Анатом- меш


muskullar bo`lib, ularni qisqarishi tufayli odamnnig barcha harakatlari, mehnat



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

muskullar bo`lib, ularni qisqarishi tufayli odamnnig barcha harakatlari, mehnat 
faoliyati, yurishi, turishi, nutq nafas olishi va boshqa fiziologik funktsiyalar 


23
amalga oshadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet 
muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta'sir etadi. 
Muskullar harakatlanish organi bo'lib, nerv tolalari va biriktiruvchi 
to'qimalardan tuzilgan. Muskul to'qimasi hujayralardan tashkil topgan, 
hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul 
to'qimasining tuzilishi va funksiyasiga ko'ra ko'ndalang-yo'lli va silliq 
muskullar bo'ladi. Ko'ndalang-yo'lli muskullar, asosan skelet muskullari bo'lib, 
silliq tolali muskullar ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul-
muskul tolalari yig'indisidan iborat bo'lib, bu tolalar biriktiruvchi to'qima 
yordamida o'zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to'qima 
bilan o'ralgan. 
Har qanday muskulning boshlanish qismi-boshi va birikish qismi-dumi 
bo'lib, keng tanasi, ya'ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan 
tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, 
qisqarganda bo'g'imda harakat sodir bo'ladi. Muskullar tolalarining 
yo'nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali 
bo'lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan 
tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya 
alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o'rab 
turishi mumkin. 
Yumaloq muskullar og'iz, ko'z atrofida uchraydi. Kalta yo'g'on muskullar 
baquvvat bo'lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi. 
Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko'ra, chaynash muskuli
bukuvchi muskullar va h.k., ikki boshli va h.k., tuzilishiga ko'ra, yarim payli muskul 
va boshqalar; joylashishiga ko'ra peshona, yelka muskullari va h.k.; shakliga ko'ra, 
trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va h.k.
Muskullarning rivojlanishi

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə