Andijon davlat pedagogika instituti


Armiya (lotincha armare – qurollantirish) – davlat qurolli kuchlari to‘plami. Ayollar mehnati



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə2/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Armiya (lotincha armare – qurollantirish) – davlat qurolli kuchlari to‘plami.
Ayollar mehnati – mehnat va u bilan bog‘liq munosabatlarda ayollar mehnatidan foydalanishni tartibga soluvchi huquqiy institut. Ayollarni homiladorligi va uch yoshga to‘lmagan bolasi borligi sabab bilan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi. Homilador yoki uch yoshga to‘lmagan bolali ayollarni ishga qabul qilish rad etilganda uni rad etish sabablari haqida yozma ma’lumot berilishi lozim. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo‘lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) bundan mustasnodir. Ayollarning ular uchun mumkin bo‘lgan normadan ortiq yukni ko‘tarishlari va tashishlari man etiladi.
Asosiy jazo - faqat mustaqil jazo turlari sifatida tayinlanadigan va davlat majburlovining boshqa choralariga qo‘shib tayinlash mumkin bo‘lmagan jazo turi (jarima, ahloq tuzatish ishlari, qamoq, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish) dir.
Ayollar huquqi- biologik, ijtimoiy, oilaviy sharoitidan kelib belgilangan ayollarning huquq va erkinliklar majmui. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga ko‘ra, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. 1945 yildan ayollar huquqi xalqaro huquq tomonidan tartibga solinuvchi muhim ob’yektlardan biriga aylandi. Bu huquqlar 1948 yil Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ham o‘z aksini topdi va uning 16-moddasida erkak va ayolning nikohdagi tengligi mustahkamlab qo‘yildi.
Ajrim - sud tomonidan chiqariladigan protsessual hujjatlardan biri, sud qarorlarining bir turi sifatida qaraladi. Ajrimlar birinchi instansiya va apellyatsiya, kassatsiya, nazorat sudlov instansiyalari tomonidan hamda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud majlisida va sud majlisidan tashqari fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida qonunda belgilangan asoslarga muvofiq chiqariladigan akt (protsessual hujjat) sanaladi.
Ayb- shaxsning o‘zi tomonidan sodir etilgan, Jinoyat Kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishi (harakat yoki harakatsizlik)ga va uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabatining qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ko‘rinishi.
Aqli zayiflik – tug‘ilish vaqtida miyaning jarohatlanishi bilan shartlanadigan yoki bola ruhiyatining kasallik holatlari natijasida go‘daklikda orttirilgan patologik holat.
Ayiblanuvchi – Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxs.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə