Andijon davlat pedagogika instituti


-metod. O‘qimay kelganlar to‘rga o‘tsin



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə181/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182
Loyihalashtirish. majmua

6-metod. O‘qimay kelganlar to‘rga o‘tsin

Shuncha urinishlarga qaramay, baribir darsga tayyorlanmay keladigan talabalar bor edi. Buni yashirish yoki inkor qilish kerakmas.


O‘qimay kelgan talabalar uchun ham o‘zimning qat’iy prinsipim bor edi. Fikrimcha, o‘qimay kelgan talaba ham, mening darsimdan quruq qo‘l bilan chiqib ketmasligi kerak edi. O‘sha darsda u shunchaki jasad bo‘lib ishtirok etmasligi, faqat yo‘qlamaga ko‘rinish uchun kelmasligi lozim edi.
Shu sababli men o‘qimay kelgan talabalarni eng oldingi partaga o‘tqazardim. Blits savol-javoblar vaqtida har bir savolning javobini ulardan qayta aytishlarini so‘rardim. Masalan, boshqa bir talaba savol beraman, u javob berdi deylik. Keyin xuddi shu savolni o‘qimay kelgan talabaga yana qayta beraman. U kursdoshi aytgan javobni takrorlaydi. Aytolmasa, yana takrorlattiramiz, diqatini jamlaymiz.
Shunaqa qilib, dars oxirigacha u ko‘p ma’lumotni eshitadi, gapiradi. Va natijada darsimdan nimadir (kam bo‘lsa-da) olib chiqib ketadi.
Ha, esimda, ba’zi talabalar oldingi partada o‘tirmaslik uchun ham o‘qib keladigan bo‘lgandi.
6-metodning SWOT tahlili

Kuchli tomoni




Kuchsiz tomoni




Imkoniyatlari




Tahdidlari






7-metod. Tik turib jon bergan yaxshi…
Dars vaqtida umuman o‘tirmasdim. Talabalar o‘tirib dars o‘tganimni eslay olmasa ham kerak. Doim tik turgan holda dars o‘tardim. Avvalo, o‘tirib dars o‘tish noqulay edi, talabaga hurmatsizlikdek ko‘rinardi. Ikkinchidan, mening dars o‘tish uslublarimga o‘tirish to‘g‘ri kelmasdi. YUqorida aytganimdek, blits savol-javoblar qilishim, hamma talabani kuzatib turishim uchun, tik turish menga qulayroq edi.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə