Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə3/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Aybsizlik prezumsiyasi
1) aybdorning huquqbuzarlikni qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish;
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas;
3) odil sudlovning nazariya va amaliyotida, jinoyatchilikka qarshi kurashda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi asosiy, muhim prinsiplardan biridir. Unga binoan, har bir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs aybi qonunda belgilangan tartibda va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan isbotlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Aksiya - o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Ashiyoviy dalillarkelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo‘ldan-qo‘lga o‘tganligi yoki turgan joyi o‘zgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek, ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bo‘lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi.
Aldash – mol-mulk egasi yoki mol-mulk ishonib topshirilgan shaxsning o‘zi uni jinoyatchiga ixtiyoriy ravishda, o‘z xohishi bilan berishiga erishish maqsadida, jabrlanuvchini chalg‘itish uchun aybdor shaxs tomonidan har qanday faktni buzib ko‘rsatish yoki haqiqatni yashirish yoxud bila turib yolg‘on ma’lumotlarni xabar qilish.
Aliment – lot. alimentum – “oziq-ovqat”, “nafaqa”, “ta’minot”, “boqish uchun mablag‘lar” degan ma’nolarni anglatadi. Aliment majburiyatlari oila a’zolari o‘rtasida sodir bo‘ladi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə