Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

 
1 - Amaliy mashg’ulot 
Maktab jihozlari va o’quv kurollariga qo’yilgan gigienik talablar 
Nazariy tushuncha.
Gigiena odamni o’rab turgan tashqi muhitni organizm uchun 
qulaylashtirish yo’llarini o’rganadi. Gigiena fani maktab gigienasi, shaxsiy gigiena, 
mehnat gigienasi va gigienaga oid boshqa fanlarni o’z ichiga oladi. Maktab gigienasi 
bolalar va o’smirlar organizmi bilan tashqi muhit o’rtasidagi qonuniyatlarni o’rganadi, 
ularni to’g’ri o’sib rivojlanishlari uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi. 
Har bir pedagog shunga e’tiborli bo’lishi kerakki, maktab gigienasining asosiy 
maqsadi bola aqliy mehnat qobiliyatining funktsional imkoniyatlarini ortib borishi
turli sharoitga moslashishi, charchash va o’ta charchash, asab va boshqa turli 
kasalliklarni oldini olish uchun chorat-adbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek
bolalar muassasalarining sanitariya-gigiena holatini yaxshilash, ta’lim-tarbiya 
jarayonining gigienik asoslari, maktablarni to’g’ri qurish va obodonlashtirish, maktab 
jihozlarini to’g’ri o’rnatish va shunga o’xshash boshqa masalalar bilan shug’ullanadi. 
Maktab jihozlariga: parta, stol, stul, doska kiradi. O’quvchilarning uzoq vaqt bir xil 
holatda o’tirishlari ularning darhol charchashiga sabab bo’ladi. Ayniqsa boshlang’ich 
sinf o’quvchilari tez charchaydilar, chunki ularning markaziy nerv tizimi va suyak 
mushaklari hali yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. 
Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi: 
-ko’zdan kechirayotgan sinf xonasida necha yoshli bolalar o’qishadi? 
-fanlar asosida jihozlangan xonalarga o’quvchilarni ko’chib yurishini izohlab bering. 
-derazalardagi gullar xona jihozlanishi uchun shartmi? 
-devordagi rasmlar o’kuvchiga salbiy ta’sir etadimi? 
-stol-stullar o’quvchi yoshiga mos bo’lishi kerak. Izoh bering. 
-sport zallari qanday jihozlanadi? 
- koridorlarga jihoz qo’yiladimi? 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə