Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-german tillari kafedrasi



Yüklə 141,77 Kb.
səhifə14/25
tarix29.11.2023
ölçüsü141,77 Kb.
#140903
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-germa-fayllar.org

1. Sintetik shаkldа zаmon shаkl yasovchi аffiks bilаn ifodаlаnаdi:

o‘qigаnmаn, o‘qibsаn, kelаdi, bormoqchi. 

2. Аnаlitik shаkldа zаmon fe‘lning turlichа xoslаngаn shаkllаri bilаn
to‗liqsiz fe‘lning birikishi orqаli ifodаlаnаdi: o‘qir edim, o‘qimаs eding, 


o‘qimoqchi ekаn, o‘qiydigаn edik. 
O‗TGАN ZАMON FE‘LI. Fe‘lning o‗tgаn zаmon shаkllаri nutq pаytidаn ilgаri 

bаjаrilgаn yoki bаjаrilmаgаn hаrаkаtni bildirаdi.


O'tgan zamon fe'l formalari nutqda o'zaro xususiy modal ma'nolariga ko'ra 
farqlanadi. Bu esa ularni ichki ma'no turlariga ajratishni taqazo etadi. O'zbek
tilshunosligida o'tgan zamon fe'llarining asosan, quyidagi turlari ajratiladi: 1) 
yaqin o'tgan zamon; 2) uzoq o'tgan zamon; 3) o'tgan zamon hikoya; 4) o'tgan
zamon davom; 5) o'tgan zamon maqsad fe'llari. 


O‘tgan zamon subparadigmasi murakkab shakl yasalishi tizimiga ega 


bo‘lib, dastlab o‘tgan zamonning birlamchi yasalish tizimini va ikkilamchi


yasalish tizimini ajratish kerak. Birlamchi tizim – affikslar bilan yasalish
sintetik grammatik shakllar tizimi; ikkilamchi tizim – asosan edi affiksoidi
bilan hosil qilinadigan analitik grammatik shakllar tizimi. 
T
arixan er- fe'li mavjud bo‘lib, keyinchalik bu fe'l leksik ma'no anglatish 

xususiyatini va shu bilan birga undan turli shakllar yasalishi xususiyatini


yo‘qotgan. Bu ikki hodisani nazarda tutib ushbu fe'l to‘liqsiz fe'l deyiladigan 
bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek tilida to‘liqsiz fe'l degan fe'l yo‘q, faqat e- fe'l
asosidan hosil qilingan edi, ekan, emish affiksoidlari mavjud. Bulardan 
tashqari, asosidan
hosil qilingan esa, emas ham mavjud bo‘lib, allaqachon alohida-alohida til 
birligiga: esa – ta'kid yuklamasiga, emas – inkor morfemasiga aylangan.
Bulardan emas bo‘lishsizlik ma'nosini ifodalaydigan affiksoid sifatida 
ishlatiladi.
U
ch affiksoid – edi, ekan, emish garchand asos (e-) va affiks (-di, -kan,-mish

qismlaridan tashkil topgani aniq sezilib tursa ham, bunday ma'noli


qismlarga ajratilmaydi, yaxlitligicha affiksoid deyiladi. Bu affiksoidlarning 
ishlatilish doirasi ancha keng bo‘lib, shu jumladan fe'lning uzoqroq o‘tgan
zamon shakllarini yasashda qatnashadi, analitik shakl hosil qiladi. 


O‘tgan zamonning sintetik shakllari quyidagicha yasaladi: 


1)


-di 
affiksi bilan yasaladi. Bunda harakatning nutq paytidan biroz oldin 
aniq amalga oshgani ifodalanadi, shunga ko‘ra aniq yaqin o‘tgan zamon
shakli deyiladi: gapir + di + m kabi. 
2)

-gan 
affiksi bilan yasaladi. Bunda harakatning nutq paytidan ancha oldin 
amalga oshgani ifodalanadi; aniq yaqin o‘tgan zamon va uzoqroq o‘tgan
zamondan farqlab ushbu zamon yasalishini shartli ravishda aniq old o‘tgan 
zamon deb nomlash mumkin: gapir+gan+man kabi. Bu zamon shakliga –dir 
gumon yuklamasini qo‘shish bilan harakatning aniq bajarilganiga gumon 
bildiriladi:

gapir + gan + dir + man 
kabi.

3)


-b 
affiksi bilan yasaladi. Bunda harakatning nutq paytidan oldin amalga 
oshganidan keyinchalik xabardor bo‘lish ma'nosi ifodalanadi, shunga ko‘ra
shartli ravishda darak old o‘tgan zamon shakli deb nomlash mumkin: gapir 


+ib + san 
kabi.


Yüklə 141,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə