Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-german tillari kafedrasi


 О‘zbek tilida fe’l zamonlarining sintaktik va semantik jihatdan



Yüklə 141,77 Kb.
səhifə18/25
tarix29.11.2023
ölçüsü141,77 Kb.
#140903
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-germa-fayllar.org

2.2. О‘zbek tilida fe’l zamonlarining sintaktik va semantik jihatdan 

tasniflanishi
Fe‘l sо‗z turkumining asosiy shakllari gapda kesim vazifasida bо‗lib 
kelishidir. Ushbu sо‗z turkumning noaniq shakllari bо‗lmish harakat nomi shakli
otning, sifatdosh shakli esa sifatning, ravishdosh shakli ravish sо‗z turkumlarining 
sintaktik vazifalarini bajarib keladi.
Bundan tashqari fe‘lning о‗timli va о‗timsiz shakllari ham ushbu sо‗z turkumning 
sitaktik xususiyatiga kiradi. Mustaqil fe‘llar obyektga munosabatiga kо‗ra 2
guruhga bо‗linadi. Bular quyidagilar: 1.О‗timli fe‘llar. 2.О‗timsiz fe‘llar. 
О‗timli fe‘llar tushum kelishigidagi sо‗zlarni boshqarib keladi. Ushbu fe‘llar

"kimni? nimani? qayerni? "sо‗roqlariga javob bо‗ladi. Masalan: kо‗r, о‗qi, yoz,
bil, tani, eshit, tingla. 
О‗timsiz fe‘llar yuqoridagi ta‘kidlab о‗tilgan xususiyatlarga ega bо‗lmaydi.
Masalan: yayra, kel, bor, kul, yugur, о‗tir. Fe‘l so‘z turkumi ish-harakatni 
bildiruvchi so‘zlar turkumi hisoblanadi. Masalan: Bahor keldi va gullar ochildi.
Fe‘l so‘z turkumi 5 ta grammatik kategoriyaga ega. Bundan tashqari fe‘l so‘z 
turkumi murakkab yasalish tizimiga, 3ta sintetik va bir nechta analitik vazifa



shakliga hamda ish-harakatning davomiyligi va kuchsiz darajasini bildiruvchi 


qo‘shimchalarga ega.


O‘zbek tili fe‘l so‘z turkumlarining asosiy so‘roqlari quyidagilar: ―nima 
qilmoq?‖ va ‖nima bo‘lmoq?‖ Bundan tashqari fe‘l nima qildi?, nima qilyapti?,
nima qilmoqchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Fe‘l so‘z turkumining so‘roqlari so‘roq olmoshi emas, balki qo‘shma fe‘l
hisoblanadi. Fe‘lning so‘roqlariga yakka holatlarda boshqa birorta so‘z 
turkumlarijavob bo‘la olmaydi. Lekin fe‘l so‘z turkumi o‘zining noaniq
shakllaridan iborat sifatdosh shaklida sifat so‘z turkumi, harakat nomi shaklida va 
otlashgan sifatdosh shaklida ot so‘z turkumi va ravishdosh shaklida ravish so‘z
turkumining so‘roqlariga javob bo‘la oladi. 
Fe‘l so‘z turkumiga oid so‘zlar ifodalab kelishiga ko‘ra harakat fe‘llari va
holat fe‘llariga bo‘linadi. Shaxsning jismoniy faoliyat natijasida sodir bo‘lgan 
harakatni bildiruvchi fe‘llar harakat fe’llari hisoblanadi. Shaxsning ichki
kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini 
ifodalovchi fe‘llar esa holat fe’llari hisoblanadi.
Fe‘lning leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra 2ta asosiy guruhlarga 
bo‘linadi.
1. Mustaqil fe‘llar. 2. Yordamchi fe‘llar 
Mustaqil fe‘llar gapda ish-harakat va holatni bildirib keladi, ya‘nimustaqil
ravishda lug‘aviy ma‘noga ega bo‘ladi, gapda biror bir so‘roqqa javob bo‘la oladi, 
hamda yakka hollarda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi.
Yordamchi fe‘llar mustaqil lug‘aviy ma‘noga ega bo‘lmaydi, gapda biror bir 
so‘roqqa javob bo‘la olmaydi va yakka holatlarda gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi.
O‘zbek tilida yordamchi fe‘llar o‘z ichida yana 3 guruhga bo‘linadi: Bular 
quyidagilar: 1. Yordamchi fe’llar 


Yüklə 141,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə