Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit



Yüklə 13,15 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü13,15 Kb.
#181627
6-sinf










Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.


Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.
XXI asrda siz bilan biz xalqaro miqyosda adolatli tarzda yaratmoqchi bo‘lgan integratsiya makoni haqida Amir Temur bundan 600 yil burun bosh qotirgan va shu yo‘lda siyosat yuritgan. U barpo etgan yagona iqtisodiy-savdo maydonida bugungi kun uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bo‘lgan vaziyat mavjud edi. Amir Temurning mana bu so‘zlari bunga dalildir: “...Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshida bir lagan tilla ko‘tarib o‘tadigan bo‘lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom o‘rnatdim”; uchinchidan, Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari undan ham beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa’y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar, ko‘priklar, yo‘llar, bekatlar, hammomlar, kanallar, qal’alar va boshqa qator imoratu inshootlarning son-sanoqi yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir va Ahmad Yassaviy, Zangi ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy moʻjizalar, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi... Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur “Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi”. Tarix bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”, degan so‘zlari fikrimizning dalilidir.
 
Toʻmaris (miloddan avvalgi VI asr) — Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning „Tarix“ (miloddan avvalgi V asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II miloddan avvalgi 530-yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.
Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini va massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda Toʻmarisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: „Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (Toʻmaris)ning buyrugʻi bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan toʻlgʻazilgan meshga solingan“.
Toʻmarisning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli Hodi Zarifovdan yozib olgan „Oysuluv“ dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida Toʻmaris faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim „Toʻmaris“ qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov „Toʻmaris“ (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida „Toʻmaris oʻyinlari“ festivali oʻtkaziladi.
Yüklə 13,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə