Анатом- меш


Kerakli material va jihozlar



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Kerakli material va jihozlar
. Jadvallar, santimetr lenta, termometr, lyuksometr. 
Mavzuning maqsadi.
Talabalarda sinf xonasining yoritilishi va isitilishiga 
qo’yilgan talablar haqida tushuncha hosil qilish. Ishni bajarish tartibi 
1.Tabiiy yoritilishni gigienik baholash uchun quyidagilarni aniqlanadi.
A.Sinf derazalari partada o’tirgan o’quvchilarga nisbatan qaysi tomonda 
joylashganligini toping (yorug’lik o’quvchilarga chap tomondan tushishi kerak). 
B. Sinf xonasining yorug’lik koeffitsientini aniqlang. Buning uchun, 
derazalarning oynalangan yuzasini polning sathiga bo’lgan nisbatini hisoblab chiqing. 
Namuna: sinfning umumny sathi 48 kv.m. hamma derazalarning oynalangan yuzasi 8 
kv.m., bo’lsa sinfning yorug’lik koeffitsienti 1:6 bo’ladi (normada yorug’lik 
koeffitsienti 1:4,1:6 bo’lishi kerak). 
V. Deraza tokchasining polga nisbatan balandligini aniqlang (normada 
tokchaning balandligi 75-80sm, derazalar oralig’i 50-75sm.bo’lishi kerak). 
G. Sinfning shifti, devori panelini gigienik baholang (normada shift, devor 
eshik va romlarning rangi oq, panelning uzunligi 1,30sm, rangi och sariq och havo 
ranglarda bo’lishi kerak). 
D. Sinfning eng qorong’i qismida tabiiy yorug’lik etarliligini aniqlash 
uchun o’quvchiga o’sha erda kitobni 30-35 sm uzoqlikda o’qitib ko’ring. Agarda 
kitobni qiynalmay o’qisa tabiiy yorug’lik etarli, qiynalsa etarli emas. Bunda sun’iy 
yorug’likdan foydalaniladi. 
2.Sun’iy yorug’likni gigienik baholash uchun quyidagilar aniqlanadi: 


103
A.Sinf xonasining yoritilish tipini aniqlang (xona cho’g’langan lampa yoki 
lyumenetsent lampalar bilan yoritilishi mumkin). 
B.Xonadagi elektr lampochkalari quvvatini aniqlang (normada 2100-2400 
vatt yoki 175-3 50lyuks bo’lishi kerak). 
V.Sinf doskasi maxsus yoritilganmi? 
3. Sinf xonalarining isitilishini gigienik baholash uchun quyidagilarni 
aniqlang: 
A. Xona nima yordamida isitiladi (pechka yoki markaziy isitish sistemasi). 
B. Termometr yordamida xona, koridor, garderob va sport zalining 
haroratini o’lchang (normada sinf xonasining harorati qishda-17-19°S, bahorda 23-
24
0
S, kuzda-24-26°S , sport zali harorati 15-16°S, namligi 40-65% bo’lishi kerak). 
4.Tabiiy va sun’iy ventilyatsiyyani quyidagicha gigienik baholanadi: 
a) xonadagi fortochkalarning soni va umumiy hajmini hisoblang; 
b) Fortochkalar yuzasini polning sathiga nisbatini aniqlang.
Namuna:fortochkalarning eni 0,6 m., balandligi 0,5m, xonaning yuzasi 50 
kv.m.deb olsak, fortochkalar yuzasining xona poli sathiga bo’lgan nisbati 1:80 bo’ladi. 
v) Har darsdan so’ng xona elvizak usulida shamollatiladimi? 
g) Ximiya, fizika va biologiya laboratoriyalarida, ustaxonalarda sun’iy 
so’rg’ich yoki ventilyatsiya bormi? 
4-ilova
Mavzuni yanada mustahkamlash uchun «Mutaxassislar» uchrashuvi usulidan 
foydalanamiz. Har bir talaba maktabda o’tkazilgan tekshiruv va kuzatuvlar asosida 
guruh ichida o’zaro bilim almashadilar. Talabalar sinf xonasini yoritilishini, isitilishi 
va shamollatilishini mutaxassis sifatida kuzatadi. Demak, guruhdagi talabalar 
«mutaxassislar» bo’lib, o’zaro uchrashadilar. Guruhni 3 ta 1-guruhchaga bo’lib olamiz: 
1-guruh yoritilishi tekshiruvchi mutaxassislar hisoblanadilar. Ular quyidagilarga e’tibor 
berishlari kerak. 
- sinf xonasini tabiiy yoritilish etarlimi; 
- sun’iy yoritilish uchun qaysi yoritkichlardan foydalanamiz
- sinf xonasini devorlari och rangda bo’yalganmi; 
- derazaga qanaqa parda osish zarur; 
- derazaga gullar qo’yilganmi? 
- deraza oynalari tozalanganmi? 
2-guruh talabalari xonani isitilishiga e’tibor beruvchi «muta-xassislar» 
hisoblanadilar. Ular quyidagi narsalarni kuzatadilar: 
- xona qaysi isitkich asbobi yordamida isitiladi ? 
- sinf xonasini, koridor, ustaxona, sport zallari bir xil isitiladimi? 
- xonada issiqlik etarli bo’lsa, o’quvchilar engil kiyimda o’tirishadi; 
- xona isitilganda fortochkalarning holati.
3- guruh talabalari xonani shamollatilishini tekshiruvchi «mutaxassislar»dir. 
Ular quyidagi holatlarga e’tibor beradilar. xonada fortochkalar soni, uning katta 
kichikligiga e’tibor berish; 
- o’quvchilar tanaffusda tashqariga chiqib, xonani shamollatilishi; 
- elvizak usulida shamollatilishi kuzatiladi; 


104
3 ta guruh bajargan topshiriqlarni prezentatsiya asosida yoritib beradilar, 
talabalar o’rtasida savol-javob o’tkazilib mavzu mustahkamlanadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə