Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

2-talaba.
Men ustaxonani kuzatdim. Ustaxonada 5-sinfdan 9-sinfgacha 
bo’lgan o’quvchilar mehnat darslarida ishlaydi. Ustaxona stollarida farq bo’lib, past 
bo’yli stollarda 5,6-sinflar ishlasa, 7,8,9-sinflar baland bo’yli stollarda ishlashadi. 
O’quvchilar uchun ustaxonada kerakli asbob-uskunalar etarli. Devorda asbob-
uskunalardan foydalnish va ustaxona qoidalari haqidagi tavsiyalar osilgan. Xona 
gigienik talabga javob beradi. 
3-talaba.
Men sport zalini jihozlanganini kuzatdim. Sport zali katta va 
yorug’. Zal chetlarida har xil turdagi narvonlar, osiluvchi arqonlar va erga mattlar 
yozilgan. Bir tomonda basketboll to’ri, valeyboll setkasi mavjud. Derazalar taxta bilan 
himoyalangan. Devorlarda sport to’rlari tasvirlangan rasmlar osilgan. Sport zali 
gigienik talabga javob beradi. 
4-talaba.
Men kuzatgan xona 9-sinf uchun mo’ljallangan. Sinf xonasi yaxshi 
jihozlangan. Xonada ortiqcha jihoz yo’qligi uchun xona keng va yorug’. Doskani yon 
tomonida madhiya va bayroqni ramzi osilgan. Partalar o’quvchilar yoshiga mos. 
Gullar partalar oxirida maxsus guldonlarga ko’yilgan.Derazaga oq rangli to’r parda 
osilgan. Doska o’quvchilarning bo’yiga mos osilgan. Xona gigienik talabga javob 
beradi. 


101
Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlarni barcha talabalar namoyish etishi lozim. 
Xonaning gigienik holatini baholash bilan birga, keraksiz jihozlarni o’quvchiga salbiy 
ta’sir etishi haqida ham aytib o’tishlari kerak. 
2 - Amaliy mashg’ulot 
Nazariy tushuncha.
Sinf xonasining yoritilishi ko’rish organining asosiy 
hususiyatlariga asoslangan bo’lishi va yoritilish bir xil tarqalgan, ko’zni 
qamashtirmaydigan, yaltiramaydigan bo’lishi kerak. Yoritilish gigienik talablarga 
to’g’ri javob bergandagina, ko’rishning va umumiy charchashning oldi olingan 
bo’ladi. Odamning aktiv faoliyati faqat kunduzi tabiiy yorug’lik tushish vaqtida emas, 
balki kechasi ham sun’iy yoritilishni tabiiy yoritilishga yaqinlashtirib, odamning aktiv 
ish faoliyatini kechasi ham saqlab qolish hozirgi zamon gigienasining asosiy 
maqsadidir. Yoritilish tabiiy va sun’iy yo’llarda olib boriladi. Xonaning yoritilishini 
gigienik baholash uchun yoritish koeffitsientini aniqlash kerak. Yoritilish koeffitsienti 
deb, derazalar oynalangan sathining pol sathiga nisbatiga aytiladi. Yoritilish 
koeffitsienti sinfda 1:5, 1:6 bo’lishi kerak. Sinfga o’rnatilgai derazalar oralig’i 50-75 sm 
bo’lishi kerak. Deraza tokchasi pol sathidan 80 sm baland bo’lishi kerak. Deraza 
oynasi toza bo’lishi kerak, ifloslangan oynalar 15% yorug’likni to’sib qo’yadi. 
Derazalarni gullar, pardalar bilan to’sib ko’ymaslik kerak. Sinfning bo’yalishi ham 
yorug’likka ta’sir qiladi. Sinfning devorlari, shift oq bo’yoqqa, panel’ och yashil yoki 
och ko’k rangga bo’yalishi kerak. Sinfdan tabiiy yoritilishni umumiy yig’indisi qish 
oylarida 75000 lyuks, yoz oylarida 100000 lyuks bo’lishi kerak. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə