|
Анатом- мешportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasiQo`l skeleti
. Qo`l suyaklari ikki qismga: elka kamari suyaklari va qo`lning
erkin suyaklariga bo`linadi. qo`lning elka kamari suyaklariga kurak va o`mrov
suyaklari kiradi. Erkin suyaklarga elka, bilak, pancha suyaklari kiradi. Kurak,
o`mrov, elka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20 – 25 yoshgacha davom
etadi. qo`l kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka
aylanishi 16-20 yoshgacha davom etadi. qo`l skletining yoshga qarab shakllanishida
bolalarni mehnatga o`rgatishga va jismoniy mashqlar bajarishini e'tiborga olish kerak.
Oyoq skeleti.
Oyoq suyaklari ikki guruhga oyoq kamari yoki chanoq va
oyoqning erkin suyaklariga bo`linadi. Chanoq suyagining yuqori qismi kengaygan
bo`lib, katta chanoq deb ataladi. Pastki qismi toraygan bo`lib, kichik chanoq deb
ataladi. Kichik chanoq bo`shlig`ida to`g`ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa tomirlari
va nerv tolalari, tugunlari hamda jinsiy organlar joylashgan. chanoq suyagi yonbosh,
quymich va qov suyaklaridan iborat. 3 yoshgacha chanoq suyagi jadal o`sadi. 7-8
yoshda qov va quymich suyaklari tutashadi. Jinsga bog`liq farqlari 12 yoshda
farqlanadi. 20-25 yoshda chanoq suyaklari bir-biri bilan tutashadi. Ayollarning
chanoq suyaklari , erkaklarnikidan farq qilib kaltaroq va keng bo`lib, suyaklari yupqa
va silliq bo`ladi. Kichik chanoq ayollarda kengroq, erkaklarda tor bo`ladi. Chanoq
teshigi ayollarda kattaroq bo`ladi.
Oyoqnnig erkin suyaklariga – son, katta va kichik boldir hamda oyoq panja
suyaklari kiradi. Son va boldir suyaklari 20-24 yoshda oyoq kaft suyaklari erkaklarda
17-21 yoshda, ayollarda 11-19 yoshda oyoq panjasi falangalari erkaklarda 15-21
yoshda ayollarda esa 13-17 yoshda butunlay suyaklanib bo`ladi.
MUSKUL SISTEMASI
Odam organizmida 600 ga yaqin muskullar bo`lib, katta yoshli odam
tanasining 45-50 % ni tashkil etadi. Suyaklarni harakatga keltiruvchi organlar
Dostları ilə paylaş: |
|
|