Hisobotda quyidagilar yoritilishi kerak:
- chorvachilikni barqaror rivojlantirishga oid Respublika Prezidentining va Vazirlar
Mahkamasining farmoni va qarorlarini joylarda bajarilishining tahlili.
- amaliyot o’tilgan xo’jalikning jug’rofiy ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan
tafsifi (umumiy yer maydoni va undan foydalanishning holati, xo’jalikning iqlimi,
ekologik sharoiti, mahsulot ishlab chiqarishning ahvoli)
- xo’jalik iqtisodida chorvachilik tarmog’ini salmog’i. Chorva mollarini turi, zoti,
soni yoshi (poda tarkibi va harakati). Chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarish uni
tashish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasini tahlili, podani qayta to’ldirishning
holati;
- xo’jalikda qoramolchilik, qo’ychilik, parrandachilik, yilqichilik va tuyachilik,
cho’chqachilik, asalarichilik va baliqchilikning holati va rivojlanish istiqboli;
- xo’jalikda ozuqabop ekinlar ekiladigan yer salmog’i, ozuqa turlari ularning
zahirasi, oziqa yetishitirish va ayrim ozuqa turlarini qayta ishlash texnologiyasining
holati;
- xo’jalikda naslchilik xizmatlarining tavsifi, mutaxasislar soni va ularning malakasi,
molxona, qo’shimcha chorvachilik inshoatlari, avtotransport, sun’iy urug’lantirish
shaxobchasi, aholiga yem-xashak sotadigan shaxobchalar, zootexnikaviy asbob-
uskunalar, sut sog’ish va jun olish uskunalari, jixozlar, chorvadorlar uchun shaxsiy
ximoyalanish vositalarining mavjudligi. Parrandachilik fabrikalarida tegishli sexlarni
ishlash holati;
- amaliyot davomida ilovaga ko’rsatilgan jadvallar to’ldiriladi. Zooveterinariya
tadbirlar o’tkazish rejalari tuziladi. Chorvadorlar bilan suxbat va ma’ruzalar
o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |