Анатом- меш


Kerakli material va jihozlar



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Kerakli material va jihozlar.
Dars jadvali.
Mavzuning maqsadi.
Tallabalarda dars jadvalini to’g’ri tuzish ko’nikmasini 
hosil qilish. 
Ishni bajarish tartibi. 
Mavzu talabalarga topshiriq qilib beriladi.Talabalarga haftalik soatlar rejasi 
tarqatiladi va dars jadvali tuzish buyuriladi, so’ngra bu dars jadvali gigienik 
baholanadi va kamchiliklari aniqlanadi. Dars jarayonida bajarilgan vazifa tahlil qilinadi. 
4-ilova
Dars va dars jadvalini to’g’ri tahlil qilish uchun muammoli vaziyatni yuzaga 
keltirish uchun darsda muammoli usuldan foydalanamiz. 


105
1. Agar darsda o’quvchilar uyga vazifani bajarib kelmagan bo’lsalar, qanday 
chora ko’rasiz? 
Javob: Har bir o’quvchidan dars tayyorlamaganligi haqida so’rab sababini 
aniqlanadi. So’ngra hamma mavzular bir-biriga bog’langanligini hisobga olgan holda 
o’tgan darsni qisqacha takrorlab tushuntirib beriladi. 
2. Agar sizni birinchi marta o’zlashtirishi past, to’polonchi siifga dars o’tish 
uchun topshirilsa, dars jarayonini qanday tashkil etasiz? 
Javob. Sinf o’quvchilari hamma guruhda ham bir xil bo’lavermaydi. Ayrim 
guruhdarda o’quvchilar to’polonchi, ya’ni diqqati tarqoq bo’lishadi. Bunday holatlarda 
o’quvchi diqqatini o’qituvchi o’ziga jalb qilish uchun guruh o’quvchilarini o’rganib 
chiqish kerak. Ularning fikr-mulohazalarini eshitib ko’rish kerak. Balki, o’quvchilardan 
e’tiborga loyiq bo’lgan takliflar bo’lishi mumkin. 
3.Akademik litseylarda «tarix» faniga chuqurlashtirilgan guruh o’quvchilari 
«biologiya fani bizga nima uchun kerak?» degan savol berishdi. Siz qanday yo’l 
tutasiz? 
Javob: Biologiya fani hayot haqidagi fandir. Har bir tirik organizm o’ziga 
xos jamiyatda yashaydi. Organizmning paydo bo’lishi, o’sishi va rivojlanishi bilan 
birga o’z turini saqlab qolish uchun ko’payadi. Bu holat insonga ham xos bo’lib odam 
o’z shajarasini davom ettiradi., bola tarbiyalaydi. turli xil kasalliklarni boshidan 
kechiradi, bunday kasalliklarga uchramaslik uchun chora-tadbirlarni ko’radi. Demak, 
biologiya fani insonninng o’zi uchun, bolalari uchun umrining oxirigacha kerak bo’lib, 
uni albatta o’rganishimiz shart ekan, deb tushuntirgan bo’lardim. 
Dars jadvallarni o’rganib chiqqan talabalar bajargan vazifalarni bayon 
etadilar. 
1-talaba. 3-sinf uchun dars jadvalini tuzib keldim. 
Dushanba Payshanba 
------------ -------------- 
1.ona.t. 1.o’qish 
2.matem. 2.matem. 
3.odobnoma. 3.ona.t.
4. rasm
Seshanba Juma 
----------- ----------- 
1.o’qish 1.tabiat 
2.matem 2.mehnat. 
3.ona.t. 3.mehnat. 
4.ashula
Chorshanba Shanba 
----------- ----------- 
1.o’qish 1.yo’l harakati 
2.matem 2.atrofim.olam 
3 .matem 
4.j.t 


106
Bu dars jadvalini ko’zdan kechirib chiqdim. Dars jadvali gigienik talabga 
javob beradi. Dushanba, juma va shanba kunlari oson o’zlashtiriladigan darslar 
qo’yilgan. 
2- talaba. 8-sinf uchun tuzilgan dars jadvalini ko’chirib oldim. Bu jadvalda 
xatoliklar bor. Dushanba kuniga geometriya, algebra, ximiya fanlarini ketma-ketlikda 
qo’yilgan. Yakshanba kuni dam olgandan so’ng dushanba kuni qiyin o’zlashtiriladigan 
fanlarni dars jadvaliga qo’yilmaydi, chunki o’quvchini darsga kirishishi qiyin bo’ladi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə