Amir temur davlati rui gonsales de klavixo nigohida



Yüklə 238 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü238 Kb.
#134907
  1   2   3   4   5   6   7


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org Dec. 26
th
2022 
77 
AMIR TEMUR DAVLATI RUI GONSALES DE KLAVIXO NIGOHIDA 
Raxmonova Nigora Nurmurodovna 
Kogon tuman, 12-maktabning tarix fani oʻqituvchisi 
 
Annotatsiya 
Amir Temur davlati va Yevropa qirolliklari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan diplomatik 
munosabatlar Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi oʻzaro savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy aloqalarni 
yangi, yuqori bosqichga olib chiqdi. Amir Temurning mohirona diplomatiyasi tufayli Osiyo 
va Yevropa yagona makon, bir dunyoda ekanliklarini anglay boshladilar. Xususan, Rui 
Gonsales de Klavixoning Temur saltanatiga qilgan elchilik missiyasi Yevropaliklarning Sharq 
haqidagi tasavvurlarini boyitdi. 
Amir Temur tuzgan imperiya oʻz davrida jahonning eng yirik kuchlaridan biri boʻlgach unga 
butun dunyoda qiziqish, hamkorlikka intilish orta boshladi. Temur Saltanati va Usmonlilar 
davlati oʻrtasida ziddiyat davrida, shuningdek, 1402 yil iyun oyida boʻlib oʻtgan Anqara 
jangida Temurning gʻalabasidan soʻng bu istak yanada kuchaydi. Tarixiy manbalarda 
keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, XIV asrning 80—90-yillarida Temur davlatining shon-
shuhrati Yevropa mamlakatlarigacha borib yetdi. XIV asrning oxirida Yevropa davlatlari juda 
tang ahvolga tushib qoldi. Usmoniy turklar davlatining hujumi xavfiga yetarli tarzda javob 
qaytara olmasligini bilgan Yevropa qirollari va Rim papasi yordam koʻzini Sharqqa, Amir 
Temurga qaratdilar. Uning shaxsiga va hukmronligiga qiziqish ortib bordi. Qirollar va Rim 
papasi Amir Temur bilan yozishmalar olib bora boshladilar. Sohibqiron huzuriga elchilar va 
sayohatchilar yuborilib, uning eʼtiborini jalb qilishga harakat kuchaydi. Fransiya, Ispaniya, 
Genuya va Vizantiya singari davlatlarining hukmdorlari Amir Temur bilan siyosiy va iqtisodiy 
(savdo) munosabatlar o‘rnatishga intilib, uning huzuriga muntazam ravishda o‘z elchilarini 
yuborib turdilar. Xususan ispan qirolliklaridan biri, Kastiliya va Leon qirolligi qiroli Genrix 
III de Trastamara Temur davlati, qolaversa, Amir Temur shaxsi bilan jiddiy qiziqib qolgan 
edi. Bir tomondan Usmonlilarning butun Yevropaga tahdidi soya solayotgan, ikkinchi 
tomondan Temuriylar va Usmoniylar ziddiyatlari kuchayayotgan davrda Amir Temur davlati 
va Yevropa qirolliklari yaqinlashishi, ittifoq boʻlishi tabiiy-tarixiy hol edi, albatta.
Sulton Boyazidga qarshi ittifoq tuzish, qolaversa, iqtisodiy- savdo munosabatlarini 
rivojlantirish maqsadida 1402-yilda Amir Temur Xoja Muhammad qozini Kastiliyaga 
yuboradi

Yüklə 238 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə