Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-german tillari kafedrasi



Yüklə 141,77 Kb.
səhifə1/25
tarix29.11.2023
ölçüsü141,77 Kb.
#140903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-germa-fayllar.org


Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-german tillari kafedrasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA


MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
ROMAN – GERMAN FILOLOGIYASI

ROMAN-GERMAN TILLARI KAFEDRASI


Bitiruvchisi Ahatova Lobarning 

―Nemis tilida fe‘l zamonlarining grammatik jihatdan tasniflanishi‖


mavzusidagi 


BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

QARSHI 2014



MUNDARIJA 


KIRISH 

I BOB NEMIS TILIDA FE‘L ZAMONLARINING GRAMMATIK JIHATDAN


TASNIFLANISHI
1.1 Nemis tili fe‘l so‘z turkumida zamon kategoriyasi
1.2 Nemis tilida fe‘l zamonlarining sintaktik va semantik jihatdan tasniflanishi 

II BOB O‘ZBEK TILIDA FE‘LNING ZAMON KATEGORIYALARI 


2.1 O‘zbek tilida fe‘lning zamon kategoriyalari


2.2 O‘zbek tilida fe‘l zamonlarining sintaktik va semantik jihatdan tasniflanishi
XULOSA
ILOVA

ADABIYOTLAR RO‘YXATI




KIRISH
Mustaqil O‘zbekistonimizning jahon miqyosida tutgan o‘rni salohiyatini 


oshirishning eng muhim jihatlari nazarda tutilgan ―Mamlakatimizning salohiyati,


go‘zalligi va iqtisodiyotimizning rag‘batlantirilishini oshirishda hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo‘nalish – bu asosiy yetakchi
sohalarini modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash va infratuzilma 
komunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik
loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat‖ 
ekanligini alohida uqtirib o‘tadilar.
Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan 
mablag‘lar ertangi kunimiz uchun mehnat qilish fidoilik ko‘rsatish bolalarimiz
uchun mehnat qilish - bu barchamizning muqaddas burchimizdir degan fikrlari 
butun xalqimizning azaliy orzu umidlari va fikrini ochiq bir ifodalashidir.
Bugungi kunda ta‗lim jarayoni zamonaviy ilg‗or pedagogik texnologik 
texnologiyalardan foydalanish ustivor yo‗nalishlarimizdan biridir. Aynan shu
xususida Prezidentimiz Islom Karimov O‗zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 
qonunchilik palatasi va senatining qo‗shma majlisidagi ―Mamlakatimizni
modernizatsiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish ustuvor 
maqsadimizdir‖ ma‗ruzasidan: ―Bugun hayotning o‗zi oldimizga fuqarolik jamiyati
institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‗rni va rolini yanada 
mustahkamlash vazifasini qat‗iy qilib qo‗ymoqda. Ommaviy axborot vositalarini
yanada erkinlashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio televideniya faoliyatini 
jonlantirish ularning Internet global tarmog‗iga kirish imkoniyatlarini kengaytirish,
olib borilayotgan islohotlar siyosati ochiqligining va oshkoraligini ta‗minlashga 
kuchli fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishi madad berishi darkor.
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risidagi»gi qonuni, Kadrlar 
tayyorlashning milliy dasturining asosiy vazifalari mamlakatimizda xorijiy tillarni
mukammal biladigan yuqori malakali, sifatli kadrlar tayyorlashga qaratildi.

Ayni kunlarda 2011 – 2016 yillarda Oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish 


dasturi ishlab chiqilayotganining o‗zi ham oliy ta‘lim sohasida qilinayotgan
yangilanishlarning yana bir isbotidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
"Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida" 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarorining ta‘sis etilishi ham 
bejiz emas.
―Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oily ta‘lim muassasalarining 

moddiy – texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv,


laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, pirovardida o‘quv dasturlarini 
takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob
beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondashuvlarni 
hayotga tadbiq etishdan iborat‖
1

Chet tilini o‘qitishning maqsadlari jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib


chiqqan holda belgilanadi, shuning uchun ham olmon tilini o‘qitishga 
mo‘ljallangan o‘quv dasturi jamiyat, davlat manfaatlari va talablariga mos
kelmog‘i hamda javob bermog‘i lozim. Mustaqil Respublikamizning jahon 
hamjamiyatida tutgan o‘rni tobora o‘sib, xalqaro aloqalar, turizm, savdo-sotiq va
mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan 
bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga olmon tilini puxta o‘rgatish va
masalalarni erkin muhokama qila olish, umuman og‘zaki va yozma shaklda 
muloqot qila olishni o‘rgatish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Bu
vazifalar yaratilayotgan o‘quv dasturi va darsliklarda o‘z ifodasini topishi zarur. 
Mamlakatimiz kelajagi uchun 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan ―Kadrlar
1
Karimov I.A. Barcha va reja dasturlarimiz Vatanimiz tarqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz 

faravonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident I.A.Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni


ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma‘ruzasi \\ Ma‘rifat, 2011 yil 22 – yanvar. 



tayyorlash milliy dasturi‖, ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun ko‘rsatmalari juda muhim 


ahamiyatga ega. Ta‘lim to‘g‘risidagi ijtimoiy buyurtma


Ta‘lim to‘g‘risidagi ijtimoiy buyurtma topshiriq bo‘lib, har tomonlama 
rivojlangan shaxsni shakllantirish va tarbiyalashga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 27 yanvar 
kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida mamlakatimizni modernizatsiya 
qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimiz ekanligi
to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Aynan shu majlisda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ‖Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturi to‘g‘risida qarori qabul
qilindi. ‖Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida Prezidentimiz 
I.A.Karimov: ‖Zamonaviy axborot va keng formatli telekommunikatsiya aloqa
vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga 
joriy etish va keng o‘zlashtirish‖
1
ni ta‘kidlab o‘tdilar. 

Davlatimiz, xususan Prezidentimizning ta‘lim sohasiga, chet tillarni o‗qitish


va o‗rganishga nisbatan alohida e‘tibor qaratishi tilshunoslikning nazariy va amaliy 
sohalarida tilshunos olimlarimiz oldiga yanada mas‘uliyatli vazifalarni qo‗ydi.
Bunday vazifalarning dolzarbligi haqida gapirib, yurtboshimiz I.A.Karimov 
quyidagilarni ta‘kidlagan edi: ―... zamonaviy fan taraqqiyotining asosiy yo‗nalishi
jahon miqyosida chiqqan tillarni, ayniqsa ilg‗or texnikaviy tafakkur ifodalanayotgan 
tillarni bilishni taqozo etadi. Biz ingliz, fransuz, nemis va ispan tillarini va boshqa
tillarni o‗rganishni butun choralar bilan rag‗batlantirishimiz lozim‖
2
. Hali

mamlakatimiz mustaqillikka erishmasdanoq davlatimiz rahbari I.A.Karimov


yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan 
bahramand qilmasdan turib, ularda yuqori malakali ixtisos egalari bo‗lib yetishishga
sharoit tug‗dirmay turib, respublikaning xalq xo‗jaligini, sanoat ishlab chiqarish 
1
I.A.Karimovning 2010 yil 27 yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 

va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqi ―O‘zbekiston Ovozi‖ 2010 yil 28 yanvar , Payshanba 12 (30.132)


2

Karimov I.A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent, ―O‗zbekiston‖, 2011


y. –B.90.


sohalarini tubdan o‗zgartirib bo‗lmasligini ta‘kidlab o‗tgan edi 


3
.Insoniyat hayotida 


yuz berayotgan har qanday o‗zgarishlar, tilshunoslik fanining rivojlanishiga ham
o‗zining ijobiy ta‘sirini o‗tkazmoqda. Xorijiy tillarni nazariy jihatdan o‗rganish 
barcha talabalarning bilim saviyasini oshiradi. Professor A.A.Abduazizov
ta‘kidlaganidek, ―... til dalillarini ongli ravishda o‗zlashtirish, nazariy bilimlar ustida 
ongli ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borish ham o‗z ona tilimizni, ham xorijiy
tillarni amaliy o‗rganishga yordam beradi‖
4
.

Dunyoda rivojlanmaydigan narsaning o‗zi yo‗q, chet tillar ham bundan 


mustasno emas. Bir tomondan til ijtimoiy hodisa va tizim sifatida kundan-kunga


o‗zgarib takomillashib borsa, ikkinchi tomondan bu hodisani o‗rganuvchi fan ham 
katta odimlar bilan ilgarilab ketmoqda. O‗zligimizni anglash, ichki hissiyotlarimizni
tushunish, ularni ifoda etish ham tilimizga, uning bizga bergan imkoniyatlariga 
bog‗liq. Jamiyatni, uning rivojini, gullab - yashnashini, taraqqiyotini ta‘minlovchi
vosita bu - tildir. 
Jumladan nemis tili ham hozirda yurtimizda o‘rganilishi kerak bo‘lgan tillar
sirasiga kirib ulgurgan. Buning isbotini yurtimizda bu borada amalga oshirilgan 
ishlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Yurtimizning deyarli barcha
viloyatlaridagi oliygohlarida chet tillar, jumladan nemis tili fakulteti yoki 
bo‘liminingning mavjudligi va mamlakatimizda Germaniyaning DAAD hamda
Gyote institutinig faoliyat olib borishi fikrimizning yaqqol misolidir. Tabiiyki bu 
kabi imkoniyatlarning yaratilishi tilning turli jabhalarida yangidan-yangi
izlanishlarni talab qiladi. Jumladan biz ham bitiruv malakaviy ishimizda nemis 
tilida fe‘l zamonlarining qo‘llanishi va uning grammatik jihatdan tasniflanishini
o‘zbek tili bilan qiyoslab tadqiq qildik.
3

Karimov I.A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent, ―O‗zbekiston‖, 2011


y. –B.137. 
4

Abduazizov


A.A. O‗zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. –T., ―O‗zbekiston‖, 1992, -B. 5-6.






Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, ikkita bob, har bir bobda ikkitadan 


paragraf, xulosa, ilova, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


Bitiruv malakaviy ishimizning kirish qismida ishimizning maqsadi, vazifasi, 
dolzarbligi, tadqiqod materiali, ishning o‘rganilganlik darajasi, ishning nazariy va
amaliy ahamiyati qayd etilgan bo‘lsa, asosiy qismda o‘zbek va nemis tillarida fe‘l 
zamomlarining grammatik jihatdan tasniflanishi haqidagi asosiy tushunchalar
misollar bilan yoritib berildi. 
Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobi nemis tilida fe‘l zamonlarining
morfologik, sintaktik va semantik jihatdan tasniflanishi yoritib berilgan bo‘lsa, 
bitiruv malakaviy ishimizning ikkinchi bobida esa o‘zbek tilida fe‘l zamonlarining
morfologik, sintaktik va semantik jihatdan tasniflanishi yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishimizda nemis tilida fe‘lning grammatik kategoriyalrini
tadqiq qilib asosan, fe‘l so‘z turkumining zamon kategoriyasini sintaktik va 
semantik jihatdan tasniflanishini o‘rganib chiqdik.
Ishimizning xulosa qismida erishilgan natijalar va olingan bilim-
ko‘nikmalarning sarhisobi berilib, xulosa qilingan bo‘lsa, ilovada misollar
jamlanmasi taqdim etildi. Bitiruv malakaviy ishimizning so‘ngida esa ushbu 
tadqiqotimizni imkon qadar yoritishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritib
ketildi. 



Yüklə 141,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə