Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə6/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Bo'ysunmaslik – buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik.
Buyrokratiya – bu atamaning o‘zagini tashkil etuvchi “byurokrat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi fransuzcha bureau – stol, kratos –hokimiyat so‘zlaridan olingan bo‘lib, “stol hokimiyati” ma’nosini anglatib, u siyosiy ma’noda – davlatga tegishli bo‘lgan ishlarni maxsus vakolatli shaxslar tomonidan va siyosiy apparat tomonidan olib boriladigan boshqarish hamda olib borish tizimini anglatsa, ko‘chma salbiy ma’noda esa davlat boshqaruvining rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik, fuqaro manfaatlariga bee’tiborlik kabi salbiy jihatlarini anglatadigan tushuncha.
Bir qancha jinoyat – shaxs tomonidan har biri alohida jinoyat tarkibini tashkil etuvchi ikki va undan ortiq qilmishning sodir etilishi
Birlashish huquqi – siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, siyosiy va boshqa xarakterdagi birlashmalarga birlashish imkoniyatidir. Har qanday ittifoq va assotsiatsiyalarga birlashish ham ushbu huquq orqali amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy tuzumga, fuqarolar manfaatiga zarar yetkazuvchi tashkilotlarga birlashish taqiqlanadi.
Burch – qonun va boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan ayrim harakatlarni sodir etish, ayrim harakatlarni sodir etishdan esa tiyilishdir. Burchni buzish turli javobgarliklarga tortish va jazolashga sabab bo‘ladi.
Voyga yetmagan bolallarning huquqlari - oilada yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi, o‘z fikrini ifoda etish huquqi, ism, ota ismi va familiya olish huquqi, ismi va familiyasini o‘zgartirish kabi huquqlari kiradi v.h.ko.
Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash – jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilinadi. Ya’ni, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga olib, ularga nisbatan jazo tayinlashning alohida qoidalariga asoslangan holda jazo tayinlanishidir.
Vakil – ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil deb e’tirof etgan davlat organining hujjatiga asosan, vakolat berilgan protsess ishtrokchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida jinoyat ishi yurituvida qatnashuvchi shaxs.
Vakolat – bir shaxsga, ya’ni vakilga boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan va uning manfaatini ko‘zlab, bitim tuzish va boshqa xatti-harakatlar qilish uchun berilgan huquqdir. Vakolat yozma vakolatnomaga asoslanadi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunda ko‘zda tutiladi yoxud ma’muriy hujjat bilan belgilanadi. Vakil unga berilgan vakolat doirasidan chiqmasligi zarur. Vakolat jismoniy va yuridik shaxslarga ham, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ham berilishi mumkin.
Vasiylik - o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalarga va sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə