Andijon davlat pedagogika instituti


Lavozimdan chetlashtirish



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə14/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Lavozimdan chetlashtirish – protsessual majburlov chorasi bo‘lib, basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, u jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga to‘sqinlik qiladi yoki jinoiy faoliyatini davom ettiradi deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud unga nisbatan mazkur chorani qo‘llaydi.
Liberalizim – fransuzcha siyosiy oqim va mafkuraviy yo‘nalish bo‘lib, siyosiy hayotni shaxs huquqlari ifodasi va himoyasi bilan chambarchas bog‘liqlikda bo‘lgan jarayondir.
Lisenziya – litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq).
Monarxiya - (lot. monarchia grek. – “birlik”, “yakka boshqaruv”, “yakka hokimiyat”) – davlatning oliy hokimiyati yakka bir shaxs – monarx (qirol, podsho, imperator, gersog, sulton, amir va hk.) ga tegishli bo‘lgan boshqaruvning bir shakli.
Madaniy huquqlar – insonning alohida huquq va erkinliklar majmui, u insonning madaniy va ilmiy hayot sohasidagi Kons. yoki qonunlar b-n kafolatlangan imkoniyatlarini ifodalaydi.
Majburiy mehnat – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga ko‘ra biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar, ya’ni:
harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida;
favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Majburyat – shunday fuqarolik-huquqiy munosabatidirki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga (masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo) yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə