Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-german tillari kafedrasi


Präteritum zamon formasining qo‘llanish doirasi keng bo‘lishiga qaramay, faqat birgina ma‘no formulasiga ega: Aktz



Yüklə 141,77 Kb.
səhifə11/25
tarix29.11.2023
ölçüsü141,77 Kb.
#140903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi roman-germa-fayllar.org

Präteritum zamon formasining qo‘llanish doirasi keng bo‘lishiga qaramay, faqat

birgina ma‘no formulasiga ega: Aktz = Betrz, Betrz va Aktz Sprz dan oldin, -



Mod, +/-Colloqu, +/-Adv
Präteritum da jarayon vaqti (Aktz) va kuzatuv vaqti (Betrz) bir xil, ikkisi 
ham nutq vaqtidan (Sprz) oldin turadi. Präteritum da modallik faktori bo‘lmaydi. U
oddiy so‘zlashuv nutqida ham, badiiy adabiyotda ham bir xil qo‘llanaveradi. 
Shuning uchun uni hikoya zamoni deb ataladi. Präteritumda majburiy bo‘lmagan
zamon ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi (vorgestern, im vorigen Jahr, neulich 1994 
va b.)

(2009 jahrte sich die Erfindung der Fotografie zum 170.Mai. — 2009 yilda 

fotografiyaning 170 yilligi nishonlandi), lekin ular qatnashmagan taqdirda ham
o‘tgan zamon ma‘nosi anglashilaveradi: 


Er schlief (gestern) den ganzen Tag. — U (kecha) kun bo’yi uxladi.

(Im vorigen Jahr) absolvierte ich die Universität. — (O’tgan yili) men 

universitetni tugatdim.

Er kam (neulich) in die Fakultät. — U (hozirgina) fakul’tetga keldi.
Bu xususiyatlar o‘zbek tilida ham bir xil ko‘rinishga ega. So‘zlovchi tomonidan 
boshdan kechirilgan holat tasvirlanganda (erlebte Rede) Präteritum ba‘zan ayni
paytdagi voqea-hodisani ifodalash uchun uslub vositasi vazifasini bajaradi. 
Bunda shaxsning ichki kechinmalari (monolog, fikrlash jarayoni va .6.) ish-harakat
bajarayotgan shaxs perspektivalari qayta tasvirlanadi. Erlebte Rede bosh gap shakli 
mavjud bo‘ladi.



Er fragte den Arzt: "Bin ich wirklich so schwer krank? "— U vrachdan 


so’radi: "Men rostdan ham og’ir kasalmanmi? " (direkte Rede- Ko‘chirma ran.)

Er fragte sich, ob er wirklich so schwer krank sei.—U o’zidan rostdan ham 

og’ir kasal ekanligini so’radi. (indirekte Rede-O‘zlashtirma ran)

War er wirklich schwer krank? — Rostdan ham u og’ir kasalmikan? 
(erlebte Rede — Ichki kechinma) 

Präteritum qo‘shimcha ma‘nolarga ega bo‘lmasa-da, ko‘chma ma‘nolarda


qo‘llanishi mumkin. 
Ba‘zi olimlar bu ma‘nolarni qo‘shimcha ma‘nolar sifatida ko‘rsatib o‘tishgan. 
Lekin bunda aniq vaqt o‘zgarmagan holda Präsens zamon formasi orqali boshqa
zamonga taalluqli voqea tasvirlangani uchun, bu ma‘nolarni ko‘chma ma‘no deyish 
o‘rinli bo‘ladi.
Präteritum ba‘zan Präsens o‘rnida qo‘llanib, ayni paytda yuz berayotgan 
voqea-hodisani ifodalaydi, lekin so‘zlovchi nazari avvaldan o‘ylangan holat
(Betrachtzeit- kuzatuv vaqti)ga yo‘nalgan bo‘ladi: 


Wie war doch Ihre Name? — Sizning ismingiz o’zi nimaydi?

Wie war hier noch ohne Fahrschein? — Kimda yana haydovchilik guvohnomasi 

yo’q edi?

Frau, ich bekam noch Kompott. —Xonim, men yana sharbat olsam.
Bu holatlarda Präteritum ma‘nosini doim Präsens bilan almashtirsa bo‘ladi. 
Shuning uchun uni ba‘zi olimlar das präsentische Präteritum deb ataydilar. Bunda
u prezensning asosiy ma‘nosiga mos keladi va jarayon (Aktz), nutq (Sprz) va 
kuzatuv (Betrz) vaqti bir-biri bilan tenglashadi, modallik bo‘lmaydi. Ish-
harakatning aniq vaqtini ko‘rsatib keladigan leksik birlik bo‘lmaydi.Präteritum 
zamon formasi ayrim hollarda Perfekt ning o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Bunda
Präsens ning hikoya funktsiyasi kamayadi, ya‘ni bu forma suhbatlarda ham 
qo‘llanishi mumkin. Bu holatda haben yoki sein orqali ifodalangan o‘tgan
zamondagi kesimning davomliligi anglashilib turadi. 


Präteritum ning bunday shaklida ham ob‘ektiv-aniq vaqt uning asosiy 


formasidagi kabi qoladi, ya‘ni jarayon vaqti (Aktz) va kuzatuv vaqti (Betrz) bir


paytda, nutq vaqti (Betrz)dan ilgari keladi. 
Ayrim germanist olimlar fikriga ko‘ra, Präteritum ko‘chma ma‘noda
Futurum - kelasi zamon formasining o‘rnida ham qo‘llanishi mumkin. Bunday 
hollar juda kam uchraydi, lekin uni nazardan qochirmaslik kerak. Bu holat das
futurische Präteritum deb nomlangan. 
Es hat der Tag, wo er berühmt war, wo alles gedrückt wurde, was er schrieb, 

und dann würde man sehen, ob es nicht Eindruck auf Inge Holm machen wurde. 
(Th. Mann, Tonio Kroger) 
Bu holatda Präteritum ning aniq vaqt mezoni das präsentische Präteritum
kabi yana buziladi, ya‘ni Nutq vaqti (Sprz) jarayon vaqti (Aktz) va kuzatuv vaqti 
(Betrz) dan oldin keladi: Sprz, so‘ngra Aktz=Betrz, -Colloqu, -Adv
Shunga qaramasdan, Präteritum zamon formasining hikoya funktsiyasi 
saqlab qolinadi va bu zamon formasidan kelasi zamon mazmunini ifodalashdan
maqsad ham shu funktsiya sabablidir. Qolaversa, bunday gaplarda, Futurum - 
kelasi zamon formasida ko‘p uchraydigan modallik, ya‘ni so‘zlovchining
munosabati va xohish istagi sezilib turadi. Uslubiy-stilistik funktsiyalar (Colloqu) 
bajarilmaydi. Aniq vaqtni ko‘rsatib turadigan leksik (Adv) birlik qo‘llanilmaydi.
Präteritum uning qo‘llanish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘linadi:


Yüklə 141,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə