Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə10/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Davlat xavfszlgidavlatning suverenitetini, konstitutsiyaviy tuzumini, aholining tinch turmush tarzini, chegaralarning daxlsizligini hamda hududiy yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan choralar tizimi. Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Prezident Milliy xavfsizlik xizmati shakllantiradi.
Dalil – taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud va boshqa organlarning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bo‘yicha dalil hisoblanadi.
Dalolatchi – jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs.
Yolg'on habar berish – yozma yoki og‘zaki ravishda bevosita aybdor yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan, tamom bo‘lgan jinoyat haqidagi yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini yoxud tajovuz haqidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabar berish.
Yer huquqi – yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan yuridik normalar yig‘indisi.
Yolg'on guvohlik berish – sudda yoxud surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi.
Yolg'on xabar berish – yozma yoki og‘zaki ravishda bevosita aybdor yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan, tamom bo‘lgan jinoyat haqidagi yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini yoxud tajovuz haqidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabar berish.
Yengil tan jaroxati – 1) sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan badanga yengil shikast yetkazish;
2) sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish.
Jismoniy zarar - shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar (mazkur atama jinoyat ishlari bo‘yicha sud ish yurituvida qo‘llaniladi).
Jazo – jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va maqkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasi.
Jinoyat kodeksi -jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini belgilaydigan, shaxs, jamiyat yoki davlat uchun qaysi xavfli qilmishlar jinoiy ekanligini aniqlab beradigan, ji
noyat sodir etganlik uchun jazo turlarini va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini belgilaydigan qonun. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan, 1995 yil 1 apreldan amalga kiritilgan.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə