Andijon davlat pedagogika instituti


Munosabat turlari. Ilmiy tajribani o‘rganish bo‘yicha klassifikatsiyalash



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə13/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Munosabat turlari. Ilmiy tajribani o‘rganish bo‘yicha klassifikatsiyalash.
Pedagogik jarayonni tashkil etishda talabaning va o‘qituvchining munosabati ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bu munosabatni qo‘yidagi turlarini ajratish mumkin:
1. Avtoritar texnologiyalar. O‘qituvchi asosiy subyekt boshqaruvchi, talab qiluvchi, yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Talaba shaxsi esa tobe bo‘lib, barcha talablarni bajarishi kerak. Bunda talabaning qiziqishlari va ehtiyojlari ta’limni tashkil etish jarayonida e’tiborga olinmaydi. U bajaruvchi sifatida maydonga chiqadi.
2. Didaktik markazlashgan texnologiya. Bu texnologiya markazida ta’lim jarayoni turadi va ta’lim jarayoni tarbiyadan ustun qo‘yiladi. Aynan didaktik vosita yordamida shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo‘yiladi. Bunda o‘qituvchi yetaqlovchi sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o‘qituvchi va talaba) bir xil pozitsiyani egallaydi. Asosiy maqsad ta’lim olish va tomonlar hamkorlikda ish olib boradilar.
3. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar. Ta’lim tizimining markazida talaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga sog‘lom psixologik muhitni tashkil qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan. Bu yo‘nalishni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
a) Insoniy texnologiyalar (Gumanno-lichnostyu texnologii). Bu texnologiya o‘zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.
b) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi g‘oyalar asosida qurilgan. O‘qituvchi v talaba orasidagi munosabatlar subyekt - subyekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta’lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.
v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba o‘zi tanlagan vosita va mazmunni to‘liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni xoxish bilan bajaradi. Ichki ehtiyoj bilan uyg‘unlik hosil bo‘ladi.
g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o‘rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.
Ilmiy tajribani o‘rganish bo‘yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya – (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: Stimul-reaksiya-mustahkamlash. Stimul – qo‘zg‘atuvchi, reaksiya – faoliyat, mustahkamlash – baholash va rag‘batlantirish. Ular o‘zlashtirish mexanizmi mana shu ko‘rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi. Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam e’tibor qaratiladi.
Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul qilishiga, idrok qilish refleksini o‘rganishga asoslangan, yangi mavzuni o‘zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta’kidlaydi va shu asosda o‘zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.
3. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin g‘oyasi. Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy bog‘liqliklar va guruhlash sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya’ni bor bo‘lgan assotsiatsiyalar asosida yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi oson bo‘lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab harakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o‘zaro bog‘liqliklarga amal qilish talab etiladi.
4. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga yo’naltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga asoslanadi. His–tuyg‘ularni uyg‘otishga qaratilgan. O‘zlashtirish jarayonida insonning nafaqat ongi, balki his-tuyg‘ulari ham ishtirok etishini va o‘zlashtirish jarayonida hissiyotlarni uyg‘otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan ham anglab yetishiga yordam berishini ta’kidlaydilar. Faqat ong bilan qabul qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo‘ladi degan fikrlar asosida o‘zlarining o‘zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni o‘zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uyg‘otish va har bir talaba ana shu hislarni sezishini ta’minlashga e’tibor beradilar.
Talabalar kontingentiga ko‘ra quyidagi texnologiyalarni ajratish mumkin:

  1. yalpi, an’anaviy texnologiyasi (o‘rta talabaga moslashgan);

  2. chuqurlashtirilgan texnologiya (ba’zi predmetlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qituvchi litsey, gimnaziya, kollej);

  3. kompensatsiyali o‘qitish texnologiyalari (pedagogik korreksiya, ya’ni kamchiliklarni yo‘qotishga qaratilgan texnologiyalar);

  4. viktimologik texnologiyalar (surdo, orto, tiflo, oligofrenika);

  5. tarbiyasi og‘ir bolalar, yoki iqtidorli bolalar bilan ishlash texnologiyalari.

An’anaviy ta’lim tizimini modernizatsiyalash asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

  • Pedagogik munosabatlarni gumanlashtirish va demokratlashtirish.

  • Talabalar faoliyatini aktivlashtirish, intensifikatsiyalash.

  • Ta’lim tizimini tashkil qilish va boshqarishning samarasini oshirish.

  • Ta’lim metodikalarini takomillashtirish.

  • Xalq pedagogikasidan samarali foydalanish.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə