Alisher navoiyning turkiy til taraqqiyotidagi ahamiyati



Yüklə 33,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü33,34 Kb.
#148463
1   2   3
alisher-navoiyning-turkiy-til-taraqqiyotidagi-ahamiyati

MUHOKAMA 
Ulug' mutafakkir Alisher Navoiy umri davomida turk tilini rivojlantirishga, uning o'sha 
paytda keng quloch yozgan fors-tojik tili bilan bemalol tenglasha olishini va turk tilining 
gózalligini isbotlashga harakat qildi. Ushbu tilda mashhur, abadiyat bilan tenglasholadigan 
asarlar yaratdi. Shunday asarlarida biri ,,Muhokamat ul-lug'atayn" asari edi. Bu asar ikki til 
muhokamasiga qurilgan. Ma'lumki, Navoiy davrida o'zbek adabiy tilining rivojlanishida 
Xorazmiy, Yaqiniy, Amriy, Gadoiy, Atoiy, ayniqsa, Lutfiy o'z asarlari bilan katta hissa qo'shdi. 
Shunga qaramay o'zbek adabiyotida hali yuksak asarlar mavjud emas edi. Bu davrda fors tiliga 
e'tibor ko'proq bo'lib, so'z san'atkorlari tomonidan sayqallangan edi. Fors-tojik adabiyoti, lug'ati 
haqida bir qancha kitoblar bor edi. Shu sababli bu tilda she'rlar British, asarlar yaratish shoirlar 
uchun osonroq edi. Ko'pchilik o'zbek shoirlari, yozuvchilari ham o'z ona tilida emas, fors tilida 
qalam tebratardi. Buni Navoiy ham qayd qiladi: ,, Va hunariz turkning sitam zarif yigitlari 
osonlikka bo'la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg'ul bo'lubturlar". Navoiy ,, Muhokamat ul-
lug'atayn"da o'zbek tilining boyligini, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlab beradi.
Navoiy ijodi har zamon, har davr uchun saboq bo'luvchi o'lmas g'oyalar va qarashlar 
ummonidir. Turk nazmida chu men tortib alam, ayladim ul mamlakatni yakqalam — deganida 
Navoiy haq edi. U o'z asarlari orqali turkiy milat va elatlarni yakqalam qila oldi. Fors tili 
minglab yillar davomida O'rta Osiyoda hukmron bo'lgan. ,,Yosh shoirlar she'rlari katta ustozlar 
nazariga tushishi uchun fors tilida ijod qilishar edi", degan edi Navoiy. Mana shunday sharoitda 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
188 
adib turk tilini himoya qilishga chiqadi. Husayn Boyqaroga aytib, ijodkorlar turk tilida ijod 
qilsinlar,mazmunidagi farmon chiqartirishga erishadi. Navoiy turk tilini shu darajaga chiqishida 
mislsiz zahmatlar chekkan. 
Navoiy shaxsiyati barchamiz uchun qadrli. Navoiy xalqimiz ma'naviy hayotida bemisl 
ahamiyatga ega. U turkiy xalqlar uchun yagona hisoblangan turkiy adabiy til asoslarini, uning 
adabiy janrlarini, poetikasi qobiliyatlarini bir sistema holiga keltirib, mukammal adabiy til 
namunasini yaratib bergan. So'z san'atini yuksaklikka olib chiqib, dunyoga lug'ati ko'lami bilan 
ham, rang-barangligi bilan ham, turkiy o'zlashma so'zlarning boyligi bilan ham bebaho bo'lmish 
turkiy adabiyotni taqdim etgan. 
XULOSA 
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Navoiy turkiy tilga bo'lgan e'tiborning oshishida 
muhim ahamiyat kasb etdi. Nafaqat, turkiy tillar mavqeyini, balki turkiy xalqlar madaniyati va 
qadriyatlarini yuksaltirdi. U turk tilida ko'plab izlanishlar olib bordi,asarlar yaratdi.Navoyning bu 
xizmatlari ko'plab zamondosh ijodkor va adabiyotshunoslari tomonidan olqishlandi. Alisher 
Navoiy asrlar davomida dunyo va turkiy xalqlar nigohida. 
REFERENCES 
1.
https://fayllar.org/alisher-navoiy--turkiy-til-asoschisi.html 
2.
B.To'xliyev va boshq. (2017) "10-sinf adabiyot darsligi". 
3.
https://uz.denemetr.com/docs/768/index-228960-1.html?page=6 
4.
https://ndpi.uz/uz/2021/02/05/14123/ 
5.
https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/navoiyni-anglash-ozlikka-qaytish/ 

Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə