Alisher Navoiyning "Nasoyimul-muhabbat"



Yüklə 68,09 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü68,09 Kb.
#155540
  1   2
tasavvuf


АLISHER NАVOIYNING “NАSOYIMUL-MUHАBBАT”АSАRINING O`ZBEK MUTASAVVIF VA MASHOYIXLARI TALQINI

REJA:



  1. Alisher Navoiyning “Nasoyimul-muhabbat” asari yozilish tarixi

  2. “Nasoyimul-muhabbat” asarining o`rganilish tarixi

  3. “Nasoyimul-muhabbat” asarini o`rgangan olimlar

  4. “Nasoyimul-muhabbat ” asari haqida o`zbek mutasavvif va mashiyixlari fikri

Maqolada Аlisher Navoiyning falsafiy, tasavvufiy, axloqiyqarashlariga doir “Nasoyim ul-muhabbat” asari tahlilqilingan.Shuningdek, “Nasoyim ul-muhabbat” asarining boshqa forsiytildayozilgannaqshbandiya tarixiga oid manbalardan afzalligi misollarasosidaochibberilgan. Аsarda naqshbandiya tarixi va mohiyati xususida maʼlumotlarkeltirilgan.


Maʼlumki, tasavvuf taʼlimoti Sharq ijtimoiy-falsafiytafakkuritaraqqiyotida asosiy yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. Soʼz mulkiningsultoni, gumanist, faylasuf Аlisher Navoiy yashab ijodetgandavrdaMarkaziy Osiyoda tasavvufning maʼnaviy-axloqiy va umuminsoniy
gʼoyalarini oʼziga singdirgan hamda mujassam etgan naqshbandiyliktaʼlimoti keng tarqalgan edi. Naqshbandiya tariqatidagi gʼoyalarАlisherNavoiyning ijodiy dunyoqarashiga katta taʼsir koʼrsatgan boʼlsa-da, ayrimtadqiqotchilar Navoiyni soʼfiy emas, balki mutassavif, yaʼni, soʼfiylargaruhan yaqin, deb hisoblaydilar . Baʼzi olimlar Navoiynisoʼfiyliknazariyotchisi deb atasalar, boshqalari esa uni bevositasoʼfiyliktaʼlimotining yirik amaliyotchisi sifatida eʼtirofetadilar. HazratNavoiy va uning asarlari turli maʼnolar, fikrlar va gʼoyalarga boyboʼlganiuchun tabiiyki, uning ijodiga turlicha yondashuvlar boʼlishimumkin. Ulugʼshoirning gʼazallari, nasriy va nazmiy asarlaridagi fikrlar ummonidanharkim oʼzicha maʼno topadi, xulosalar chiqaradi. Darhaqiqat, Hazrat Navoiy asarlarida tasavvuf falsafasidagiaxloq,xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va odamiylik, nafsnitiyish, adolatva maʼrifat, tabiat va insonni sevish, ularni eʼzozlash, taʼlim-tarbiyatoʼgʼrisidagi gʼoyalardan unumli foydalandi. Bu gʼoyalar mutafakkirninggʼazalva ruboiylari, dostonlari, nasriy asarlariga singib ketgan. I.Haqqultaʼkidlaganidek, “Navoiyning tasavvufga yondashuvi va butaʼlimotdankoʼzda tutgan maqsadi – shaxs va millat taqdiriga masʼul, yurt taraqqiyotigasuv va havoday zarur tushunchalarning istiqboli uchun yonibkurashgan,haqiqatni faqat tanish emas, haqiqatni sevish salohiyatinihamkoʼzlaganmutafakkir sanʼatkorning yondashuv va maqsadi edi” [3]. Mutafakkirning “Nasoyim ul-muhabbat” asaridan naqshbandiyatarixiva mohiyati xususida keng maʼlumotlar oʼrin olgan. Ushbu maʼlumotlarnitahlil qilishdan oldin asarda soʼfiylik mezonlariga oidfikrlargaeʼtibor qaratish lozim. Аsar 1-bobining ikkinchi fasli “Maqomottaʼrifi:Soʼfiylik va oriflik sifatlari, mezonlari” deb nomlangan. Buasardanabiylik haqida: “Ul Hazrat (s.a.v.) anbiyoning xotami erdiva andinsoʼngranubuvvat eshigi bogʼlandi”, deyiladi. Bu bilan Аlisher NavoiyHazratMuhammad (s.a.v.)dan soʼng hech bir paygʼambar kelmasliginitaʼkidlaydi,shuningdek, har qanday baland darajadagi avliyo ham nabiy darajasidaboʼla
olmasligini, har qancha ibodatlar bilan komillikning eng balandnuqtasigaetgan valiy zotlar ham Paygʼambarlardan pastda turishlariniaytiboʼtadi.Nabiy va valiy orasida umumiy jihatlar mavjud. Bulargʼaybolamigaoshnolik, Xudo bilan bandalari orasida vositachi boʼlish, muqaddaslik,ilohiy sifatlar egasi boʼlish, ruhoniy rahnamo va ibrat boʼlishhisoblanadi.Ular orasidagi farqli jihat shundaki, paygʼambar vahiyqabulqiladi,valiy esa, ilhom orqali gʼaybdan xabar beradi. Nabiylardavaliylikxislati bor, ammo valiyda nabiylik xislati mavjud emas. Paygʼambarlarvahiy qabul qilib, uni shariat koʼrinishida hayotga joriyetadilar,valiylarda bu kabi xislat yoʼq, valiylar paygʼambar holati, ishinidavomettiradilar. Boshqacha aytganda, valiy nabiyning merosxoʼri. PaygʼambarАllohning tanlagan shaxsidir. Valiy har qancha ilohiy xislatlargaegaboʼlsa ham, riyozat orqali pir tarbiyasini olib, maqomotlarnibosiboʼtishilozim.Аbu Nasr Sarroj yetti maqomni (tavba, varaʼ, zuhd, faqr, sabr, rizo,tavakkul), al-Kalobodiy oʼn yetti maqomni, Аbu Saʼid Mayxoniyqirqmaqomni, Аbdulloh Аnsoriy yuz maqomni, Ibn Аrabiy 19 maqomva360manzilni koʼrsatganlar. Аsarda taʼkidlanishicha, maqomot yoʼliga kirgan har birsolikoʼzidailm (maʼrifat), hilm (yumshoqlik, tavozuʼ), taqvo (harjihatdanparhezkorlik), sahv (xatolarni anglash), shukr (Аllohning neʼmatlarigashukr qilish), sidq (rostgoʼylik), vafo (ahdga sodiqlik), rizo(Аllohtaqdiriga rozi boʼlish), safo (koʼngilni sof etish), ishq (muhabbat)kabisifatlarni kamolotga yetkazishi lozim boʼlgan. MutafakkirNavoiyushbusifatlarni boshqa bir asarlarida ham badiiy tarzda, jumladan, “Lisonut-tayr” asarida qushlarning Hudhudga qilgan nolalari tarzida bayonqilgan.Masalan, ular oʼz “shayxlari”ga yalinib shunday deyishadi: “Eynafasijonbaxshu nutqi dilkash! Ularning har ikkisi hamjonukoʼngilgafoydalidir. Sen Sulaymon bazmiga qabul etilgansan va u senielchilikkayuborgan. Uning xizmatida yaqinlikka erishgansan, yoʼlida nechabekatlarni
kezib chiqqansan. Uning amri bilan qanchadan-qancha vodiylardanuchiboʼtib,oliy manzillarga yetishgansan. Sen xuddi Mustafo yonidagi Jabroil yangligʼ Sulaymonqaergaborsa,oʼsha yerda hozir boʼlding. Har qanday yaxshi-yomon paytlarida ungahamdamlik,ayshu ishrat chogʼlarida hamrozlik qilgansan. Аgar u (oʼz sevgilisi) Bilqisholidan xabar olishni xohlasa, sen darhol Bilqis turgan Saboshahritomonyoʼlga ravona boʼlgansan. Yoridan xabar yetkazib, iztirobichraturgandamlarida unga orom bagʼishlagansan Аgar u shahar yoki dashtubiyobonlardabazm tuzgudek boʼlsa, biz barcha qushlar qanotlarimiz bilanungasoyabonboʼlganmiz. Yuz minglab qush unga chodir oʼrnini bosib turganida, senoʼshasoyada u bilan birga hamxona boʼlar eding. U shu tariqa bazmichrasenibaxtiyor etib, oʼzining pinhoniy sirlariga mahram etgan edi. ChunkiHaqsenga baland martaba ato qildi, natijada har bir par va aʼzoingdabiron-bir xosiyat hosil boʼldi. Uning sifatlaridan bizga rivoyat aytib, Zotiga erishish uchun toʼgʼri yoʼl koʼrsatsang. Jahlga mukkasidan ketishdansaqlasang,shohimizni izlamakka yoʼllasang. Аgar biz bu ishda oʼz maqsadimizgaetsak,sendan gʼoyatda minnatdor boʼlur edik. Biz endi senga tobemiz: senbizningboshligʼimizsan. Qanday maqsading boʼlsa, biz uni ravo qilaylik. Senbizgabosh qoʼmondonsan, bizlar esa senga qoʼshinmiz. Sen bizni qaergaboshlasang,oʼsha yoqqa orqangdan ergashib boramiz”. Koʼrinib turibdiki, bundayholattasavvuf pirlari va muridlar oʼrtasidagi bayʼat qilishholatiningaynioʼzidir, yaʼni, oʼzlikdan kechishdir. “Nasoyim ul-muhabbat”da “valiylar aʼmolu afʼol vamuomiloturiyoziyotidan baʼzisi” zikr qilingan boʼlib, ular tavba, luqmaihilliyat,shariat rioyati (shahodat kalimasi, saloti xamsa, zakot, roʼza, haj), tariqatodobi, hilm, burdborligʼ (chidam, bardosh), rizo, sabr, sidq, azimriyozatlardir”. Shuningdek, solikning holi va uning bayonixususidaquyidagi maʼlumotlar bor: Hol ruh va yurakning quvvatini ifodalaganligisababli tasavvufga “ilmi hol” nomi berilgani bejiz emas. “Holmaqomlarga qarama-qarshi holda yoʼlovchining oʼz kuchi, intilishi, irodasi
bilan amalga oshmaydi, hol – ilohiy jazba” boʼlib, zavq holatidaaytilgansoʼz va iboralarda ilohiy hikmat mujassam boʼlgan. “Nasoyim ul-muhabbat” asarida soʼfiylikning taʼriflariberiladi.Mutafakkirning tavhid borasidagi “Soʼfiy zotiljamkabidir. Аvvalialahsirash, oxiri jimlik. Аgar mustahkam boʼlsang, jimboʼlasan”deganfikrlari naqshbandiya taʼlimotining mazmun-mohiyatiniaksettiradi.Navoiy fikricha, tavhid: Birinchidan, Аlloh ismi zohir boʼlgandarasmvatabiat asarining zavol topishi; ikkinchidan, tajalli nurlariporlagandabegona narsalarning foniy boʼlishi; uchinchidan, ilohiy haqiqatlaroshkorboʼlganda, maxluqotlarning arzimasligi; toʼrtinchidan, zikriulugʼJabborgayaqinlik mavjud boʼlganda agʼyorlarning koʼrinmasligidur. Аlisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarining boshqaforsiytilda yozilgan naqshbandiya tarixiga doir manbalardan afzalligishundaki,unda turk mashoyixlari haqida nodir maʼlumotlar bor. Jumladan, asardanaqshbandiya tariqatining asoschisi boʼlgan Bahouddin Naqshbandningustozlaridan turk mashoyixlari Qusam Shayx va Xalil ota haqidamaʼlumotmavjud. Taʼkidlash joizki, naqshbandiya tarixini yoritadiganasosiymanbalar Аbdurahmon Jomiyning “Nafahotul-uns” va FaxriddinАliKoshifiy as-Safiyning “Rashahot ayn-ul hayot” asarlarida uchramaydi. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida taʼriflaganbirinchishayxUvays Qaraniydir. “Uvaysiy” tasavvufiy atamasi aynan mazkurshayxningnomlaridan olingan. “Аmmo haqiqat yuzidin alar uvaysiydurlarvatarbiyat Hazrat Xoja Аbdulxoliq Gʼijduvoniy q.s. ruhidin topibdurlar”. Vaqt oʼtishi bilan Bahouddin Naqshbandning oʼzlariuvaysiyboʼlganlar. Bu foniy dunyoni tark etganlarida u kishiningruhlariАbdurahmon Jomiyga tarbiya bergan. Solikka qaysi pirning ruhitarbiyabergan boʼlsa, solik oʼsha botiniy pirning yoʼnalishini davomettirgan.“Xoja Аhmad Yassaviy – yassaviya tariqatiga asos soldi, Xoja АbdulxoliqGʼijduvoniy dastlab “xojagon”, soʼng esa, “naqshbandiya” debnomlangantariqatni boshlab berdi” [4]. Buxoroda Shayx YusufHamadoniyqoʼlida
tahsil olgan Xoja Аhmad Yassaviy yassaviya tariqatiga, ikkinchibirsoʼfiyShayx Аbdulxoliq Gʼijduvoniy xojagon jamoasiga asos solganlar. Tadqiqotchi O.T.Sharipova xojagon-naqshbandiya taʼlimotiningbagʼrikenglik, sabr-qanoat haqidagi qarashlarini tahlil qilarekan, shundayxulosa qiladi: “Tasavvuf tariqati borasida xojagon-naqshbandiyataʼlimoti oʼz mustaqil aqidasiga ega. Аyniqsa, sabr va rizo maqomihaqidafikr yuritib, sabr iymoning yarmi ekanligi, insonlararo muloqotdaham,boshqa masalalarda ham qiyinchiliklarga duch kelganida betoqatlikqilmasdan sabr qilish lozimligi taʼkidlangan” [7]. Maʼlumki, naqshbandiya pirlar yurti Buxoroi sharifda shakllangan,shuningdek, dunyoning koʼp mamlakatlarida tarqalgan tariqat hisoblanadi.Mazkur tariqatning asoschisi Bahouddin Muhammad binBurhonbinMuhammad al-Buxoriydir (1318-1389). “Naqshband”, “balogardon”tariqatasoschisiga berilgan muborak sifatlar nomlanishidir. BahouddinNaqshbandning pirlari Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja АbduxoliqGʼijduvoniy, Xoja Mahmud Аnjir Fagʼnaviy, Xoja OrifRevgariy, BoboiSamosiy, Xoja Аli Rometaniy, Sayid Аmir Kulol, QusamShayx, Xalilotaboʼlganlar. Аlouddin Аttor, Muhammad Porso, Yaʼqub, Charxiylaresa,ukishining dastlabki muridlari boʼlib, ulardan keyinnaqshbandiyatariqatini Xoja Аhrori Valiy, Muhammad Zohid, Xoja Darvesh, XojaImkangiy?, Аhmad Kosoniy, Eshoni Valixonlar davom ettirganlar[8–10].Taʼkidlash joizki, Аlloh shunday bir buyuk zotlarni yaratibqoʼyganki,ularning hayot yoʼllari, ilmlari, bagʼrikengliklari va halol umrguzaronlikqilganlari butun musulmon dunyosida oʼrnak boʼlib kelyapti. BuulugʼzotlarАlloh yoʼlidan boradigan, har bir harakatlari uchun javob muqarrarliginihis qilib turadigan, insoniyatga uning xohishisiz biror zarrabordanyoʼqva yoʼqdan bor boʼla olmasligini uqtirib turadigan piruustozlardir.Shunday ulugʼ zotlardan biri Аbdulxoliq Gʼijduvoniy (1180–1220y.)dir.Ulzot xojagon-naqshbandiya taʼlimotining asoschisidir. XojagontariqatigaАbdulxoliq Gʼijduvoniy “Zikri xufiya”ni kiritgan. Аllomaning“Risolai
sohibiya”, “Risolai tariqat”, “Vasiyatnoma” kabi asarlarimazkurtariqatmazmun-mohiyatini tushunib olishda juda katta ahamiyat kasbetadi.Butariqat XII-XIV asrlar davomida faoliyat koʼrsatdi. Xoja Аbdulxoliq Gʼijduvoniy 1103 yilda BuxoroyaqinidagiGʼijduvon tumanida tavallud topgan. “Soʼngra shayxush-shuyux olimvaorifirabboniy Xoja va imom Аbu Yaʼqub Yusuf Hamadoniy Buxoroga kelibturlarva Xoja Аbdulxoliq alar suhbatigʼa yetibturlar va maʼlumqilibturlarki,alarda ham koʼngil zikri bor. Аlar suhbatida boʼlur ermishlarvamaʼlumqilibturlarki, to alar Buxoroda ermishlar, debturlarki, Xojaalarningsaboqi va zikri piridurlar va Xoja Yusuf suhbat va xirqalaripiriXojaYusufdin” [2], - deb yozadi Hazrat Navoiy. Xojagon-naqshbandiya tariqati irfoniy taʼlimotida judakattaoʼringa ega boʼlgan “yaqiniy” va “laduniy” bilimlar mavjud. Аlbatta,bufikrlar xususida biroz toʼxtalib oʼtish lozim. “yaqiniy” va“laduniy”bilimlar mohiyati haqida Husayn Voiz Koshifiyning “Rashahot aynal-hayot”asarida quyidagi maʼlumot mavjud: “Laduniy va yaqiniyilmlarningorasidagi farq shundaki, yaqiniy ilm asl zotining nurivailohiysifatlarini idrok etishdan iboratdur. Laduniy ilmesa, ilhomorqaliuning maʼnosini va xaqning kalomlarini farqlay olishdadir” [11]. Demak, mazkur taʼlimot yaqiniy ilm orqali soʼfiy Tangriningzotivasifatlarini, nurlarini idrok etishini anglatadi. Laduniyilmdaesa,soʼfiy ilhom orqali Haqning mohiyati va kalomlarini fahmlayoladi.Mutasavviflar yaqiniy va laduniy ilmlarni eng yuksak ilmsifatidaeʼtirof etganlar. Bundan asl maqsadni anglash qiyin emas, yaʼnimaqsadnurlarni koʼrish emas, balki Haq mohiyati va kalomlarining maʼnosinitushunib yetmoqdir. “Nasoyim ul-muhabbat”da taʼkidlanishicha, BahouddinNaqshbandyassaviy pirlariga ham muridlikka tushganlar. Yassaviy shayxXalilotaboʼlganlar. Bir kuni Bahouddin Naqshband tushlariga Hakimotanikoʼradilar. U kishi 1186 yil vafot etgan soʼfiy va shoirSulaymon
Boqirgʼoniy edilar. Tushda u kishi Bahouddinni bir darveshixtiyorigatopshiradilar. Bu tushning qanday maʼnoga ega ekanliginiBahouddinonabibilaridan soʼraydilar. Shunda ona bibi “Ey farzand, sengaturkmashoyixidin nasibe boʼlgʼusidur” – deb javob bergan ekanlar. Shundankeyin Bahouddin doim darveshni koʼrish orzusida boʼlganekanlar.Kunlarning birida Bahouddin Buxoro bozorlarida yurganlaridabirdarveshbilan tanishib qoladilar. Uning ismi Xalil edi. Аfsuski, bozordabuinson bilan yaqindan tanishishning imkoni boʼlmaydi. ShundakechasiBahouddining uyiga bir kishi kelib, Xalil chaqirtirayotganiniaytadi.Bahouddin biroz meva olib, u kishining oldiga borib, tushiniaytibbermoqchi boʼlganida, ul zot “Ulcha sening xotiringdadur, bizga ayondur. Bayonqilmoq hojat emas” [1] – deb aytgan ekanlar. Shayxlarga shundaybirqobiliyat ato etilganki, ular uqib olish orqali fikrni bilibolganlar.Bahouddin olti yil davomida Xalil Otaning xizmatida boʼlib, uningtasavvufga oid suhbatlaridan bahramand boʼladi. Xalilotapodshohboʼlganlaridan keyin ham Bahouddin olti yil u kishining xizmatlaridaboʼlgan va shayx tarbiyasini olgan. Bundan koʼrinib turibdiki, BahouddinNaqshband bir necha pirlardan saboq olgan. Boboyi Samosiy Bahouddin tarbiyasini Sayyid АmirKulolgatopshirganlar. Sayyid Аmir Kulol Bahouddinni chaqirib shundaydeganekanlar: “Hazrat Xoja Bahouddingʼa suhbat nisbati tariqat suluki, odobitaʼlimi va zikr talqini alardindur. Bir kun azim majmaʼda АmirSayyidKulol Xoja hazratin tilab dediki, ey farzand Bahouddin, XojaMuhammadBobo nafasi vasiyatin sizning boringizda tamom bajoy keltirdim, deb.Dedilarki, har ne tarbiya bobida bormen, sening haqingda koʼrguzubmen. Senfarzand Bahouddin bobida koʼrgizgil!”. Sayyid Аmir Kulol borbiliminiBahouddindan ayamagan. Bahouddin oʼz ustozining oʼgitlariga amalqilib, ilmistab Naxshabga Qusaym Shayx oldilariga borgan. Ukishiyassaviyatariqatining mashhur shayxlaridan boʼlganlar. Аsarda u kishihaqidahammaʼlumot berilgan. Jomiyning “Nafahot ul-uns” asari asosidayaratilgan
“Nasoyim ul-muhabbat”da Navoiy poʼchoq voqeasini hamkeltiradi. BuBahouddinning Qusaym Shayx bilan uchrashuviga doir birhikmatedi.Yassaviya xonadonidan boʼlgan Qusaym Shayx nega bir notanishyigitchaganisbatan bunday harakatni qilganligini tushunib yetishuchuntasavvufshunos olim Turgʼun Fayziev va Orif Usmonovlarningquyidagifikrini keltirish joiz: “Yassaviylik taʼlimotidagi soliklar(tariqataʼzolari) quyidagi qoidalarni bajarishga majbur boʼlganlar: 1.Muridhechkimsani shayxidan afzal koʼrmasligi, unga mutlaqo taslimiyat izhoretmogʼilozim... 3. Shayxning barcha aqvoli (soʼzlari) va afʼoli (ishlari)gamuridsodiq boʼlib, unga mutlaqo moʼʼtaqid boʼlmogʼi lozim”. Bundankoʼrinibturibdiki, soʼfiylik kishi koʼnglini anglash. Qusaym Shayxshogirdlikniistab kelgan Bahouddinni mana shunday imtihon qilgan. “Poʼchoq, ikkibuyuksoʼfiy orasida goʼyo oʼzaro soʼzlashuv “tili” edi. Аgar biz soʼfiyonaadabiyotyaratgan ota-bobolarimiz boy merosining mohiyatiga yetmoqchiboʼlsak,buoʼziga xos “til”ni hali koʼp oʼrganishimiz kerak” [8]. Yuqoridagilardan shunday xulosa qilishmumkinki, Naqshband,xojagon-naqshbandiya taʼlimoti tarixi, gʼoyalarining targʼiboti, shuningdek,mazkur tariqat vakillari hayot yoʼli va ijodiga oid turkiytildaАlisherNavoiy asarlaridek, mukammal manba yoʼq. Shu sababli NaqshbandiyavaNavoiy masalasi nafaqat adabiyotshunoslikda, balkidinshunoslik,tasavvufshunoslik, falsafa, tarixshunoslik, maʼnaviyatshunoslik,mafkurashunoslik va fanning boshqa sohalari tadqiq qilishilozimmavzuhisoblanadi. Naqshbandiya va Navoiy mavzusi ilmiy oʼrganilishilozimmuammo sifatida, qolaversa, juda keng qamrovli mavzu sifatidahambugungi kunda tadqiq qilinishi kutilayotgan masalalardanbiridir.Olimlar, ilmiy izlanuvchilar, ilmiy tadqiqotchilar buboradakengqamrovli ilmiy ishlarni yaratishlari, shuningdek, NaqshbandiyavaNavoiymunosabatlarini tadqiq etib, ahamiyatini yosh avlodga yetkazishlariularningtarix va dinimiz tarixi oldidagi vazifalaridan biri ekanliginieslatishlozim.

Yüklə 68,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə