Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Tabiiy maydon usuli bilan karotaj o‘tkazish (karotaj PS)



Yüklə 178,09 Kb.
səhifə21/21
tarix23.12.2023
ölçüsü178,09 Kb.
#156591
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар

Tabiiy maydon usuli bilan karotaj o‘tkazish (karotaj PS)
Bu usul quduq bo‘yicha tabiiy (o‘zidan – o‘zi hosil bo‘lgan) potensiallarni o‘lchashga asoslangan. O‘zidan – o‘zi hosil bo‘lgan potensiallar keskinligiga, ishorasiga jinslar tarkibi va elektr kimyoviy aktivligi, burg‘ilash eritma yoki suvning minerallashganligi, qatlamdagi va burg‘ilash eritmasining bosimlari farqi katta ta’sir etadi. Potensiallar ikkita qabul qiluvchi elektrodlar yordamida o‘lchanadi.
PS karotajni quduq burg‘ilangandan so‘ng 12 soat oralig‘ida o‘tkazish shart. Bo‘lmasa o‘lchanayotgan tabiiy potensiallar quduq bo‘yicha (o‘zgarmaslik kuzatiladi) barqaror bo‘lib qoladi.
K o‘pincha, karotaj PS potensiallar usuli bilan bajariladi, ya’ni quduq yonida (og‘zi yonida) bitta o‘zgarmas qabul qiluvchi (N) elektrod erga tutashtirilgan va ikkinchisi quduqda harakat qiladigan qabul etuvchi (M) elektroddan iborat bo‘lgan zond (qurilma) bilan o‘tkaziladi (89– Rasm).
Agar, elektr halaqit beruvchilar bo‘lsa, karotaj PS potensiallar gradienti usuli bilan o‘tkaziladi. Bu holatda quduqda ikkita M va N elektrodlar orasidagi masofa (1 – 2 sm) doimiy bo‘lib ko‘chiriladi. Natijada millivoltda o‘lchanadigan manfiy va musbat tabiiy potensiallar (PS) anomaliyalari kuzatiladi. Bu PS anomaliyalari bo‘yicha elektrkimyoviy aktivligi har xil bo‘lgan qatlamlar ajratiladi.
PS karotaj ma’lumotlarini talqin qilish

Gilli jinslar ro‘parasida musbat maksimum PS anomaliyalari kuzatiladi; g‘ovaklik singdiruvchan jinslar (qumlar, qumtoshlar, darzli ohaktoshlar) – manfiy anomaliyalari bilan belgilanadi.


Sulfidlar, antratsit, grafit qatlamlari kuchli musbat va manfiy anomaliyalar bilan kuzatiladi.
Zich qumtoshlar, ohaktoshlar, otqindi jinslar kuchsiz anomaliyalar bilan kuzatiladi.
Quduqdagi burg‘ilash eritmasi yoki suv oqib ketgan joylar manfiy anomaliyalar bilan belgilanadi. Suv oqib keladigan joylar – musbat anomaliyalar bilan belgilanadi.
PS chiziqlarda nolli chiziq bo‘lmaydi. PS diagrammalarida shartli nolli chiziqlar o‘tkazish mumkin: gillar «nolli» chiziq va qumtoshlar «nolli» chiziq. Gillar «nolli» chiziq qalin bir jinsli gilli qatlamlar ro‘parasidagi « » potensiallarining maksimal musbat qiymatlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu shartli chiziq o‘ng tamonda joylashadi. Qumtoshlar «nolli» chiziq maksimal manfiy potensiallar qiymatlari bo‘yicha o‘tkaziladi va u chap tomonda joylashadi.
PS anomaliyalar bo‘yicha qatlamlar qalinligi aniqlanadi. Agar, qatlam qalinligi 2-4 marta quduq diametridan katta bo‘lsa (qalin qatlam), unda uning ustki qismi va tagi ro‘parasida PS anomaliyasi qatlam markaziga mos bo‘lgan maksimal qiymatining yarmiga teng bo‘ladi. PS potensialning gradienti diagrammalarida qalin qatlamning ustki qismi va tagi aniq ekstremumlar bilan kuzatiladi. YUpqa qatlamlar ingichka ekstremumlar bilan belgilanadi.
PS karotaji geologik kesimni ajratishga va ularni qo‘shni quduqlarda kuzatishga, yaxshi singdiruvchan qatlamlarni (qum, g‘ovakli ohaktoshlar) va yomon singdiruvchan qatlamlarni (gillar, gilli slanetslar), sulfidlarni, polimetallik ma’danlarni, ko‘mirni, grafitni ajratishda hamda jinslar g‘ovakligini va singdiruvchanligini baholashda qo‘llaniladi.
Tuyuluvchi qarshilik usuli karotaji (KS karotaji).
Elektrik karotajning asosiy usuli. Tuyuluvchi qarshilik karotajida quduq atrofidagi jinslar solishtirma elektrik qarshiliklari bo‘yicha o‘rganiladi va ajratiladi.
Jinslarning tuyuluvchi qarshilik kuzatuvlariga ( ) har xil omillar ko‘p ta’sir etadi: qatlamning qarshiligi ( ), singish zonasining va yuvilib ketgan zonaning qarshiliklari, qatlamning atrofidagi jinslarning qarshiligi , burg‘ilash eritmasining qarshiligi , qatlamning qalinligi , quduqning va singish zonasining ( ) diametrlari va o‘lchov ishlarining olib beruvchi zondlarning uzunligi kiradi.
Tuyuluvchi qarshilik usullari bilan karotaj o‘tkazganda, to‘rtta elektrodli zondlar ishlatiladi. AV – (juft) tok bilan ta’minlovchi elektrodlar, MN – (juft) qabul qiluvchi elektrodlar ishlatiladi. Uchta elektrod karotajli zondning ichiga joylashtirilgan va kabelga ulangan holda quduqning ichiga tushiriladi. to‘rtinchi elektrod esa, Er yuzasida quduqning og‘ziga yaqin joyda erga tutashtiriladi.
Agar, juft elektrodlarning (bir maqsadli) orasidagi masofa toq elektrodgacha bo‘lgan masofadan kichik bo‘lsa, bunday zondni gradient – zond deb ataladi. Masalan, A 2,0 M 0,1 N zondda A elektroddan M elektrodgacha 2 m, M dan N elektrodgacha 0,1 m masofa tashkil etadi. MN – juft elektrodlar, A va M elektrodlar – toq elektrodlar. YOki M 3,0 A 0,2 V – gradient – zond. . Agar, juft elektrodlar toq elektrodga nisbatan yuqorida joylashgan bo‘lsa, unda ustki gridient – zond deb ataladi. (rasm 90 a) 90 – rasmda ustki gradient – zond (a) va ostki gradient zond (b) elektrodlar xolati qo‘rsatilgan.
SHunday zondlar qarshiligi katta bo‘lgan qatlamlarning ustki chegarasini maksimum bilan ajratadi (rasm 91).
“0” nuqta gradient zondning o‘lchov nuqtasi – juft elektrodlar o‘rtasidagi nuqta.

Agar, juft elektrodlar toq elektrodga nisbatan pastda joylashgan bo‘lsa, unda bunday zond ostki gradient – zond deb aytiladi va ular qarshiligi yuqori bo‘lgan qatlamlar tagini aniq maksimum bilan ajratadi (rasm 90b, 91).


Agar, juft elektrodlarning orasidagi masofa toq elektrodgacha bo‘lgan masofadan katta bo‘lsa (3 – 5 marta) bunday zondni potensial – zond deb aytiladi. Masalan, A 0,5 M 2,5 N zondda A dan M gacha 0,5 m, M dan N gacha 2,5 m tashkil etadi. YOki M 0,5 A 2,5 V. Potensial zond ostki va ustki bo‘ladi. M o‘lchov nuqtasi hisoblanadi. (Rasm 90).
Uch elektrodli zond ishlatilganda quduqqa tushirilgan bitta tok yuboruvchi va ikkita qabul qiluvchi M va N yoki bitta qabul qiluvchi M va ikkita tok ta’minlovchi A va V elektrodlar yordamida solishtirma qarshilik o‘lchanadi: quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
, bu erda .
Zondning nomi quduqda tepadan pastga joylashgan elektrodlar harflar bilan va elektrodlar orasidagi masofalari bilan belgilanadi. Masalan, A 2,5 M 0,1 N. Gradient zondning uzunligi (L) – toq elektroddan juft elektrodlar o‘rtasigacha masofa (AO - masofa) bilan aniqlanadi. Potensial zondning uzunligi (L) – ikkita yaqin joylashgan (toq) elektrodlar orasidagi masofa (AM masofa) bilan aniqlanadi.
Zondning uzunligi (ta’sir etuvchi) o‘rganish radiusini aniqlaydi va gradient – zondlarda L ga, potensial – zondlarda 2L ga teng bo‘ladi.
Mikrozondlar. Tuyuluvchi qarshiliklar (KS) karotajida tok kuchi (Tok karotaji) yoki tuyuluvchi qarshilik o‘lchanadi. Tok karotajida quduq bo‘yicha tok kuchining o‘zgarishi diagrammalari yoziladi.
KS karotajining asosiy turi - bu quduq bo‘yicha o‘rganilayotgan geologik sharoitda o‘lchami doimiy bo‘lgan standartli zond yordamida tuyuluvchi qarshilikning o‘zgarishi o‘lchanadi. Standartli zond qarshiligi har xil bo‘lgan qatlamlarni chizmalari bo‘yicha aniq ajratishga imkon yaratadi va o‘lchangan haqiqiy qarshiliklar qiymatlariga yaqin bo‘ladi.
KS karotaji o‘tkazganda ta’minlovchi elektrodlarda tok kuchi (I) doimiy ushlab turiladi, qabul qiluvchi elektrodlar yordamida o‘lchanayotgan potensiallar ayirmasi koeffitsient K va tok kuchi I qiymatlari hisobga olinib qarshilik masshtabiga o‘tkaziladi.
O ‘lchanayotgan qiymatiga burg‘ilash eritmasining qarshiligi , quduq diametri burg‘ilash eritmasining jinslarga singish zonasining radiusi ta’sir etadi. O‘lchamlari katta bo‘lgan zondlarni (quduq diametridan marta katta) ishlatganda, burg‘ilash eritmasining ta’siri kichik bo‘ladi. Zondning o‘lchami (uzunligi) juda katta bo‘lsa, o‘rganish radiusi burg‘ilash eritmasining singish zonasidan katta bo‘ladi va shuning uchun o‘lchanayotgan qiymatlariga burg‘ilash eritmasi va singish zonasining ta’siri juda kichik bo‘ladi.
KS karotaj dalillari jinslar qarshiligi bo‘yicha umumiy tasavvurni beradi. Kesimni aniq ko‘rish uchun, ayniqsa mahsuldor qatlamlar yotish intervallaridagi jinslar xususiyatlarini to‘liq jo‘rganishda yonlanma karotajli azmoyishlash (zondlash) (BKZ) qo‘llanadi. YOnlama karotajli azmoyishlashda uzunligi har xil bo‘lgan gradient yoki potensial zondlar yordamida jinslarning solishtirma qarshiligi o‘lchanadi. Har bitta zondning qarshilik diagrammasidan ajratilgan qatlam uchun qiymatlari aniqlanib biolagorifm miqyosida ning zondlar uzunligi bilan bog‘lanish grafigi tuziladi. (Rasm 92).
Tuzilgan grafik yonlama karotajli zondlash (YOKZ, ruscha BKZ) egri chizig‘i deb ataladi. BKZ egri chiziqlar mahsus (BKZ) paletkalar yordamida qayta ishlash natijasida qatlamlarning haqiqiy qarshiligini, singish zonasidagi burg‘ilash eritmasining qarshiligini va singish zonasining diametrini aniqlash mumkin.
O‘lchangan qiymatiga pastki va yuqorida yotgan qatlamlarning ta’sirini kamaytirish uchun yonlama karotaj (YOK, BK) usuli qo‘llanadi. Bu usuldagi zondda ta’minlovchi elektroddan tashqari tokni fokuslantirib quduq devoriga perpendikulyar yuboruvchi ekranlashtiruvchi elektrodlar ishlatiladi. YOK qarshiligi katta bo‘lgan qatlamlarni va kesimda qarshiligi kuchli farqlanadigan qatlamlarni o‘rganishda qo‘llanadi.
Rezistivimetriya - quduqdagi burg‘ilash eritmasining yoki suvning qarshiligini o‘lchashda qo‘llaniladi. Ishlar rezistivimetr deb atalgan zond bilan olib boriladi. Rezistivimetr – bu o‘lcham kichik bo‘lgan gradient – zond. Bu zond o‘lchami kichik bo‘lib izolyatordan ishlangan ochiq silindrdan (quvurdan) iborat. Silindr ichida orasi bir-biridan bir necha santimetr bo‘lgan masofada A, M, N elektrodlar joylashadi. «V» - elektrod Er yuzasida, quduq oldida tutashtirilgan bo‘ladi. Rezistivimetr quduqda harakat qilganda, gilli eritma yoki suv ochiq silindrdan o‘tadi va qarshiligi o‘lchanadi.
Undan tashqari rezistivometriya quduqqa er osti suvlarini oqib kelgan joyi va filtrlash tezligini aniqlashda qo‘llanadi. Bunda quduq suvga to‘ldirilib tuz solinadi (>5 g/l). Suvning minerallanganligi 5g/l gacha yoki undan ham ortiq bo‘lishi lozim va har xil vaqt davomida suvning qiymatini o‘zgarishi diagrammasi yoziladi. Diagrammalar bo‘yicha, kuchli o‘zgarish bo‘lgan interval uchun, qiymatlaridan suvning minerallangani aniqlanib, vaqt bo‘yicha tuz yuvilish grafigi tuziladi va bu grafikdan filtrlash tezligi hisoblanadi.

Лаборатория ишларини ташкил этиш бўйича кўрсатмалар
1.Ернинг магнит майдони.
2.Тоғ жинсларининг магнит хоссалари.
3.Тоғ жинсларининг зичлиги.
4.Электроразведка усули.
5.Мухид ва тог жинсларининг ҳамда пезоелектирик хусусиятлари.
6.Тоғ жинсларнинг радиоактивлик хоссалари.
7.Табиий радиоактивликни ўрганувчи усуллар.
8. Қудуқдаги геофизикавий тадқиқотлар (қгт) ўтказиш шароитлари.
9.Термик каратаж.
http://fayllar.org
Yüklə 178,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə