Amir temur davlatining tashkil topishi


Temurning harbiy islohoti va qo‘shinining tuzilishi



Yüklə 98,18 Kb.
səhifə7/7
tarix30.12.2023
ölçüsü98,18 Kb.
#167626
1   2   3   4   5   6   7
AMIR TEMUR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI

Temurning harbiy islohoti va qo‘shinining tuzilishi. Temur ichki va tashqi siyosatida asosan qo‘shinga suyanar edi. Chunki, u harbiy kuch bilan zabt etilgan mamlakatlarni va asosan viloyatlarda yashovchi xalqlarni zurlik bilan to‘tib turardi. Shuning uchun ham u harbiy isloxga, ayniqsa qo‘shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanish hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi. U mamlakatda harbiy isloxot o‘tkazadi. Shu boisdan Temur manbalarda zamonasining mashhur sarkardasi va eng yirik lashkarboshi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy istedodi, sarkardalik maxorati qo‘shinlarining tuzilishida, hamda Oltin O‘rda xoni To‘xtamish, Dexli sultoni Maxmud va Turkiya sultoni Boyazidlar bilan olib borgan janglarida va shiddatli maxorabalar maydonida qullagan «savko‘ljaysh» (strategiya) va jang qilish uslublari — «ta’biyato‘ljaysh» (taktikalari)da namoyon bo‘lgan.
Temur qo‘shini untalik askariy birikmalar asosida tuzilgai lashkarlardan iborat edi. Lashkar «tuman» — un minglik, «xazora»— minglik, «xuchun» — yuzlik va «ayl»— unlik birikmalariga bulingan. Tumanlarda askarlarning soni 10 ming, qo‘shinda 100 ming nafardan ortiq bo‘lgan. Temur un minglik lashkarni boshqarish uchun «tu­man og‘asi», minglik bulinmalar uchun «mirixazora», yuzliklar uchun «xuchunboshi» va unliklar uchun esa «aylboshi» kabi harbiy mansablarni ta’sis etadi. Ularning haq-xuquqlari, oylik maoshini belgilab beradi. Masalan, oddiy sinovnI mingan otining bahosi barobarida, bahodirlar 2-4 ot barobarida, aylboshi qaramog‘idagi navkarga nisbatan ikki barobar ko‘p, yuzboshi unboshidan ikki barobarlik maosh olgan. Mingboshilarning maoshi xuchun-boshinikidan uch barobar ortiq bo‘lgan. Janglarda bahodirlik ko‘rsatib, g‘alaba. qozongan amir uchun in’omlar ham belgilab qo‘yilgan. Masalan, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa, mamlakat yoki viloyat zabt etsa u tug‘, nog‘ora, bahodurlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish xuquqi hamda biron sarxadning noibligi bilan siylangan.
Bulinma boshliqlari amirlar Temurga tobe bo‘lgan qirq aymoq (qabila)dan un ikkitasi: barlos, arrin, jaloir, tulkichi, duldoy , mugul, Sulduz, tugoy, kipchok, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan. Amirlik martabasi Temur faoliyatining dastlabki yillarida unga sodiq bo‘lgan 313 nafar kishiga berilgan. Bulardan bittasi — amir ul-umaro, turttasi — beglar begi, yuztadan — mingboshi, yuzboshi va unboshi bo‘lgan. Bulardan tashqari, yana un ikki nafar kishiga birinchidan to un ikkinchi darajali amirlik unvonlari berilgan. Un ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi hisoblangan. Un ikki amirning xap biriga bittadan bayroq va bittadan nog‘ora, amir ul-umaroga bir bayroq, nog‘ora, un minglik qo‘shin, tug‘ va chortur, turt nafar beklarbegining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortur va burg‘u (karnay) berilgan.
Bu nishonlar qыshin bыlinmalarini ham farqlab turgan. Masalan, katta qizil bayroq, qshin boshlig‘i amir ul-umaro yoki beklarbegining alomati edi. Ot yeli bog‘langan nayzali o‘zun tug‘ tuman og‘asining, ikki tomonga kokillar osilgan ikki nog‘ora yuz boshining alomati hisoblanardi. Otliq suvoriy qismlarni boshqarish uchun maxsus ajratilgan otlik egalarining ikki tomoniga ikki tabl dovulosilib, jang paytlarida suvoriylarni maxorabaga solish maqsadida bong urib ular koqilgan.
XV asr muallifi Abdurrazzoq Samarqandiyning yozishicha, harbiy safarda har bir jangchi o‘zi bilan bir yilga yetadigan oziq-ovqat, kamoni bilan uttiz uqli sadoq, sovut, nayza va qalqon olgan. Har ikki suvoriyning bitta zahira chopqiroti, urdugoxda har bir «ail»— unlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, uroq, bolta, bigiz, ikkitadan belko‘ra k, 100 ta igna, yarim man arqon, bitta oshlangan pishiq teri bo‘lishi shart bo‘lgan. Xap bir viloyat belgilangan asosiy «asl», hamda zaxira — «izofa», ya’ni rezerv qismlarni to‘plab berardi. Viloyatlar toshotar — sangandoz, devor bo‘zuvchi — manjaniq, ut otadigan — ra’dandoz va naftandoz, hamda o‘zi otar qurollarni ishlata biladigan jangchilarni tayyorlab berar edi. Askariy qismlarni viloyatlardan to‘plash bilan tovochi mansabidagi amaldorlar shug‘ullanar edi.
Temur askar va askarboshliqlariga aloz^ida e’tibor be­radi. Hap bir zobit (bo‘linmaning xushin yoki aylboshisi) jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda u ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo‘lishi lozim z^isoblangan. qo‘shinlar z^arbiy yurishga chiqqan vaqtda, ayniqsa intizomga qattiq rioya qilinar edi. Xap bir bo‘linmaning aylboshi, xuchun boshisi, tuman og‘asi va qo‘shin amiri o‘z o‘rnini yaxshi bilardi va unga qatiy rioya qilardi. Safarda eng oldinda har bir qo‘shin qismlari bilan «xabargiri», ya’ni «xabarchilar» deb yuritilgan ayg‘oqchi-ko‘zatuvchilar bo‘linmasi yurgan. Bunday bulinmaga eng dovyurak va botir askarlar tanlab jalb qilingan. Xabarchilar orqasidan soqchilar bo‘linmasi yo‘llangan, u «yasovul» deb atalgan. qo‘shinning asosiy qismlari oldida «manglay» — avangard qismlar harakatda bo‘lgan. Manglay asosiy kuchlardan, ba’zan esa bir necha tumanlardan iborat bo‘lgan. Manglay bilan qo‘shinning asosiy qismlari oralig‘ida esa qumondonning qarorgoxi va uning yon -atrofida zohira (rezerv) qismlar joylashgan bo‘lib, u «izofa» deb yuritilgan. Urush jarayonida jang oqibatini ana shu izofa qismlar xalqilgan. Yurish vaqtida qo‘shinlar alohida yo‘l boshlovchilar — «kuchorchilar» guruhi bo‘lib, safarda ular muhim rol o‘ynagan. Kuchorchilarni qo‘shin qismlari o‘rtasida Temurning o‘zi taqsimlab bergan. Temur qo‘shinining asosII jangovor qismi markaz, o‘ng va so‘l qanotlardan iborat bo‘lgan. Uning o‘ng qanoti «burong‘or», so‘l qanoti esa «juvong‘or» deb yuritilgan. Hap bir qanotning oldida bittadan qushimcha quriqchi manglay-avangardi, yon tomonida esa bittadan quriqchi askariy qo‘shilmalar — «kanbul»lari bular edi. Shu tariqa qo‘shin yetti qism — «qo‘l»lardan iborat bo‘lib, bulardan uchtasi: markaz, burong‘or, juvong‘orlar mustaqil; tur.ttasi: ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar edi. qo‘shinning bunday joylashtirilishining o‘ziga xos tomoni shunda ediki, uning qanot qismlari markaziy qismiga qaraganda ancha-muncha kuchli edi. Bundan shubhasiz savqo‘ljaysh (strategiya) hamda jangda turli xil muxoraba uslublari ta’biyato‘ljayshni qo‘llash maqsadi ko‘zda tutilgan. O‘rta asr muallifi Sharafuddin Ali Yazdiy qo‘shinni yetti qulga—qismga bo‘lib joylashtirish tartibini birinchi bo‘lib Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo‘llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo‘shin qumondoniga bo‘yso‘ngan.
Harbiy yurish vaqtlarida yo‘llarda o‘rdugoh-qarorgoh qurib to‘xtashga to‘g‘ri kelardi. Agarda urdigox dushmanga yaqinroq joyda joylashgan bo‘lsa, uning atrofiga mudofaa inshootlari «turlar», xandaqlar, «choxpar»lar — chuqur o‘ralar va «kochi» — marzalar bilan o‘rab olinar edi. qo‘shinning izofa (rezerv) qismlari qumondon urdigoxini qo‘riqlab turar zdi. Jang vaqtida ular o‘z navbatida zarur bo‘lgan joylarda jangga solinardi. Kanbullar esa dushmanning o‘ng yoki chap qanotini yorib kirishga va yon tomonlardan aylanib o‘tib, orqadan zarba berishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilardi. Kanbullar eng botir va tajribali askarlardan tuzilar edi.Qo‘shinda ayniqsa u jangga kirgan paytlarida piyoda askarlar alohida o‘rinni tutgan. Jangovar safga tizilgan piyoda qismlar otliqlardan oldinda turar va dushman hujum qilgan vaqtda choz^par va turlar — mudofaa inshootlari orqasiga yashiringan z^olda birinchi bo‘lib jangga kirardilar. Shuning uchun ham qanotdagi tuman og‘a va qo‘shin amirlari piyodalar bilan otliqlarni jangovar tartibda joylashtirishga katta e’tibor berardilar.
Amir Temur har bir g‘alabasidan keyin tantanali bazm uyushtirgan. Shuningdek, harbiy yurishlarni boshlashdan oldin ham jangchilarning kayfiyatini ko‘tarish uchun tantanali bazmlarni uyushtirgan. Oliy zodagonlar uchun maxsus saroyda o‘tkazilgan. Lekin eng katta tantanalar ochiq maydonda, bog‘larda o‘tkazilgan. Asosan tantanalar Samarqand, Hirot va Shaxrisabzda o‘tkazilgan. Bayramdan oldin shaharlar chiroyli qilib bezatilgan3. Tantanali bayramlar bir oy, 40 kun, ba’zida uch oygacha davom qilgan.Careful preparations were made for these festivals: the city and its environs were decked forthe occasion, arches and tents were erected in the pleasure grounds and pavilions, summer-houses and other temporary structures were provided. All the artists available in the city,plus others from outside, were mobilized: singers, musicians, actors, dancers and circusperformers and also wrestlers, strongmen, horsemen and archers. The programmes of theperformances were arranged by k ¯ arfarm ¯ ans (folk-theatre producers) and bak ¯ aw ¯ uls (orga-nizers of military and sporting contests and entertainments). The magnitude of the taskfacing the organizers becomes apparent when we remember that important festivals couldlast for a month or 40 days.


Xulosa


Shunday qilib, Temur zamonasining kuchli va eng jangovar qo‘shinini tashkil qiladi. Askar boshliqlari vanavkarlarini qarshilik ko‘rsatuvchi kuchga nisbztan beshavqat ruhida tarbiyalashga muvaffaq bo‘ladi. O‘z qo‘shinini u turli-tuman jangovar qurol- yarog‘lar, o‘t va tosh otar — ra’dandoz, manjaniq vz o‘ziotar kabi qurollar bilan qurollantirdi. Janglarda muxoraba qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘lladi. Bu qo‘shin bilan u ro‘y bergan har bir qarshilik va norozilikka qurol kuchi bilan keskin zarba beradi. Yoki kutilgan xavf ro‘y bermasdan turib uning oldini olish choralarini ko‘radi. Temur qo‘shinini Jahongir, Sayfuddin va Pirxusayn barloslar, Oqbug‘a, Usmon Abbss, Muhammad Sultsn Kamariy, Tibon bazhodur Urisbug‘a, Hamza So‘do‘z, Amir Murizoda, Muhammad qazg‘on, Sariq Atka va Mo‘zaffar Uchqora kabi jan­glarda shuhrat topgan mahoratli sarhanglari boshqaradi.
Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar aytilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shu^rat topadi. Bu asar shaxsan Temurning og‘zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan alohida xyazmatlarini takdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi.
Xofizi Abro‘ning yozishicha, Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanaqa bilimni qadrlagan. Temur davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali tomonlarIIni olishga harakat qilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani hal etishda, shu soha bilimdonlari va ulamolar. bilan maslahatlashardi. Odatda u tibbiyot, matematika, astronomiya, tariH adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek, teologiya va din sohasidagi mashHur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Bunday suhbatlarda podsholikka oid muhim ishlar haqida so‘z yuritishardi. Masalan, 1403 yilda Boilkan shahrida u ulamolarning majlisini chaqirib, unda nutq so‘zlagan. Mamlakat hamda fuqarolarni boshqarishda turli xil inshootlar va jamoat binolarini qurishda unga olimlarva fo‘zalolar o‘z maslahatlari bilan ko‘maqlashishlarini so‘ragan.
Temur saroyida ulamolardan Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Baxruddin Axmad, Mavlono Nug‘monuddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqalar xizmat qilardi. Temur ilm-fanning: riyoziyot, handasa, me’morlik, astronomiya, adabiyot, tariH musiqa sohalarining rivojiga katta e’tibor berar edi. Shunday bo‘lsa -da, o‘z reja va maqsadlarining ro‘yobga chiqishida Temur ko‘proq mulkdor zodagonlar va harbiy jangchilar orasida shuhrat topgan taqvodor rhoniylar tabaqasi vakillariga suyanadi. U Imom Sayyid Barakani o‘zining piri deb hisoblaydi. Sayyid Baraka Temur «qilich bilan nimaniqi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shularni toat-Ibodat hamda fatvolar berib duogo‘ylik bilan mustahkamlab berishga harakat qiladi». Temur mamlakat aholisining taqvodor qismi o‘rtasida o‘z nufuzini oshirish maqsadida Islom mazhablarn o‘rtasidagi ba’zi bir kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalanadi. Viloyatlarda kamsitilgan mazHab taqvodorlarini himoya ostiga olib, hatto aybdorlarni qattiqqo‘llik bilan jazolaydi. V.V.Bartoldning yozishicha, «Suriyada Alini va uning avloddarini ximoya qilganligi va buning uchun suriyaliklar tomonidan chinakam shia atalgan Temur, Xuroosnda sunniy ta’limotini tiklagan. Mozandaronda payg‘ambar choryorlarining qabrlarini oyoq osti qilgan shIIa darvishlarini jazolagan".
Bu davrda Samarqandda yangi ko‘rkam va muhtasham binolardan tashqari turli-tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko‘taradi. Temur mamlakatda, xususan uning poytaxti Samarqandda hunarmandchilikni kengaytirishga alohida e’tibor beradi. Ispan elchisi Klavixonning yozishicha, u hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Aksincha, Temurning amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir to‘quvchilari, Hal abning mashhur paxta yigaruvchi korxonalari, Anqaraning movut tuuvchi korxonalari, Turkiya va Gurjistoning zargarlari, xullas, kasb- hunar sohasida qaysi shaharda qancha hunarmandlar bor bo‘lsa, hammasi Samarqandga ko‘chirilib olib kelingandi. O‘sha davrda shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar istiqomat qilardi. Klavixonning ma’lumotiga ko‘ra Samarqandda 150 mingdan ziyodroq aholi yashagan. Shahar maydoni Ispaniyaning Shibliya (Sevilya) shahridan kengroq bo‘lgan. LekII uning bu ma’lumotida shahar arki bilan qal’a, ya’ni ichki shahar qismlarigina ko‘zda tutilgan xolos.

Foydalanilgan adabiyotlar


111 И.А.Каримов, Амир Темур ҳақида сўз. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2015, 34-б.

2History of Civilizations of Central Asia. The age of achievement: A.D. 750 to the end of the fifteenth century Volume IV. UNESCO, 2000, р.618.

3History of Civilizations of Central Asia. The age of achievement: A.D. 750 to the end of the fifteenth century Volume IV. UNESCO, 2000, р.619


Yüklə 98,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə