Andijon davlat pedagogika instituti


De fakto- (DE FACTO) tan olish Dengiz huquqi



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə9/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Huquq fanidan atamalar

De fakto- (DE FACTO) tan olish
Dengiz huquqi – davlat va jismoniy shaxslarning dengizdan foydalanish va egalik qilish, davlatlararo savdo va ishlab chiqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasi.
Davlat tilimamlakatda qonunchilikda, rasmiy ish yuritishda, sud jarayonida, o‘quv faoliyatida qo‘llaniladigan asosiy til (rasmiy til). O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir (4-modda). 
Din - (lotinchadan religio) – xudoning mavjudligiga, uning ilohiy kuchiga va farishtalariga ishonish.
Demokratiya - (yunon. demokratia – xalq hokimiyati, demos – xalq va kratos – hokimiyat) – xalq hokimiyatchiligi. Demokratiya xalqning davlat organlarini tuzish, ular ishida ishtirok etish, davlat organlari ishini tashkil etish, mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash orqali namoyon bo‘ladi. U davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiya bevosita va vakillik demokratiyasi shaklida bo‘ladi. Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik bo‘lmasdan, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilihdir.
Deputat – davlat hokimiyati vakillik organlarida ish olib boruvchi xalq vakilidir. U saylov yo‘li bilan saylanib, xalqdan tegishli organlarda ish olib borish uchun vakolat oladi. Deputatlar ma’lum muddatga saylanadi. Respublikamizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari d.lari besh yil muddatga saylanadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 25 yoshga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari d.ligiga 21 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylanadi.
Davlat organi – davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarning muayyan qismini, yo‘nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat–huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetensiyaga ega bo‘ladi.
Davlat shakli – davlatning oliy organlarini tashkil etish usuli, davlat hokimiyatining hududiy tuzilishi va hokimiyatni amalga oshirish usullari. Davlat shakli. uch tarkibiy qism: boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usulidan iborat.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə