Amaliy psixologiya



Yüklə 139,2 Kb.
səhifə2/6
tarix16.06.2022
ölçüsü139,2 Kb.
#89579
1   2   3   4   5   6
JUMAYEVA MADINA

Mavzuning maqsadi - bo'lajak mutaxassisning kasbiy va shaxsiy fazilatlarini, shuningdek uning faoliyatini professional etika nuqtai nazaridan baholash.
Mavzuning vazifasi - muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo'lgan fanlarga psixolog tayyorgarligiga qo'yiladigan asosiy talablarni ko'rib chiqish
I-Bob.Psixologiyani o'rganish mavzusi
1.1.Psixologiya atamasining ta’rifi.
Psixologiya insonni faoliyat mavzusi, shakllanishi va shaxsiy fazilatlari, dunyoni bilish va ular bilan aloqada deb hisoblaydigan ilm. Inson psixikasining paydo bo'lishining va rivojlanishining, aqliy holatlar va ularning voqelikka xos bo'lganligi, inson hayotidagi ijtimoiy va biologik omillarning birligi muhim jihatdir. Shaxsning individikasi, shaxsning ijtimoiy muhitda va muayyan faoliyatda.
Hozirgi kunda har bir aniq shaxs uchun mos keladigan har bir alohida usulni ajratish mumkin emas, chunki harakatlarning o'ziga xos xususiyatlarini tushunishga yordam beradigan ko'plab yo'nalishlar ishlab chiqilgan. Psixologiya quyidagi eng qiziqarli usullarni ajratadi:
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo’ldi. Sрu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’proq diqqatlarini mavxum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o’ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.
XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday holatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va stivilizastiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi “O’zbekistondagi demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzuidagi maruzasida ettinchi ustuvor yo’nalish deb, barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir. (Karimov I. A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.- “Turkiston”, 2002 yil 31 avgust).
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
SHunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu muammoni echishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir.
Psixologiyaning predmeti va maqsadi. «Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan - «psyche» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. CHunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz.
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi.
Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiya fanining maqsadi insonni o’zini-o’zi anglashi va atrof-muhit bilan o’z mutanosib munosabatlarini o’rnatish va uni kamol toptiruvchi omillarni aniqlash.
Har bir inson pinhona bo’lsa ham o’zining psixologik xususiyatlarini bilmoqchi va o’zi to’g’risidagi fikrlarini psixolog yordamida tekshirib ko’rishga urinib ko’radi. Biz o’zimizni yaxshi bilishimiz kerakmi? Bu savolga faqat ijobiy javob berishimiz mumkin. qachonki inson o’zining murakkab bo’lgan psixik olamini yaxshi bilsa, u hayotiy muammolarini onsonroq echish yo’lini topaoladi, odamlar bilan tez muloqotga kirishaoladi, ulardan yordam oladi va etibor qozonadi. Har bir kishi o’zining ijobiy va salbiy xususiyatlarini bilib, yomonlarini yo’qatishga xarakat qiladi va yaxshilarini oshirishga intiladi, o’zining hulq-atvorini boshqaraoladi. Xozirgi kunda ko’p kasb egalariga ham psixologik muammoarni echish masalasi ko’ndalang turibdi. Ayniqsa o’qituvchi kasbini tanlagan insonlarga psixik olamni o’rganish ta’lim va tarbiya berishda o’quvchilarga individual yondoshuvni tanlashlarida ko’mak beradi. Amaliyotda pedagog doyim o’quvchi o’z olamida yashashi bilan to’qnashadi, o’qituvchi nima qilayotganini, nimaga undayotganini tushunmaydi. Ta’lim va tarbiyada eng muhim narsa nima? O’quvchilarning ta’lim olish jarayonini qanday osonlashtirish mumkin, ularni qilayotgan xatolarining sabablarini qanday o’rganish mumkin? Nega ba’zi bir o’quvchilar yomon o’qishadi yoki darslarni o’zlashtiraolmaydilar? O’quvchilarni o’qishga bo’lgan qiziqishlari yoki qiziqmasliklarini qanday tushuntirish mumkin? Bunday savollar juda ko’p va bunga faqatgina psixologiya fani aniq javob topib beradi.
Psixika o’ziga alohida bir olam emas: u organik hayotning yuksak shakllaridan bo’lib, faqat hayvonlar bilan odamga xosdir. Hayvonlar bilan odam, o’simliklardan farq qilib, yolg’iz organik hayotga ega bo’libgina qolmay, balki shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin, ma’lumki, xayvonlarning psixik hayoti odamning psixik hayotiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixikaning yuksak shakli – ong bor. Odam ongli zotdir.

Yüklə 139,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə