlar evolyusiyasi. Qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslikning yuzaga kelishi. Chog‘ishtirma tilshunoslik. Lingvistik 
tipologiya. 
Qadimgi hind tilshunosligi. Qadimgi hind tilshunosligining asosiy 
xususiyatlari. Vedalar tili. Vedalar va prakrit orasidagi farqlar. “Ashtadxyan” 
asari. Panini grammatikasining sof empirik va tasviriy xususiyatlari.
Qadimgi yunon tilshunosligi. Qadimgi yunon tilshunosligining asosiy 
xususiyatlari. 
Analogistlar 
va 
anomalistlar 
bahsi. 
Stoiklar 
ta'limoti. 
Grammatikaning mantiqdan ajratilishi. Yunon tilshunosligining grammatik 
davri. Ellinizm davri til maktabi ta’limoti. 
Qadimgi Rim tilshunosligi. Qadimgi Rim tilshunosligining asosiy 
xususiyatlari. Analogistlar va anomalistlar qarashlarining davom ettirilishi. 
Qadimgi Rim tilshunosligi vakillarining qarashlari. “Analogiya haqida”, “Lotin 
tili haqida”, “Grammatika san'ati”, “Fe'lning ma'nosi”, “Grammatika san'ati 
haqida ta'limot” asarlarining lingvistik mohiyati. 
Qadimgi Xitoy tilshunosligi. Qadimgi Xitoy tilshunosligining asosiy 
xususiyatlari. Xitoy leksikografiyasi. Xitoy tilshunosligida fonetik-prosodemiya 
hodisasining ishlab chiqilishi. Xitoy grammatikasi asoschilari. 
O‘rta asrlar tilshunosligi. O‘rta asrlar tilshunosligi. O‘rta asr 
tilshunoslarining nazariy qarashlari. yevropa tilshunosligi. Arab tilshunosligi.
Arab leksikograflari. “Kitob ul -ayn”, “Kitob ul-avomil”, “Al – kitob” asarlari 
mohiyati.
O‘rta Osiyoda tilshunoslikning shakllanishi. Mahmud Koshg‘ariy- turkiy 
tillar qiyosiy grammatikasining asoschisi. “Devonu lug‘otit turk”ning tillar 
tasnifi, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni. Qomusiy olimlarning 
tilshunoslikka oid qarashlari. Grammatikaga doir manbalardagi lingvistik 
qarashlar. O‘rta asr tilshunosligi va bugungi kun muammolari. Alisher 
Navoiyning chog‘ishtirma tilshunoslikka asos solishi. “Muhokamat ul-
lug‘atayn” asarining tilshunoslik nazariyasini o‘rganishdagi ahamiyati. 
Yevropa uyg‘onish davri tilshunosligi. Yevropa uyg‘onish davri 
tilshunosligi. Umumiy ratsional grammatikaning yaratilishi. “Pol-Royal” 
grammatikasi (K.Lanslo va A.Arno). Grammatika bilan mantiq o‘rtasidagi 
aloqa. Slavyan tilshunosligi.


XIX va XX asr tilshunosligi. Umumiy tilshunoslik va qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslikning vujudga kelishi. Komparativistika. Hind-yevropa tillarini 
qiyosiy-tarixiy o‘rganishning to‘rt davri. V. fon Gumboldt va umumiy 
tilshunoslik. Naturalizm. Psixologizm. Til sotsiologiyasi. Areal lingvistika. 
Strukturalizm. 
Tilshunoslik maktablari. Strukturalizm maktablari. “Yosh grammatiklar” 
maktabi. “Yosh grammatiklar” maktabining lingvistik qarashlari. Qozon 
lingvistik maktabi. Moskva lingvistik maktabi.
Struktur tilshunoslik. Struktur tilshunoslik asoschilari va namoyandalari. 
Tilshunoslik maktablari ta'limotlarining asosiy mohiyati. Sossyur ta’limoti va 
strukturalizm.
Praga lingvistik maktabi. Neolingvistikaning shakllanishi. Glossematika 
maktabi ta’limoti. Deskriptiv lingvistikaning shakllanishi. Umumiy (universal) 
grammatika maktabi. F.de Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” asari. Til 
va nutq. Sinxroniya va diaxroniya. Fonologiyaning shakllanishi. Kopengagen 
tilshunoslik maktabi. Me’yoriy holatlardan chekinish, uzus va nutq faoliyati 
(akti)ning absolyutlashtirilishi. Neolingvistika. 
XXI asr dunyo tilshunosligi. Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari. 
Sotsiolingvistika. Kompyuter lingvistikasi. Psixolingvistika. Neyrolingvistika.
Pragmalingvistika. 
Kognitiv 
tilshunoslik. 
Lingvokulturologiya. 
Amaliy 
tilshunoslik. Amaliy tilshunoslik muammolari. 
Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan. 
Psixolingvistikaning obyekti va predmeti. Psixolingvistikaning o‘ziga xos 
xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyili. Tushunchaviy-
terminologik apparati. Psixolingvistikada nutqiy faoliyat talqini. Psixolingvistika 
va tilshunoslik. Individ va kommunikatsiya. Psixolingvistikaning boshqa fanlar 
bilan o‘zaro bog‘liqligi. Psixolingvistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixi. 
Amerika psixolingvistik maktabi: bixeviorizm, neobixeviorizm 
Transformatsion-generativ grammatika maktablari. Noam Xomskiyning 
transformatsion-generativ grammatikasi. Tranformatsion modelning birinchi 
varianti, uning umumiy strukturasi va xususiyatlari. Tranformatsion modelning 
tabiiy til ifodalarini avtomatik sxemalarga solishdagi ahamiyati.
Nutq ontogenezi. Ontolingvistika. Tabiatdagi jonli mavjudotlar muloqoti. 
Maugli bolalar. Tilni o‘zlashtirish (nutq ontogenezi) haqidagi qarashlar. Til 
qobiliyati. Til bilimi va tilni qo‘llash o‘rtasidagi aloqa. Bolalar nutqining o‘ziga 
xos xususiyatlari.
Nutqiy faoliyat va uning turlari. “Nutqiy faoliyat” tushunchasi. Nutqiy 
faoliyatning tuzilishi. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi. Nutqiy 
faoliyat turlari. Verbal va noverbal tafakkur. Nutqiy faoliyatning predmetlik 
(psixologik) mohiyati. Nutqiy faoliyatda til va nutq funksiyalari.
Nutq idroki (matnni tushunish). Matnni qabul qilish (matnni tushunish). 
Matn persepsiyasi. Nutqiy yoki jismoniy javob qaytarish. Murojaatni e'tiborga 


olish. Xabar-1ning xabar-2 ga mos kelmasligi. Matnni yaratish va tushunishda 
samaradorlik, tejamkorlik va ishonchlilik tamoyillari.
Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish. Mantning lingvistik 
mohiyati ochishda til vositalarining o‘rni. Matnning psixolingvistik tahlilida 
individ til va tafakkur faoliyatining o‘rni. Matnning kommunikatsiya akti shakli 
ekanligi. “Muallif (matn tuzuvchi)”, “matn” va “retsipient” tushunchalari.
Nutqni qabul qilishning uch asosiy darajasi. 
Lingvokulturologiya. Til va madaniyat. So‘zning milliy-madaniy 
xususiyatlari. Noverbal nutqning milliy-madaniy xususiyatlari. Lakunalar. 
Nutqiy muoamala. Bilingvizm va uning turlari. Xorijliklar nutqi. Madaniy shok. 
Lingvistik shok. Madaniyatlararo muloqot. 
Kompyuter texnologiyalari va lingvistika fanlari. Fanning mutaxassis 
tayyorlashdagi o‘rni. Kompyuter lingvistikasi fanining maqsadi tabiiy tillarning 
matematik modellarini, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter 
dasturlari 
asosini, lingvistik ta’minotini yoritishdan iborat ekanligi. 
Lingvistikaning formal va aksiomatik modellarini tuzish va konkret tillarning 
matematik modellarini ishlab chiqish – kompyuter lingvistikasi fani oldida 
turgan asosiy vazifa sifatida. 
Tilshunoslikda modellashtirish metodidan foydalanish. So‘z turkumlarini 
formallashtirish. O‘zbek tilidagi so‘z yasalish jarayonini modellashtirish. Analiz 
va sintez dasturi. Gap bo‘laklarini formallashtirish. O‘zbek, rus va ingliz 
tillaridagi asosiy gap konstruksiyalari. Grammatik aksiomalar. O‘zbek tili 
grammatikasining aksiomatik nazariyasi. O‘zbek tili grammatikasining 
aksiomatik modelini yaratish va rivojlantirish yo‘llari. O‘zbek tili 
grammatikasidagi teorema, simvol va formulalar.
Kompyuter lingvistikasining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. 
Kompyuter lingvistikasi va an’anaviy tilshunoslik. Yevropadagi kompyuter 
lingvistikasiga oid tadqiqotlar. AQSh, Yaponiya, Koreya, Xitoy kompyuter 
lingvistikasi. 
Rossiyadagi 
kompyuter 
lingvistikasiga 
oid 
tadqiqotlar. 
Turkologiya va o‘zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasiga oid 
tadqiqotlar. 
Kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlari. Avtomatik tarjima. 
Avtomatik tarjima yo‘nalishi tarixi. Tarjimon dasturlar. Avtomatik tarjima 
yo‘nalishining zamonaviy holati va istiqboli. Ma’lumotlar bazasini yaratish. 
Kompyuter analizi va tarjima qilish algoritmi (ruscha-o‘zbekcha, inglizcha-
o‘zbekcha). Dasturning ishlash tamoyili. 
Analiz va sintez dasturi. Kompyuter analizi va xorijiy tildagi gaplarni 
o‘zbek tiliga tarjima qilish algoritmi. Dastur algoritmi. Dasturning ishlash 
tamoyili. 
Avtomatik tahrir yo‘nalishining vujudga kelishi va uning dunyo 
tilshunosligidagi rivoji. Avtomatik tahrir dasturlari. Avtomatik tahrir dasturlarini 


yaratish tamoyillari. Matn tahriri bosqichlari: grafematik tahrir, morfologik 
tahrir, sintaktik tahrir bosqichi.
 
Boris tizimi. Ingliz va rus tillaridagi avtomatik 
tahrir dasturlari. O‘zbek tilidagi avtomatik tahrir dasturlari. Ma’lumotlar 
bazasini yaratish. 
Qidiruv va ekspert tizimi haqida tushuncha. Informatsion qidiruv tizimlari. 
Informatsion qidiruv tizimlari (IQT) – kompyuter lingvistikasining muhim 
yo‘nalishlaridan biri sifatida. Informatsion qidiruv tizimi bosqichlari: 
informatsiyani jamlash; informatsiyani klassifikatsiya qilish; hujjatning qidiruv 
obrazi (HQO)ni yaratish; hujjatning qidiruv obrazi va hujjatlarni saqlash; 
qidirish va natijani chiqarish. Gipertekst texnologiyasi. 
Kompyuter 
leksikografiyasi. 
Matematik 
statistika. 
Kompyuter 
leksikografiyasiga oid asosiy tushuncha va terminlar. Kompyuter lug‘atlari. 
Konkordanslar. Tezaurus lug‘atlar. Tezaurus lugatlar tarkibi. Korpuslar. Korpus 
lingvistikasi. Milliy korpus. Mualliflik korpusi. 
Til o‘rgatish jarayonini avtomatlashtirish. Til o‘rgatuvchi avtomatlar 
uchun nutqiy materiallarni tayyorlash, o‘quv dasturlarini yaratish. Bilimlarni 
baholash dasturlarini tuzish. Til o‘qitish dasturlari. Ingliz tilidagi til o‘qitish 
dasturlari. O‘zbek tilidagi til o‘qitish dasturlari. Ma’lumotlar bazasini yaratish.
Kompyuter lingvistikasi fanining dolzarb masalalari. Lingvistik 
kompyuter 
dasturlarini takomillashtirish yo‘llari. O‘zbek kompyuter 
lingvistikasini rivojlantirishning asosiy tamoyillari. O‘zbek tili asosidagi 
avtomatik tarjima, avtomatik tahrir, til o‘rgatish dasturlarini yaratish zaruriyati. 
O‘zbek tilida mavjud kompyuter lingvistikasi dasturlarini takomillashtirish. 
Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari va kompyuter lingvistikasi. 

Yüklə 75,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə