Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

AMALIY MASHG’ULOTLAR 


100
Marzuaning maqsadi.
Talabalarda sinf xonasining jihozlanishiga qo’yilgan talablar 
haqida tushuncha hosil qilshi. Ishni bajarish tartibi. Sinf jihozlarini gigienik baholash 
uchun quyidagilar aniqlanadi. 
1. Sinfda qancha kerakli va ortiqcha jihoz bor? 
2. Partalarning sifati va rangi qanday? 
3. Doskaning sifati va rangi, poldan balandligi qanday? 
4. Sinfdagi bolalar qaysi guruhdagi parta yoki stol, stullarda o’tirishini aniqlang. 
Buning uchun bo’r bilan doskaga pol sathidan 130sm. balandlikda gorizontal chiziq 
o’tkazing. Har 15 sm. da birinchi chiziqqa paralell ravishda bir nechta chiziqlar chizing 
va ularning orasiga parta yoki stol, stullarning guruhini qo’ying. So’ng o’quvchilarni 
birma-bir chaqirib, doskaga nisbatan orqasi bilan turg’azing. O’quvchining bo’yi 
qaysi guruh to’g’risida bo’lsa, u shu guruhdagi partaga o’tirishi kerak. 
5. Parta qatorlari orasidagi masofani, ichki devor bilan parta orasidagi masofani, oxirgi 
partalar bilan devor orasidagi masofani va oxirgi parta bilan doska orasidagi masofani 
aniqlang (Normada qatorlar orasidagi masofa 70-75sm. ichki devor bilan parta 
orasidagi masofa 60sm.,oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofa 1 metr). 
Talaba bajariladigan topshiriqni olgandan so’ng, maktabga borib sinf xonalarini, sport 
zallarini, ustaxonalarni kuzatadi va gigienik baholaydilar. Bu darsda biz «Dizayn» 
usulidan foydalanamiz. Navbatdagi «Dizayn» talaba topshiriqni bajargani haqida xona 
jihozlari bo’yicha ma’lumot beradi. 
1-talaba.
Men kuzatgan sinf xonasi 3-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Xonani 
devorlari oq rangda, paneli och ko’k rangda, eshik va deraza romlari oq rangda. Sinf 
xonasidagi partalar 3-sinf o’quvchilari uchun qulay. Devorlarda yozuvchi va olimlarning 
rasmlari, fanlarga oid rasmlar osilgan. Derazaga och ko’k rangli parda osilgan. Doska 
bola yoshiga mos qilib osilgan. O’qituvchini stoli deraza oldiga qo’yilgan. 
O’qituvchining orqa tomonida shkaf bo’lib, u erda har xil to’plam (yoki gul) kitoblar 
joylashtirilgan. Gullarni e’tiborga olmaganda xona gigienik talabga javob beradi, 
chunki gullar qisman bo’lsa ham yorug’likni to’sadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə