Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə7/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Voyaga yetmagan shaxs – o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs.
Viza - (lot. Visus – ko‘rib chiqilgan) – pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat egasining davlat chegarasidan chiqishi, davlat hududiga kirishi yoki davlat xududi orqali o‘tishiga ruxsat beruvchi belgi.
Visa-Prezident – respublika boshqaruv shakli bo‘lgan ayrim davlatlarda (AQSh, Braziliya, Misr va hokazo) prezidentning doimiy o‘rinbosari. Vitse-prezident asosan prezident saylanadigan muddatga va prezident saylanadigan usulda saylanadi.
Garov – бир шахснинг бошқа шахсга мол – мулкни ёки унга бўлган ҳуқуқ мажбуриятларни та’минлаш учун беришдир.
Genosid - (yunon. genos – nasl, urug‘ lot. caedere – o‘ldirish) – biror milliy, irqiy yoki diniy guruhni to‘la yoki qisman yo‘q qilish niyatida amalga oshiriladigan harakatlar, siyosat.
Giyoxvandlik vositalari – giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar
Gipoteza – huquq normasining unda belgilangan qoida qanday sharoit va holatda kim tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan qismi.
Globalizasiya – butunjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiya va unifikatsiya jarayoni. Dunyoviy mehnat bo‘linishi, migratsiya, insoniy hamda ishlab chiqarish resurslari, qonunchilikni standartizatsiya qilish, ijtimoiy va texnologik jarayonlar, shu jumladan, turli davlatlarning madaniyati aralashuvi natijasida vujudga keladi.
Guvox – jinoyat sudlov ishlari yuritishning ishtirokchisi sifatida qonunga muvofiq, jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs.
Gumon qilinuvchi – jinoyat sodir etgani to‘g‘risida ma’lumotlar bor bo‘lsada, bu ma’lumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli bo‘lmagan shaxs.
Gumon – jinoyat to‘g‘risida taxmin va tusmollarga asoslangan, ayb e’lon qilish uchun yetarli bo‘lmagan ma’lumot yoki shu ko‘rinishdagi boshqa xabar.
 Davlat boshlig'i - davlatning o‘z vakolatlarini vorislik (monarx - qirol, podshoh, imperator, shoh va b.) yoki saylov (prezident, respublika boshlig‘i, respublika raisi) tartibida oladigan oliy mansabdor shaxs.
Davlat siri - oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar.
Davlat – ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyatning harakatlanishida muhim rol o‘ynovchi alohida bir tashkilotdir. U har qanday jamiyat siyosiy tizimining bir qismi (elementi), hokimiyatni amalga oshiruvchi vositadir. Uning faoliyati jamiyatning hamma sohasiga ta’sir qiladi. U vakolatni xalqdan oladi va o‘ziga tegishli vakolatni o‘zining maxsus tuzilmalari - davlat organlari orqali amalga oshiradi. “Davlat” so‘zi ko‘pincha “mamlakat” so‘zi o‘rnida ham ishlatiladi. Masalan, ayrim hollarda “mamlakatimiz” degan so‘z o‘rnida “davlatimiz” degan so‘zlarni uchratishimiz mumkin. Davlatning ko‘rsatmasi jamiyatning hamma a’zolari – fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari uchun majburiydir. Davlat qonun yaratadi va o‘zi ham qonunlarga bo‘ysunadi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə