Analizatorlar Reja



Yüklə 271,03 Kb.
səhifə3/8
tarix11.06.2022
ölçüsü271,03 Kb.
#89284
1   2   3   4   5   6   7   8
Analizatorlar

Sensibilizatsiya - Ta'sirot ta'sirida analizator qo’zg’aluvchanligining oshishiga sensibilizatsiya deyiladi.Odatda qo’zg’alish endi boshlanib kelayotgan davrda qo’zg’aluvchanlik oshib, pirovardiga kelganda pasayadi.Kontrastlik (akslik) hodisasi.Biror ta'sirning yolg’iz o’zi uzoq ta'sir etganida yoxud unga tabiatan qarama-qarshi bo’lgan ta'sirot ham qushilib, ta'sir etganda analizator qo’zg’aluvchanligining oshishiga kontrastlik, ya'ni akslik hodisasi deyiladi. Masalan, sovuqdan so’ng, issiq ta'sir yaxshi seziladi, qoradan so’ng, oq rang ravshanroq ko’rinadi. Analizatorlardagi akslik hodisasi po’stloqdagi induksiyalar tufayli yuzaga chiqadi.Iz qoldirish.Analizatorda paydo bo’lgan qo’zg’alish uni keltirib chiqargan ta'sirot to’xtashi bilanoq, sunib qolmaydi.Qo’zg’alish bir oz vaqt davomida astasekin sunib boradi, o’zidan keyin bir muncha vaqt uchmay turadigan iz qoldiradi. Shu sababli bo’linib-bo’linib ta'sir etadigan (yorug’lik kvantlari, tovush to’lqinlari va boshqalar) ma'lum ritmdagi ta'sirotlar uzluksiz sezgini keltirib chiqaradi (buyum va hodisalarni uzluksiz ko’ramiz, tovushni u tugaguncha uzluksiz eshitamiz va boshqalar). Analizatorning bu xususiyati retseptor apparatining o’ziga xos tabiati tufayli kelib chiqadi. Gap shundaki, nerv tolasiga bir marta ta'sirot bersak, u bu ta'sirotning qancha davom etishidan qat'iy nazar bir qo’zg’alish to’lqinini hosil qiladi, xolos. Retseptorlarga bir marta ta'sirot berilganda esa, ular xuddi nerv markazlari singari bu ta'sirotga bir qator impulslarni, qo’zg’alish to’lqinlarini ketma-ket hosil qilish bilan javob beradi. Ta'sirot qancha uzoq davom etib tursa, yangi-yangi qo’zg’alish to’lqinlari shuncha ko’p hosil bo’laveradi.Bu esa, hosil bo’ladigan sezgilarning uzviyligini ta'minlaydi.

Analizatorlarni tekshirish usullari -Analizatorlar faoliyatini o’rganishda shartli reflekslar usulidan keng foydalaniladi.Hayvonlarning sezgi organlariga kuchi, xili, sifati jihatidan turlicha bo’lgan ta'sirotlarni ta'sir ettirib, turli-tuman shartli reflekslarni hosil qilsa bo’ladi.Shunday qilib, turli analizatorlarning har xil ta'sirotlarga munosabati, ta'sirotlarni birbiridan nechogli farq qila olishi, defferenciatsiya qila olishi to’g’risida tegishlicha fikrga kelish imkoniyati tugiladi.Keyingi vaqtlarda analizatorlar faoliyatini o’rganishda turli-tuman elektrofiziologik usullar tobora keng qo’llanilmoqda. Buning uchun tegishli asboblar yordamida retseptor apparatga kuchi, sifati, xossalari, tabiati jihatidan turlicha ta'sirotlar berilib, o’sha retseptorga, markazga intiluvchi nervda, markaziy asab tizimi va uning oliy qismi - bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining turli qismlarida kuzatiladigan faoliyat potensiallari, ularning o’ziga xos xususiyatlari o’rganilmoqda. Shu tariqa ta'sirotning kuchi, sifati, xili va xarakteri bilan bu potenciallar o’rtasidagi munosabatlar qayd qilinib, tegishli analizator faoliyati to’g’risida xulosa chiqarilmoqda.


Yüklə 271,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə