Andijon davlat pedagogika instituti


Xayfsan– mehnat qonunchiligi bo‘yicha intizomiy jazo chorasi. Xalq



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə20/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Huquq fanidan atamalar

Xayfsan– mehnat qonunchiligi bo‘yicha intizomiy jazo chorasi.
Xalqkonstitutsiyaviy huquq fanida, odatda, muayyan davlatning yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birligini tashkil etadigan barcha aholisini nazarda tutuvchi tushuncha (ayrim mamlakatlarning konstitutsiyaviy ta’limotida “ko‘p millatli xalq” iborasi qo‘llaniladi). Shu ma’noda hozirgi Konstitutsiyalarda xalq “davlat hokimiyatining birdan-bir manbai” sifatida tavsiflanadi (bunga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasi misol bo‘la oladi). Xalq tushunchasi boshqalardan ajratilgan, muayyan davlatning hududiga bog‘lanmagan milliy-madaniy birlikni ham anglatadi (ayni chog‘da x. tushunchasi ba’zan “millat” tushunchasining sinonimi bo‘lib ham keladi). Xalqqa xalqaro huquq sub’yekti sifatida ham yondashiladi (avvalo, o‘z takdirini o‘zi hal etish huquqi to‘g‘risida so‘z yuritilgan hollarda shunday yondashiladi).
Chet el fuqarolari – O‘zbekiston hududida yashayotgan, boshqa mamlakatlarning fuqaroligiga ega shaxslar. Ularning O‘zbekistonda bo‘lishlariga turli sabablar bo‘ladi. Masalan, shartnomalar asosida O‘zbekistonda ishlashi, o‘qishi, chet ellarning diplomatik va konsullik idoralarida ishlashi, sayyohlik yo‘llanmasi bilan kelishi va hokazolar. Ularning huquqlari xalqaro huquq normalari hamda xalqaro shartnomalar bilan belgilanadi.
Shaxsiy xayot daxilsizligi xuquqi – insonning asosiy konstitutsiyaviy shaxsiy huquqlaridan biri bo‘lib, shaxsiy va oilaviy sirlarni qonun bilan himoya qilishni anglatadi. Dunyodagi eng yangi Konstitutsiyalar shaxsning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uni roziligisiz to‘plash, saqlash, foydalanish va tarqatishni taqiqlab, bu qoidani shaxsiy hayot daxlsizligining kafolati sifatida belgilaydi. 
Shikoyat– fuqarolarni buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklash maqsadida murojaat qilish talabidir.
Shantaj– shaxs uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, muayyan narsalarni talab qilishi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə