Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-german tillari kafedrasi



Yüklə 141,77 Kb.
səhifə10/25
tarix29.11.2023
ölçüsü141,77 Kb.
#140903
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-germa-fayllar.org

Colloqu, +/ -Adv. 
Masalan: Es kommt morgen fort. — U ertaga ketadi. 


morgen leksik birligi orqali nutq vaqtigacha kechmagan jarayon ifodalangan.
Modallik yo‘q. 


Ich hole ihm was. — Unga biron yegulik topib kelaman.
Aniq vaqtni ko‘rsatadigan leksik birlik yo‘q. Gapning mazmunidan jarayon 
hali kechmagani anglashiladi.

Es wird Zeit, dass du Englisch lernst. Payti kelib, sen inglnzcha 

gapirishga majbur bo’lasan.
"Es wird Zeit" jumlasi orqali so‘zlovchining jarayonga munosabati, ya‘ni 
modallik ifodalangan, bu jumla orqali jarayon vaqti hali oldindaligi anglashiladi.
d) Präsens Präterit ning kontekstual sinonimi vazifasini bajarishi mumkin, 
bunda hikoya qilinayotgan voqeani jonlantirish asosiy maqsad bo‘ladi. Bu formani
Präsens historicum (das historische Präsens) deb ataladi. Transpozitsiyaning bu 
ta‘siri o‘zbek tilida ham ko‘rinadi, bunda "hozirgi kelasi zamon" shaklidan



foydalaniladi. Har ikki tilda ham o‘tgan zamon ma‘nosi shartli vaqt komponentlari 


yoki kontekst ma‘nosi orqali aniqlashtiriladi.Uning shartli belgilari: Aktz=Betrz, 



Sprz dan oldingi Betrz va Aktz, -Mod, - Colloqu, +Adv.

Keiner kräht nach uns, hier holt uns auch keiner mehr raus. — Hech kim 

bizning g’amimizni yemaydi, hech kim bizni bu yerdan olib chiqib ketolmaydi ham.

Dann brüllen sie draußen wie die Löwen. - Unda ular tashqarida ayiqdek

bo’kirishadi.
Bu gapda dann leksik belgisi orqali kuzatuv vaqtidan so‘ng amalga 
oshayotgan nutq vaqti va nutq vaqti bilan bir paytda amalga oshayotgan jarayon
tasvirlangan. brüllen sie — "ular bo‘kirishardi" birikmasi orqali jarayon 
kechayotgani ifodalangan. Modallik yo‘q. brüllen - "bo‘kirmoq" stilistik
bo‘yoqdor birlik. 
e) Das imperativische Präsens ma‘no shakli imperativning prezensga
sinonimik munosabatini ifodalaydi va qat‘iy buyruq aspektini yuzaga keltiradi. Bu 
shakl ham o‘zbek tilida hozirgi kelasi zamon orqali ifodalanadi.

Morgen früh bringen Sie die sechzehn Vögel zu mir. — Ertaga ertalab o’sha 

o’n olti "lochin "ni mening oldimga olib kelasiz.

Morgen früh jumlasi ob‘ektiv-aniq vaqtni va jarayon vaqti oldindaligini
ko‘rsatmoqda. Modallik so‘zlovchining xohishi orqali ifodalanmoqda. 


Du gibst ihm das Kind mit. — Bolani o’shanga berib yuborasan.

Morgen geht der Transport an. — Ertaga sostav jo’nab ketadi.

Morgen so‘zi yuqoridagi misolda berilgan vazifalarni bajarmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Präsens zamonini aniq vaqt bilan 
solishtirish tadqiqi shuni ko‘rsatdi-ki, Aktuelles Präsens hozirgi zamonning asosiy
ma‘nosi, historisches Präsens va Futurisches Präsens ko‘chma ma‘nosi, Generelles 
Präsens va uning muqobillari uning qo‘shimcha ma‘nolari ekanligi oydinlashdi.
Historisches Präsens va Futurisches Präsens da jarayon vaqti, ya‘ni aniq - ob‘ektiv 
vaqt Präsensra ko‘chirilgan.



Präteritum - hikoya zamon formasidir. U o‘zbek tilidagi o’tgan zamon 


hikoya fe’li shakliga to‘la mos keladi. U bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarni
boshqalarga yetkazish maqsadida tasvirlashda yoki biron voqea-hodisa yuzasidan 
diskussiyaga kirish uchun qo‘llaniladi. Bu zamon formasi voqea-hodisalarni
uzluksiz tasvirlashga xizmat qiladi: 



Yüklə 141,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə