Andijon Davlat pedagogika Instituti “Milliy g’oya manaviy asoslari va xuquq ta’limi” yo’nalishi birinchi bosqich talabasi



Yüklə 40,08 Kb.
səhifə4/14
tarix22.03.2024
ölçüsü40,08 Kb.
#181715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Andijon Davlat pedagogika Instituti “Milliy g’oya manaviy asosla-kompy.info

Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan. Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi.

Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.

Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.

N. Komilov ta’kidlaganidek: «Odam qanchalik nodon bo‘lsa, u xurofotga, so‘zlar sehriga, shakllarga mahliyo bo‘ladi, rasm-rusumga, aqidalarga shuncha beriluvchan bo‘ladi. Va, aksincha, odamning ma’rifati, bilimi oshgan sari, u ...mazhabparastlikdan, aqidaparastlikdan yuqori ko‘tarilaveradi...».


Yüklə 40,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə