Andijon davlat pedagogika instituti


Pedagogik texnologiyalarning turlari va klassifikatsiyasi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə11/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Pedagogik texnologiyalarning turlari va klassifikatsiyasi. XXI asrga qadam qo‘yish arafasida G.K.Selevko tomonidan PTga oid yirik metodik asar - o‘quv qo‘llanma yaratildi va unda pedagogik texnologiyalar tasnifi keltiriladi . Olim PTlarni o‘n ikki turga ajratadi:

  1. Qo‘llanish darajasi bo‘yicha (umumpedagogik; xususiy predmetli; lokalli, mavzuli, tor pedagogik).

  2. Falsafiy asos bo‘yicha (materializm, idealizm, dialektik, metofizik, insonparvar, noinsonparvar, antroposofiya, teosofiya, progmatizm, ekzistensializm, ssionizm).

  3. Ruhiy rivojlantirishning yetakchi omillari bo‘yicha (biogenli, sotsiogenli, psixogenli, idealistik).

  4. O‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha (assotsiativ - reflektorli, rivojlantiruvchi, bexevioristik, geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingvistik).

  5. Shaxs tuzulmasiga yo‘naltirilganlik bo‘yicha (informatsion, operatsion, hayajonli-badiiy, hayajonli-axloqiy, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi, evrestik va amaliy).

  6. Mazmuni va tuzulish xarakteri bo‘yicha (ta’limiy va tarbiyaviy, dunyoviy va diniy, umumta’lim va kasbga yo‘naltirilgan, gumanitar va texnokratik, turlicha sohaviy texnologiyalar, xususiy predmetli hamda monotexnologiyalar, politexnologiyalar).

  7. Tashkiliy shakllar bo‘yicha (sinf - dars, muqobilli, akademik, yakka tartibli, guruhli, jamoa bo‘lib o‘qish usullari, tabaqalashtirilgan ta’lim).

  8. Bilish faolityatini tashkil etish va boshqarish turi bo‘yicha (ma’ruzali klassik o‘qitish; audiovizualli texnik vositalar yordamida o‘qitish; ”maslahatchi tizim”; kitob yordamida o‘kitish; “kichik guruh” tizimi; kompyuterli o‘qitish; “repetitor” tizimi; “dasturli ta’lim” - V.P.Bespalko).

  9. Bolaga yondashish bo‘yicha (avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yo‘nalgan texnologiyalar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiyalash texnolgiyasi, ezoterik texnologiyalar).

  10. Ustuvor metodlar bo‘yicha (reproduktiv, izohli-tasvirli, rivojlantiruvchi ta’lim, muammoli ta’lim, ijodiy, dasturli ta’lim, dialogli , o‘yinli ta’lim, o‘z-o‘zini o‘qitish ta’limi, informatsion ta’lim).

  11. Mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yo‘nalishlari bo‘yicha (munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish samaradorligi asosida; o‘quv materiallarni metodik va didaktik rekonstruksiyalash asosida; tabiatan monandlik, muqobillik texnologiyalari; mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).

  12. Tahsil oluvchilar toifasi bo‘yicha (ommaviy texnologiya, olg‘a odimlovchi ta’lim, to‘ldiruvchi; o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iqtidorlilar bilan ishlash texnologiyalari).

Bu tasnifni keltirishdan asosiy maqsad pedagoglarni o‘tmishda qo‘llanilgan, hozirgi kunda joriy etilayotgan va kelajak faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnologilar bilan to‘liq tanishtirishdir. Tasnifdan ko‘rinib turibdiki, olimning o‘zi ham har doim ilmiy jihatdan asoslangan va hammaga ham tushunarli bo‘lgan texnologiyalarni keltirish lozimligi oldida hisob beravermaydi.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘plab yondashuvlar mavjud. Pedagogik texnologiyalarni xarakteri ana shu yondashuvdan kelib chiqadi. Shunga qaramasdan ko‘pgina pedagogik texnologiyalar o‘z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o‘xshash xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin.
Qo‘llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko‘ra ularni uch guruhga ajratiladi:

  • Umumiy pedagogik texnologiyalar.

  • Xususiy pedagogik texnologiyalar.

  • Mavzuli kichik universal texnologiyalar

Umumiy pedagogik texnologiyalar o‘z ichiga yirik texnologiyalarni, ya’ni butun ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan masalalarni qamrab oladi.
Masalan: reyting tizimiga o‘tish, test texnologiyalariga o‘tish shular jumlasiga kiradi.
Xususiy pedagogik texnologiyalar esa ma’lum fan doirasida qo‘llanilishi mumkin va qulay bo‘lgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo‘lgan texnologiyalarni ishlab chiqish.
Mavzuli kichik universal texnologiyalar biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, turli fanlarni o‘rganishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardir. Masalan: didaktik o‘yinlar, fikrlashga o‘rgatuvchi texnologiyalar. Ular universal xarakterda bo‘lib, ko‘p vaqt talab etmaydi. Masalan: didaktik o‘yinli texnologiyalar.
Falsafiy jihatdan texnologiyalar qo‘yidagi guruhlarga ajratiladi:
A. Materialistik D.Gumanistik
B. Idealistik E. Erkin
V. Ilmiy J. Majburiy
G. Diniy
Demak, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishda ma’lum bir falsafiy dunyoqarash hukmronlik qiladi va ana shu qarash o‘z aksini pedagogik texnologiyalarda topadi.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə