Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

 
 
 
 
3 - Amaliy mashg’ulot 
O’quvchilarning dars jadvalini gigienik baholash 
Nazariy tushuncha.
Zamonaviy o’qitish jarayoni o’quvchiga axborot 
berishning yangi shakl va usullarini qo’llamoqda, ya’ni bilim berishning 
samaradorligini oshirishga qaratilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. 
Natijada o’quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha aktivlashtirishga erishildi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab o’quvchisiga 
optimal o’quv nagruzkasini belgilash muhim aktual vazifa hisoblanib, birinchidan, o’quv 
dasturida belgilangan bilimlarni o’quvchi o’zlashtirishi ko’zda tutilsa, ikkinchidan, 
o’quvchining o’z shaxsiy ehtiyoji uchun ham etarli vaqt ajratiladi. Eng muhimi
o’quvchining jismoniy rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta’sir 
etuvchi omillarning oldi olinadi. 
O’quv nagruzkasining pedagogik va gigiennk jihatlarini o’rganish, 
toliqishning oldini olish yo’llarini izlab topish pedagogika fani va maktab o’qituvchilari 
oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Dars jadvali o’quv jarayonining 
muhim qismlaridan hisoblanadi. Dars jadvalini to’g’ri tuzish o’quvchilarning aqliy 
charchashini oldini oladi. Dars jadvali bir necha gigienik talablarga javob berishi 
lozim. 
«Aqliy hujum» yordamida nazariy bilimlarni mustahkamlab olamiz: 
-dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatni izohlab 
bering; 
- «sizning faningiz yoqmaydi» degan ibora o’quvchi tomonidan sizga 
murojaat etilsa, sizning javobingiz va tutgan yo’lingiz? 
-darsda pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’quvchilarning munosabatini 
e’tiborga olasizmi? 
-dars jarayonida shovqin bo’lishini qanday izohlaysiz? 
-dars jadvalini tuzishda nimalarga e’tibor berasiz? 
-dars orasidagi tanaffuslar bolaga qanday ta’sir qiladi? 
-dars jadvalini tuzishda jismoniy tarbiyaning o’rni? 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə