Alisher navoiyning turkiy til taraqqiyotidagi ahamiyati


Keywords:  Turkic language, Uzbek literary language, couplet, Persian language.  KIRISH



Yüklə 33,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü33,34 Kb.
#148463
1   2   3
alisher-navoiyning-turkiy-til-taraqqiyotidagi-ahamiyati

Keywords:
 Turkic language, Uzbek literary language, couplet, Persian language. 
KIRISH 
Alisher Navoiy turkiy tillar tarixidagi beqiyos va tengsiz adabiyotshunosdir.Uning turkiy 
tillar rivojidagi mehnatlari mislsizdir.Barchaning diqqat-e'tibori fors tili va uning qanchalar 
jarangdorligiga qaratilgan bir vaqtda, Navoiy turk tilining nechog'lik go'zalligi, boyligini to'la 
ochib bera oldi va ushbu tilda takrorlanmas dostonlar, g'azallar yaratdi. Turk tiliga bo'lgan 
e'tiborning kuchayishiga, bu tilning gullab yashnashiga o'z hissasini qo'shdi. Navoiyning bu 
xizmatlari hanuzgacha avlodlar e'tibori va e'zozidadir. 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Alisher Navoiyning beqiyos xizmatlari tufayli turk tili umumjahon xazinasidan 
mustahkam o'rin oldi. Shu o'rinda shuni aytib o'tish joizki, tarixchi olim Xondamir Navoiy 
haqida shunday deydi: “Hech kim turkiy tilni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini 
undan yaxshiroq socha olmagan." 
Navoiy o'zining asarlarida turkiy tilning boshqa tillardan ustunligini , so'z boyligi ko'proq 
ekanligini yozadi. Xususan, ,,Muhokamat ul-lug'atayn" asarida turk va fors tillarini solishtiradi, 
turkiy tilda mavjud 100ta so'zning fors tilida yo'qligini aytadi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
187 
O'sha davrda turkiy tildan ko'ra fors tiliga e'tibor kuchli bo'lgan. Barcha asarlar fors tilida 
bitilgan. Sanoqli ijodkorlarda mavjud bo'lgan ,,Xamsa" dostonlari ham fors tilida bo'lgan. Buyuk 
adabiyotshunos Navoiy esa turkiy tilda ilk bor ,,Xamsa" dostonini yozishga kirishdi va bu 
mas'uliyatli ishni qisqa muddatda yakunlab, ijod ahliga tortiq qildi.
TADQIQOT NATIJALARI 
Alisher Navoiy adabiyotshunos sifatida o'zbek adabiyoti rivojiga xizmat ko'rsatadigan 
ko'plab asarlar yaratdi. Xususan, uning o'zbek adabiyoti tarixida buyuk manba hisoblanadigan 
“Majolis un-nafois” asarida 459 ta shoir, yozuvchi va ijodkorlar haqida ma'lumotlar to'plangan. 
Navoiyning asarlari mazmun va yuksak badiiyati jihatdan ham tengsizdir. Uning zamondoshi 
bo'lmish Zahiriddin Muhammad Bobur buni shunday tarzda ifodalab beradi: ,,Alisherbek naziri 
yo'q kishi erdi. Turkiy til birla she'r aytibdurlar, hech kim oncha ko'p va xo'p aytqon emas. Olti 
masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi ,,Xamsa" javobida, yana biri ,,Mantiq ut-tayr" vaznida 
,,Lison ut-tayr" otliq. 
Adib turkiy tildagi 100 ta fe'lni keltiradi va fors tilida ularning ma'nosini anglatuvchi 
so'zlar mavjud emasligini kórsatadi. Navoiy yig'lamoq fe'lining yig'lamsinmoq, ingramoq, 
singramak, o'kurmak, siqtamoq kabi ma'nolarini keltiradi. Shu o'rinda adib shunday yozadi: 
,,Chun o'kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur". Jumladan, qabog' so'zining ma'nosi ko'z 
va qosh orasini bildirishi bilan izohlab, bu ma'noni ifodalovchi so'z fors tilida yo'qligini bildirib, 
quyidagi baytni dalillovchi misol qilib keltiradi: 
Mengizlari gul-gul, mijalari xor, 
Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor. 
Shuningdek, Navoiy tilshunos sifatida forsiy til amaliyotida turkiy tildan o'tgan so'zlarga 
ham e'tibor beradi. Misol uchun, tubichoq, arg'umoq, yaka, yobu, totu kabi ot turlarini, dastor, 
qalpoq, to'ppi, shirdog', yog'lig' singari bosh kiyimlarini, qo'rchi, suvchi, qushchi, kiyikchi, 
kemachi, qo'ychi kabi kasb-hunar nomlarini forsiylar turkiy so'zlar bilan yuritishini aytadi. 

Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə